Sport mashgʻulotlarining asosiy tamoyillari reja
Sportchini umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi
Download 68.17 Kb.
|
2. SN= 3 Kurs-(V)-2
Sportchini umumiy va maxsus tayyorgarligining birligiSportda ixtisoslashish sportchining har tomonlama rivojlanishini inkor etmaydi. Aksincha organizmning funksional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish asosidagina tanlangan sport turida mumkin qadar koʻproq yutuqqa erishiladi. Sport amaliyotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning juda koʻp ma’lumotlari ham ana shuni ta’kidlaydi (A.N. Krestovnikov, G.V.Vasilev, N.G.Ozolin, L.P.Matveyev, N.N.Yakovlev, X.Mittensvey va boshqalar). Sport yutuqlari sportchining har tomonlama taraqqiy etganligiga bogʻliqligining ikkita asosiy sababi bor. Birinchidan, organizmning ajralmas ekanligi - uning barcha a’zolari, sistema va funksiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayonida oʻzaro uzviy bogʻliqdir. Qaysi jismoniy sifat koʻproq, qaysinisi kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining oʻziga xos nisbatda boʻlsada, biron jismoniy qobiliyatni gʻoyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizm funksional imkoniyati umuman yuksak boʻlishi shart, ya’ni har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan, turli harakat malakalari va mahoratlari oʻzaro hamkorlikda ishlaydi. Sportchi tomonidan oʻzlashtirilgan harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng boʻlsa (albatta tanlangan sport turining oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq boʻlgan ma’lum me’yorda) harakat faoliya-tining yangi formalarini yaratish va ilgari oʻzlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud boʻladi. Yangi harakat formalari ilgari tarkib topgan formalar asosida paydo boʻladi va ularning u yoki bu elementlarini oʻz ichiga oladi. Xilmaxil harakat koordinatsiyalarini oʻzlashtirish jarayonida bu yoʻlda uchraydigan qiyinchiliklarni enga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham takomillashtirish qobiliyati, trenirov-kalanish rivojlanishi yana ham muhimroqdir. Demak, sportda takomil topishning obyektiv qonunlari sport mashgʻuloti chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon boʻlishi bilan birga, har tomonlama rivojlanishga olib kelishini talab qiladi. Shunga koʻra sport trenirovkasida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga mahkam qoʻshib olib boriladi. Shu narsa muhimki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning organik hamohangligi faqat sport takomillining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama oʻstirishga qaratilgan tarbiya sistemasining umumiy qonuniyatlariga ham mos keladi. Shuning uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy prinsipini sport mashgʻulotida aniq ifoda etadigan sport maktabining eng muhim prinsipi deb qarash zarur. Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligini birligi degan soʻz sport yutuqlariga erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga ziyon etmazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashgʻulotdan olib tashlab boʻlmaydi, demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bogʻliq ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni, yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek, tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo boʻlgan shartsharoitlarga bogʻliq boʻladi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashgʻulot vaqtida, bu birlik tomonlarining har xil ishga birdek foyda keltiravermaydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud boʻlib, uning buzilishi sportda taraqqiyotga erishishga halaqit beradi. Bu me’yor tanlangan sport turining oʻziga xos xususiyatlariga hamda boshqa bir qator shartsharoitlarga bogʻliq. Amalda mashgʻulot jarayonining ayrim etaplarida umumiy tayyorgarlikka etarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari koʻp oʻrin berib yuborish hollarini ham kuzatish mumkin. Bu yana shu bilan murakkablashadiki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning optimal nisbati doimiy boʻlib qolmay, balki sport takomilining turli etaplarida qonuniy suratda turlicha oʻzgarib turadi. Hozir bu muammo garchi toʻliq hal etilmagan boʻlsa-da, mazkur oʻzgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning qanday hal etilishini bir yillik va koʻp yillik mashgʻulot strukturasiga tavsif berilishi munosabati bilan quyida koʻrsatiladi. Download 68.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling