Yurish texnikasi asoslari.
Yurish – insonning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishida tabiiy ravishda qo’llaniladigan usuldir. Buning asosini qadam (odim)lar tashkil etadi. Qadam vositasida odam oyoq mushaklaridan foydalanib, yerdan depsinib oldinga siljiydi. Yurish vaqtidagi qadamlar va ularga bog’liq bo’lgan qo’l va gavda harakatlari to’xtovsiz bir tartibda ko’p marta takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi harakatlar siklik harakatlar deyiladi. Qo’sh qadam (o’ng oyoqda bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir qadam siklini tashkil etadi.
Yurib ketayotgan odam harakatning bir sikli davomida yerga bir oyog’ida tayangan payti (yakka tayanch fazasi), yoki ikkala oyog’ida tayangan payti (qo’sh tayanch fazasi) ham bo’ladi (3-rasm).
6-mavzu. Yengil atletika sport jihozlarida mashqlar bajarish bo‘yicha
mahoratini oshirish.
Reja;
1 yengil atletikada yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash jihozlarida mashqlarini bajarish
2 Uloqtirish turlari jihozlarida mashqlarini bajarish
3 Ko’pkurash turlari jihozlarida mashqlarini bajarish
Joydan turib uzunlikka sakrash.
Qisqacha sharhi: Joydan turib ikki oyoqda uzunlikka sakrash.
136-rasm.
Amalga oshirish tartibi: Chiziqdan navbatma-navbat ishtirokchilar “qurbaqasimon” (“Qurbaqasimon” – ikki oyoqda yarim o’tirgan holda joydan turib sakrash) sakrashadi. Jamoaning birinchi ishtirokchi start chizig’iga turadi. Keyin u joydan turib yarim o’tirgan holda imkon darajasida uzoqroq oldinga sakraydi va ikki oyoqda qo’nishni amalga oshiradi. Yordamchilar qo’nish joyini aniqlashadi va start chizig’iga eng yaqin nuqtani belgilab qo’yadi (oyoqning tovonidan hisoblanadi). Agar ishtirokchi sakragandan keyin orqaga yiqiladigan bo’lsa, yerga tekkan joyidan hisoblanadi. O’z o’rnida bu nuqta navbatdagi ishtirokchi uchun start joyi bo’lib qoladi. Jamoaning uchunchi ishtirokchisi ikkinchi ishtirokchini sakrashgan natijasidan davom ettiradi va shu tariqa davom ettiriladi. Musobaqa oxirgi ishtirokchi sakragandan keyin natija belgilanadi va yakunlanadi.
Shu holat yana bir bora qaytariladi (ikkinchi urinish).
Do'stlaringiz bilan baham: |