Sport mashgʻulotlarining asosiy tamoyillari reja


Mashgʻulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi


Download 229.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.02.2023
Hajmi229.73 Kb.
#1214989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. SN= 3 Kurs-(V)-2

 
Mashgʻulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi
Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funksional yuklamalarni doimiy 
suratda yuksaltirib borish zaruriyati tugʻilishi yuqorida koʻrsatib oʻtildi. Bu sport 
mashgʻuloti uchun nihoyatda toʻgʻridir, chunki sport yutuqlarining darajasi (boshqa 
sharoitlar teng boʻlganda) mashgʻulot talablari darajasiga mutanosibdir. Sport 
mashgʻulotlari jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va iroda 
tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora 
mukammalroq va murakkabroq malaka va koʻnikmalarni egallab borishga, jismoniy 
va ma’naviy kuch-quvvatini tobora koʻproq namoyon qilishga safarbar etadigan 
vazifalarni izchillik bilan bajarishi ana shundan dalolat beradi.
Sport mashgʻulotlarida, jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli oʻlaroq, 
yuklamalar asta-sekingina emas, balki maksimal suratda ham oʻsib boradi. 
«Maksimum» soʻzini bu erda sport bilan koʻp yillar davomida shugʻullanilganda 
yuklamaning perspektiv koʻpaya borishi ma’nosida ham, sport taraqqiyotining har 
bir yangi bosqichida eng koʻp yuklamalardan sistemali ravishda foydalanib borish 
ma’nosida ham tushunmoq kerak. Sport mashgʻulotlarining mazkur xususiyati uning 
ilmiy prinsipi sifatida birinchi marta A.N. Krestovnikov tomonidan ta’riflangan. 
Mashgʻulot yuklamalarining ta’siri ostida organizmda sodir boʻladigan 
oʻzgarishlarning miqdori ish qobiliyati «oʻta tiklanishi»ga bogʻliq ekanining 
topilishi bu prinsipni tasdiqlagan eng muhim faqat boʻldi (G.F.Folbort,
M.YA.Gorkin,
D.Matveyevlar
hamkorliklari
bilan,
N.N.Yakovlev,
L.I.Yampolskaya va boshqalar). «Maksimal yuklama» deganda koʻpincha 
«haddan tashqari koʻp», batamom charchatib tashlaydigan yuklama tushuniladi. 
Uni organizmning funksional qobiliyatlari chegarasidagi, hech qachon uning 
moslashuv imkoniyatlaridan tashqari chiqmaydigan yuklama deyish toʻgʻriroq 
boʻladi. Agar sportchi mashq qila turib oʻzining moslashuv imkoniyatlari 
me’yoridan chiqib, «haddan tashqari charchab qolsa» va buning natijasida oʻta 
mashq bilan chiniqqanlik holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal 
emas, balki haddan tashqari yuklama boʻladi. Maksimal yuklama esa organizmga 


uning fiziologik normalariga toʻla mos tushadigan talablar qoʻyib, mashq bilan 
chiniqqanlik eng yuqori darajaga koʻtaruvchi omil hisob-lanadi.
Maksimal yuklamaning aniq miqdor oʻlchami, tabiiyki, sportchining oldindan 
qay darajada mashq bilan chiniqqanligiga, uning individual xususiyatlariga hamda 
sport turining xususiyatlariga bogʻliq. Masalan, yugurishga endi oʻrganayotgan 
stayer uchun bir mashgʻulotda 10-15 kilometr atrofida yugurish maksimal 
hisoblansa, yuksak malakali stayerlar bir mashgʻulotda 60 kilometr va undan ortiq 
masofani bemalol bosib oʻtadilar, kichik razryadli shtangachilarning mashgʻulotlari 
vaqtida maksimal yuklama kamdan-kam 10 tonnaga boradi, eng kuchli ogʻir 
atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnaga va undan ortiq darajaga (ogʻirlik 
kategor-iyasiga qarab) etkazadilar. Bunda shtanganing oʻrtacha ogʻirligi 130-180 
kilogramm va undan ortiq boʻladi. Hozirgi zamon sport amaliyoti mashgʻulot 
yuklamalarining ratsional miqdori haqi-dagi ilgarigi tasavvurlarni ancha oʻzgartirib 
yubordi. Insonning imkoniyatlari va ularning taraqqiy etish darajasi eng dadil 
taxminlardan ham yuksakroq boʻlib chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan 
mashgʻulot yuklamalari amalda tobora kengroq va dadil qoʻllanilmoqda. 
Yuklamalar miqdori ayrim mashgʻulotlarda ham, haftalik, oylik va yillik jami 
mashgʻulotar ma’nosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat yetakchi 
sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi endilikda oʻrta malakali sportchilar 
uchun me’yor boʻlib qolmokda.
Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qoʻllash, garchi 
ular oʻrtasida qarama-qarshiliklar boʻlishi mumkin boʻlsada, bir-birini inkor 
etmaydi. Maksimal yuklamalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida 
ularning asta-sekin yuksala borishining natijasi boʻlmogʻi kerak. Aks holda 
maksimal yuklamalar salomatlikni mustahkamlash va sport yutuqlarini oʻstirish 
ishiga qarama-qarshi boʻlib chiqadi. Yuklamaning chegarasi har doim organizmning 
mazkur taraqqiyot bosqichidagi imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanishi 
kerak. Mashgʻulot natijasida funksional va moslashuv imkoniyatlarining osha 
borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-sekin ortib boradi: oldingi bosqichda 
maksimal boʻlgan koʻrsatkich undan keyingi bosqichda oddiy yuklama boʻlib 
qoladi.
Mashgʻulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib 
oʻtilganidek, ularning hajmi va intensivligi oʻzgaradi. Lekin ularning oʻsa borishi 
barcha boskiqlarda birdek parallel ravishda boʻlmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm 
koʻproq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta 
boʻlmagan mashgʻulot jarayonlari uchun ham, koʻp yillik sport faoliyat uchun ham 
harakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz ort-tirib bora olmaydi. 
Sportchining asosiy faoliyati - yaratuvchi mehnat. Ana shu mehnat bilan sport 
mashgʻuloti muvofiqlashmogʻi kerak. Yosh oʻtishi bilan organizm funksional 
imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. 
Bularning hammasi mashgʻulot yuklamalarini ma’lum qolipga solib qoʻyadi. Lekin 
amalda ana shu qolip doirasidagi barcha imkoniyat-larni toʻla ishlatib boʻlgan 


bironta ham sportchi topilmasa kerak. Aslida eng avval yuklamalarning umumiy 
hajmi chegarasiga etishi kerak, chunki u eng koʻp vaqt sarflash bilan bogʻliq. 
Intensivlik esa (juda boʻlmaganda ayrim koʻrsatkichlari boʻyicha) yosh ulgʻayishi 
natijasida cheklovchi faktorlar paydo boʻlguncha oʻsib boraveradi. Bunday faktorlar 
paydo boʻlgandan keyin yuklamalarni faqat mashgʻulot bosqichlari chegarasidagina 
orttira borish mumkin.
Sport mashgʻulotining koʻzdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik va 
individuallashtirish prinsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. 
Organizm funksional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qoʻyilishi 
munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek
salomatligi bir muncha zaif boʻlgan shaxslar uchun yohud etarli darajada 
tayyorgarlik koʻrmagan kishilar uchun sport mashgʻuloti jismoniy tarbiyaning 
yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq 
etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalaridan foydalanilgandagiga qaraganda 
koʻproq qat’iy cheklashlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur. 
Shuningdek, sport mashgʻulotlariga kirishishdan avval dastlabki umumiy jismoniy 
tayyorgarlik va chuqur vrach-pedagog nazoratidan oʻtish asosiy shart ekanligi 
oʻzoʻzidan koʻrinib turibdi.
Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining oʻsishi bilan birga 
yuksala boradi. Sportchi oʻz imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik 
yaqinlashsa, mashgʻulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan 
keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning 
roli shunchalik katta boʻladi. Murabbiy, olim, vrach, va sportchining doimiy 
hamkorligi hozirgi kunda ilgʻor sport amaliyotining tipik hodisasiga aylanib 
qolayotgani bejiz emas.
Asta-sekin yuklamani oshirish uchun:  
- yillik ish hajmini 10-200 dan 1300-1500 soatga koʻpaytirish kerak:
- mikrosikllar ichida mashgʻulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan koʻpga 
koʻpaytirish:
- mashgʻulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga koʻpaytirish:
- katta yuklamali mashgʻulotlarni hafta mikrosikli ichida 5-7 taga 
oshirish:
- tanlangan yoʻnalishda mashgʻulotlar sonini koʻpaytirish sportchi 
organizmini funksional imkoniyatlarini jalb qiladi:
- «qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi maxsus chidamlilikni 
oshishiga yordam beradi.
Maksimal yuklamadan foydalanish faqat sistemalilik prinsipiga qat’iy amal 
qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashgʻulotlar davomiyligining chuqur 
oʻylangan tizimnigina, mashgʻulot jarayonining uzluksizligi hamda yuklama bilan 
dam olishning ratsional suratda almashlab turilishigina bunday yuklamalarning 
ijobiy samara berishini ta’minlashi mumkin.

Download 229.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling