Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari halimov Izzatullo Rahmatali o’g’li


Download 244.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi244.47 Kb.
#1741094
Bog'liq
Halimov Izzatullo Rahmatali o’g ’li



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
167 
SPORT MASHG’ULOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
Halimov Izzatullo Rahmatali o’g’li 
QDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolamda sport mashg’ulotlri, sport turida yuqori sport 
natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi, 
Mashg’ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish masalalari haqida 
ma’lumotlarolishingiz mumkin. 
Kalit so’zlar: Sport turi, texnika, taktika, o’zlashtirish, jismoniy qobiliyat, daraja, 
sportchilar,organism, funktsionallik,imkoniyat, kuch, sog’lik,mashg’ulot, musobaqa, ruhiy, 
axloqiylik, irodaviy, tarbiya. 
 
Sport mashg’uloti – bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga 
yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir. Sport 
mashg’ulotlarining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin bo’lgan eng yuqori tayyorgarlik 
darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan 
iboratdir. 
Mashg’ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: 
1) tanlangan sport turining texnika va taktikasi chuqur o’z-lashtiriladi; 
2) jismoniy qobiliyatlar rivojining zarur darajasi tasdaqlanadi; 
3) sportchilar organizdaqing funktsional imkoniyatlari kuchayadi va sog’ligi 
mustahkamlanadi; 
4) mashg’ulot va musobaqalar vaqtida sportchi harakatlarining yuqori darajada 
jamlanishi va safarbar etilishini ta’daq-lovchi ruhiy, axloqiy - irodaviy sifatlar maqsadli 
ravishda tarbiyalab boriladi; 
5) sportchi tayyorgarligining erishilgan darajasini yuzaga chiqarish qobiliyatini 
majmuali tarzda takomillashtirish va uni musobaqa faoliyatida namoyish etish amalga 
oshiriladi; 
6) mashq va musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur nazariy 
bilimlar hamda amaliy tajriba egallanadi. 
Mashg’ulotning sanab o’tilgan vazifalari muvoziy (parallel) ravishda bajariladi. Biron 
mashg’ulotning asosiy vazifalari tayyorgarlikning davr va bosqichlari, sportchilarning 
mashqlanganlik darajasi, alohida xususiyatlari, mahorati, sport turi xususiyatlari va qator 
boshqa omillarga qarab batafsil tekshiriladi. Mashg’ulot vazifalarining har biri izchil tarzda, 
ya’ni sportchilarga qo’yiladigan va tobora ortib boradigan talablar sharoitida hal etiladi. 
Mazkur vazifalarni hal etish natijasida sportchi tayyorgarligining muvofiq darajasi 
ta’daqlanadiki, bu uning yuqori sport natijalariga tayyorligini ko’rsatadi. 114 Sport 
mashg’ulotlarining ayrim xususiyatlari mavjud: 
♦ tanlangan sport turi bo’yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga erishishga 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
168 
yo’naltirilganligi; 
♦ mashg’ulotlarning qa’tiy chegaralangan muddati va munta-zamligi; 
♦ ma’lum qonuniyatlarga muvofiq ko’p yillik rejalashtirish; 
♦ mashg’ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirib borilishi; 
♦ sportchining yetarlicha mustaqilligi hamda mashg’ulot jara-yoniga ijodiy yondashuvi 
sharoitida trenerning rahbarlik roli
♦ sportchining butun hayot yo’liga faol ta’sir ko’rsatish (kun tartibi; shaxsiy hayotga, 
kasb tanlanishiga ta’sir) 
Bolalar sporti ularning yoshi bilan chegaralangan, maxsus tayyorgarlikka kirishishga 
ruxsat berilgan muddatdan to umumta’lim maktabini bitirgungacha bo’lgan davrni o’z ichiga 
oladi. 
Yoshlar sporti. Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun ifodalangan. Uning chegarasi 
yoshga qarab o’smirlar, yoshlar sporti deb chegaralanadi. Yoshlar sporti o’z ichiga asosan 
katta maktab yoshidagi o’quvchilar, studentlarning birinchi kurslaridagilarni qamrab oladi. 
Bu ibora shartli xisoblanib, qizlarning ham ishtiroki nazarda tutiladi. Bu yoshdagilar sporti 
mamlakat katta sportining zaxirasidir. Maktab sporti shug’ullanuvchilarning yoshi va boshqa 
belgilariga qarab bolalar sportiga o’xshash. Farqi shundaki, bolalar sporti maktablar va 
maktabdan tashqari muassasalar orqali, maktab sporti esa faqat maktab o’quvchilari bilan 
maktab sport sektsiyalarida yo’lga qo’yiladi. Sport jamiyatimiz jismoniy madaniyati uchun 
ko’rsatayotgan xizmatidan 56 tashqari jismoniy tarbiyalash xizmatini xam o’zida 
mujassamlashtirgan. Sportda jismoniy tarbiyaning xususiy tomoni mujassamlashtiriladiki va 
jismoniy kamolotga erishishning pedagogax tizimi mutaxassislashtiriladi va sportchining 
tayyorgarligi deb nomlanadi. 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, ushbu mavzuda fanning asosiy (etakchi) tushunchalari, 
ularning mazmuni, keng qamrovli “jismoniy madaniyat” tushunchasi, “jismoniy tarbiya” 
jarayonida amalga oshiriladigan, “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy jisminiy 
tayyorgarlik”, sport, uning klassifikatsiyasi, “shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy 
barkamollik”, “jismoniy (harakat) sifatlari”, “jismoniy bilimlar” va yana boshqa qator 
tushunchalar haqida jismoniy madaniyat bakalavrining maxsus bilimlari berildi. 
Zamondoshlarimizning jismoniy madaniyati, ularning nazariy bilimlarining talab darajasida 
emasligi asoslandi. Jismoniy tarbiya jarayonining ijtimoiy mohiyati, jismoniy madaniyat va 
sportga oid moddiy va ma’naviy boyliklar, sportning ijtimoiy mohiyati, uning 68 
turkumlanishi, sharq mutafakirlarining inson jismoniy madaniyatiga oid fikrlari, mamlakat 
jismoniy madaniyat tizimining shakllanishi, xorijiy mamlakatlar jismoniy madaniyati 
tizimidan farqiga oid maxsus bilimlarni berdik. 

Download 244.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling