Sport mahoratini oshirish


Download 0.9 Mb.
bet2/59
Sana16.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1777721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta (1)

Nazorat uchun savollar:

  1. Gimnastikaning vujudga kelishi qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?

  2. Yangi davr gimnastikasiga asos solgan qaysi mutafakkirlarni bilasiz?

  3. Gimnastika yo’nalishi deganda nimani tushunasiz?

  4. Nemis gimnastikasi tizimi qaysi yili paydo bo’lgan?

  5. Shved gimnastikasi deganda nima deya olasiz?

  6. Revolyutsiyadan oldingi Rossiyadagi gimnastikaga ta’rif bering.

  7. Rossiyada gimnastika taraqqiyoti qachondan boshlangan?

  8. Birinchi xalqaro anjuman gimnastikadan qachon va qaerda o’tdi?

2- MAVZU: Gimnastika sport jihozlarida mashqlar bajarish bo’yicha mahoratini oshirish.


Reja:
1 Gimnastika texnikasi asoslari
2 Yakkachoʻpda bajariladigan mashqlar
Gimnastika texnikasi asoslari
Gimnastika koʻpkurashi uning jihozlarida bajariladigan har xil mashqlarning soni nihoyatda koʻp. Bir qaraganda, bu mashqlarning har biri boshqalaridan farq qiladigandek, texnikasi, oʻz qonuniyatlariga egadek tuyuladi. Masalan, ayollar va erkaklarning yakkachoʻpdagi mashq elementlari orasida qanday umumiylik bor?
Keltirilgan misolni sinchiklab oʻrganib, bu umumiylikni topish, koʻpkurashning har xil boʻlgan turlarida bajariladigan alohida mashqlarning ijro etilish qonuniyatlaridagi ba’zi umumiylikni aniqlash mumkin. Bu esa turli-tuman mashqlar texnikasini mashqlarning cheklangan guruh texnikasiga birlashtirishga asos boʻladi. Shuning uchun biz gimnastika mashqlari texnikasining umumiy asoslari toʻg‘risida gapiramiz. Ikki umumiy boʻlgan qonuniyatlar guruhini koʻrsatib oʻtamiz:

  • birinchisi,anatomik-fiziologik;

  • ikkinchisi, fizik (mexanik) qonuniyatlar.

Bu ikki guruhni hisobga olish, birinchidan, gimnastika mashqlarining tasnifini tuzishga; ikkinchidan, har bir mashqning murakkabligini aniqlashga imkoniyat beradi.
Hamma gimnastika mashqlari ikki guruhga boʻlinadi.

  1. Statik kuch ishlatiladigan mashqlar (harakatsiz – turg‘un holatda).

  2. Siltanish mashqlari (harakatda bajariladigan mashqlar).

Statik kuch ishlatiladigan mashqlar, oʻz navbatida, ikki guruhga boʻlinadi:

  1. Xususiy statik mashqlar –bu gimnastning jihozda mashq bajarayotgan vaqtidagi (osilish va tayanishda) tinch turib qolish holatlidir. Bu guruhchadagi mashqlarga osilish, tayanish, koʻpkurashning hamma jihozlarida burchak yasab tayanish; yakkachoʻpda, qoʻshpoyada, halqalarda burchak yasab osilish; yakkachoʻpda va halqada orqaga gorizontal osilish kiradi.

Bu mashqlarning murakkablik darajasi yuqori. Masalan, osilish mashqlarini bajaruvchi shug‘ullanishni endigina boshlagan va hatto, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ham bajarishi mumkin, ammo orqada gorizontal osilishni esa, malakali gimnastgina bajara oladi.
Bu mashqlarning murakkabligi ikki omilga binoan aniqlanadi:

  1. mushaklarning ishga solish darajasi;

  2. turli holatda muvozanat ushlab turishning qiyinligi.

Mushaklarning kerakligicha ishlatish darajasi, yelka oʻqiga tushadigan og‘irlikka nisbatan kuch vaqti mexanik tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu munosabat shunday ifodalanadiki, agar bir xil vazndagi ikki gimnast bir xil mashq bajarsa, unda mashqni bajarish baland gimnast uchun qiyinroq boʻladi.
M uvozanatni saqlay olish qiyinligi turg‘un va noturg‘un muvo­zanat mexanik tushunchasi bilan bog‘liq. Bu yerda biz faqat hamma tayanishlar noturg‘un holatlardan iborat va shu sababli, ularni saqlab turish uchun mushaklarga qoʻshimcha kuch ishlatishni talab qiladi.
Osilish bu turg‘un muvozanat holatdir va ularda muvozanatni saqlab turish qoʻshimcha kuch ishlatishni talab qilmaydi (87-rasm).
Yuqorida qayd qilinganlarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkin (mashqlarning murakkabligi biz koʻrib chiqmagan omillarga ham bog‘liq boʻlishi mumkin), ya’ni osilish mashqlari, asosan, tayanish holatida bajariladigan mashqlardan osonroq boʻladi, bu taxminiy xulosa, albatta.

  1. Kuch ishlatiladigan harakatlar – bu bir statik (turg‘un) holatdan ikkinchisiga ohista oʻtishdir (88-rasm).

B u guruh mashqlariga quyidagilar kiradi: qoʻllarni bukib osilish holatiga oʻtish (tortilish), qoʻllarni bukib osilishdan osilishga tushish (tortilishga teskari boʻlgan harakat), osilishdan kuch bilan bukilib osilish, orqada osilgancha kuch bilan bukilib osilish, kuch bilan tayanish holatiga chiqish (yakkachoʻpda, qoʻsh­poyada, halqada).
Bu guruhdagi mashqlarning qiyin darajasi toʻg‘risida shuni aytish mumkinki, tayanish holatidan osilishga oʻtish (tushish) osilish holatidan tayanishga oʻtish (koʻtarilish)dan osonroq, chunki: pastga tushishda mushaklar tanani asta-sekin va bir maromda tushishini ta’minlaydi, koʻtarilishda esa tana og‘irligini yengib, yuqoriga harakat qilish uchun kuch ishlatishni talab qi­ladi. Ikkinchi holat fiziologik nuqtayi nazardan murakkabdir;

  1. pastga tushishda muvozanatni ushlab turish sharoiti soddalashadi, koʻtarilishda esa murakkablashadi. Buning sababi statik mashqlarni yozishda bayon etilgan.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling