Sport men-uchun” ko‘rik tanlovi nizomi I. Umumiy qoidаlаr


Download 25.81 Kb.
bet1/2
Sana31.08.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1671871
  1   2
Bog'liq
Sport men-uchun


Sport men-uchun” ko‘rik tanlovi
NIZOMI


I. UMUMIY QOIDАLАR

1.1. Mazkur Nizom “Sport men-uchun” ko‘rik tanlovi (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi)ni tashkil etish, o‘tkazish va tanlov g‘oliblarini aniqlash tartibini belgilaydi.




II. TАNLOVNING MАQSАD VА VАZIFАLАRI

- ijodkor yoshlar va kattalar jamoalarini rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash;


- yoshlar va kattalarning sportga eʼtiborini ijodiy hayot tarziga jalb qilish;
- yoshlar va kattalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
- yoshlar va kattalarning sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

2.2 Vazifalari:


- yoshlar va kattalarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish hamda ularning jismoniy rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
- yoshlar va kattalarning ijtimoiy faolligini oshirish;
- ijodiy ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish;
- yoshlar va kattalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
- uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish;
- yoshlar va kattalarning sport madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish;
- sportning yoshlar va kattalar salomatligi va hayot tarziga foydaliligini targ‘ib qilish.


III. TАNLOV TАSHKILOTCHILАRI

3.1. Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi.




IV. TАNLOVNI O‘TKАZISH TАRTIBI VА MUDDАTI

4.1. Tanlovga joriy yilning 3-may sanasida start beriladi va yakuniy natijalari iyun oyining birinchi haftaligida e’lon qilinadi.




V.TАNLOV YO‘NАLISHLАRI VА YOSH TOIFАLАRI

5.1. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:


1. “Eng kreativ videorolik” yo‘nalishi;
2. “Sport va men” yo‘nalishi;
3. “Sport lahzalarda” yo‘nalishi;
4. “Eng yaxshi sportchi” yo‘nalishi;
5. “Eng pozitiv videorolik” yo‘nalishi;

5.2. Ko‘rik tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha zaruriy talablar:


- “Eng kreativ videorolik” yo‘nalishida ishtirokchilar sportning jozibasini zamonaviy animatsion tasvirlarda ko‘rsatishi lozim.
- “Sport va men” yo‘nalishida sportning sizning hayotingizdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilganligi e’tiborga olinadi.
- “Sport lahzalarda” yo‘nalishi ishtirokchilari qisqa muddatlarda butun boshli sportni yaqqol tasvirlanishiga ahamiyat berishlari kerak.
- “Eng yaxshi sportchi” yo‘nalishida sportda erishgan natijalarini tasvirlab berishi nazarda tutiladi.
- “Eng pozitiv videorolik” yo‘nalishida sport va yuqori kayfiyat uyg‘unlashuvi inobatga olinadi.
Mazkur tanlov barcha hududlarda online tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar soni chegaralanmagan.
5.3 Taqdim etilgan qisqa videorolik ijod mahsulotini baholashda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
- taqdim etilgan ijod namunalarining eʼlon qilingan tartibga muvofiqligi;
- hayot tarzimizda sportning rivojlanishi qay darajada muhimligi;
- qisqa videoroliklarning sifat darajasi;



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling