Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Metodik ко ‘rsatmalar.
O'ynaladigan yerda pana joylar qanchalik 
ko'p, qanchalik xilma-xil bo'lsa, o'yin ham shunchalik maroqli 
o'tadi. Tulkilar har 10-15 qadamdan keyin iz qoldirishlari kerak. Bu 
o'yin darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi.
5.7.10. Tegizsang - minasan
O'yinda qancha o'quvchi qatnashishi oldindan belgilab qo'yil- 
maydi. O'yin maydonchada yoki zalda o'tkaziladi. O'yin uchun 
to'ldirma to'plar, yadro kerak.
О yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar juft-juft bo'lib, soni va kuchi 
jihatidan baravar guruhchalarga bo'linadilar. Har bir o'yinchiga
158


bittadan to'ldirma to ‘p beriladi. Agar o'yin maydonchada o'tkazilsa, 
to'p o'rniga yadrodan foydalanish mumkin.
Oyinning tavsifi.
Har bir juft o'yinchi ikkitadan to'ldirma to'pni 
olib, maydoncha yoki yalanglikning bir tomonida turadi. 0 ‘yin 
o ‘ynovchilardan binning to'pni yoki yadroni oldinga uloqtirishi 
bilan boshlanadi. Bir o'yinchi to ‘p yoki yadroni uloqtirgandan keyin 
ikkinchi o'yinchi ham xuddi shunday qiladi, lekin u o'z yadrosi yoki 
to'pini nishonga, ya’ni birinchi o'yinchi uloqtirgan to'p yoki 
yadroga tegizishni mo'ljallab uloqtiradi. Agar ikkinchi o'yinchi 
nishonga tegiza olmasa, uning to ‘pi yoki yadrosi yumalab ketsa, 
birinchi o'yinchini to'p dumalab borib to ‘xtagan joygacha orqasiga 
mindirib, ko'tarib olib boriish kerak. Shundan keyin g'alaba qilgan 
o'yinchi o‘sha joyning o‘zidan o'yinni qaytadan boshlaydi.
0 ‘ynovchilar to'p yoki yadroni 3-4 martadan uloqtirgunicha 
o'yin davom etadi. 0 ‘yinni o'ynovchilarning biri ikkinchisidan 
ustunligi ma’lum bo'lgandan keyin to'xtatish mumknn.
Oyinning qoidalari.
1. To'p yoki yadroni xohlagan usul bilan 
uloqtirish mumkin. 2. Ikkinchi o'yinchining to'pi birinchi o'yinchi- 
ning to‘piga tegsa, lekin dumalab ketmasa ham birinchi o'yinchi uni 
opichlab o'sha to'p tekkan joygacha olib borishi kerak. Qaytadan 
uloqtirish huquqi ikkinchi o'yinchiga beriladi. 3. O'yinni boshlash- 
dan va har safar davom ettirishdan oldin to‘p uloqtiriladigan chiziq 
o'tkazish kerak. U chiziqni bosish taqiqlanadi. 4. O'ynovchilar bara- 
var imkoniyatga ega bo'lishini ta’minlash uchun bir xil to'plardan 
foydalanish lozim.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling