Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari halimov Izzatullo Rahmatali o’g’li
Download 244.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Halimov Izzatullo Rahmatali o’g ’li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 167 SPORT MASHG’ULOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI Halimov Izzatullo Rahmatali o’g’li QDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolamda sport mashg’ulotlri, sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi, Mashg’ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish masalalari haqida ma’lumotlarolishingiz mumkin. Kalit so’zlar: Sport turi, texnika, taktika, o’zlashtirish, jismoniy qobiliyat, daraja, sportchilar,organism, funktsionallik,imkoniyat, kuch, sog’lik,mashg’ulot, musobaqa, ruhiy, axloqiylik, irodaviy, tarbiya. Sport mashg’uloti – bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir. Sport mashg’ulotlarining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin bo’lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir. Mashg’ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: 1) tanlangan sport turining texnika va taktikasi chuqur o’z-lashtiriladi; 2) jismoniy qobiliyatlar rivojining zarur darajasi tasdaqlanadi; 3) sportchilar organizdaqing funktsional imkoniyatlari kuchayadi va sog’ligi mustahkamlanadi; 4) mashg’ulot va musobaqalar vaqtida sportchi harakatlarining yuqori darajada jamlanishi va safarbar etilishini ta’daq-lovchi ruhiy, axloqiy - irodaviy sifatlar maqsadli ravishda tarbiyalab boriladi; 5) sportchi tayyorgarligining erishilgan darajasini yuzaga chiqarish qobiliyatini majmuali tarzda takomillashtirish va uni musobaqa faoliyatida namoyish etish amalga oshiriladi; 6) mashq va musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy tajriba egallanadi. Mashg’ulotning sanab o’tilgan vazifalari muvoziy (parallel) ravishda bajariladi. Biron mashg’ulotning asosiy vazifalari tayyorgarlikning davr va bosqichlari, sportchilarning mashqlanganlik darajasi, alohida xususiyatlari, mahorati, sport turi xususiyatlari va qator boshqa omillarga qarab batafsil tekshiriladi. Mashg’ulot vazifalarining har biri izchil tarzda, ya’ni sportchilarga qo’yiladigan va tobora ortib boradigan talablar sharoitida hal etiladi. Mazkur vazifalarni hal etish natijasida sportchi tayyorgarligining muvofiq darajasi ta’daqlanadiki, bu uning yuqori sport natijalariga tayyorligini ko’rsatadi. 114 Sport mashg’ulotlarining ayrim xususiyatlari mavjud: ♦ tanlangan sport turi bo’yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga erishishga Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 168 yo’naltirilganligi; ♦ mashg’ulotlarning qa’tiy chegaralangan muddati va munta-zamligi; ♦ ma’lum qonuniyatlarga muvofiq ko’p yillik rejalashtirish; ♦ mashg’ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirib borilishi; ♦ sportchining yetarlicha mustaqilligi hamda mashg’ulot jara-yoniga ijodiy yondashuvi sharoitida trenerning rahbarlik roli; ♦ sportchining butun hayot yo’liga faol ta’sir ko’rsatish (kun tartibi; shaxsiy hayotga, kasb tanlanishiga ta’sir) Bolalar sporti ularning yoshi bilan chegaralangan, maxsus tayyorgarlikka kirishishga ruxsat berilgan muddatdan to umumta’lim maktabini bitirgungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Yoshlar sporti. Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun ifodalangan. Uning chegarasi yoshga qarab o’smirlar, yoshlar sporti deb chegaralanadi. Yoshlar sporti o’z ichiga asosan katta maktab yoshidagi o’quvchilar, studentlarning birinchi kurslaridagilarni qamrab oladi. Bu ibora shartli xisoblanib, qizlarning ham ishtiroki nazarda tutiladi. Bu yoshdagilar sporti mamlakat katta sportining zaxirasidir. Maktab sporti shug’ullanuvchilarning yoshi va boshqa belgilariga qarab bolalar sportiga o’xshash. Farqi shundaki, bolalar sporti maktablar va maktabdan tashqari muassasalar orqali, maktab sporti esa faqat maktab o’quvchilari bilan maktab sport sektsiyalarida yo’lga qo’yiladi. Sport jamiyatimiz jismoniy madaniyati uchun ko’rsatayotgan xizmatidan 56 tashqari jismoniy tarbiyalash xizmatini xam o’zida mujassamlashtirgan. Sportda jismoniy tarbiyaning xususiy tomoni mujassamlashtiriladiki va jismoniy kamolotga erishishning pedagogax tizimi mutaxassislashtiriladi va sportchining tayyorgarligi deb nomlanadi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, ushbu mavzuda fanning asosiy (etakchi) tushunchalari, ularning mazmuni, keng qamrovli “jismoniy madaniyat” tushunchasi, “jismoniy tarbiya” jarayonida amalga oshiriladigan, “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy jisminiy tayyorgarlik”, sport, uning klassifikatsiyasi, “shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy barkamollik”, “jismoniy (harakat) sifatlari”, “jismoniy bilimlar” va yana boshqa qator tushunchalar haqida jismoniy madaniyat bakalavrining maxsus bilimlari berildi. Zamondoshlarimizning jismoniy madaniyati, ularning nazariy bilimlarining talab darajasida emasligi asoslandi. Jismoniy tarbiya jarayonining ijtimoiy mohiyati, jismoniy madaniyat va sportga oid moddiy va ma’naviy boyliklar, sportning ijtimoiy mohiyati, uning 68 turkumlanishi, sharq mutafakirlarining inson jismoniy madaniyatiga oid fikrlari, mamlakat jismoniy madaniyat tizimining shakllanishi, xorijiy mamlakatlar jismoniy madaniyati tizimidan farqiga oid maxsus bilimlarni berdik. Download 244.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling