Sport pedagogik maxoratini oshirish spmo fanidan mustaqil ishi


Mavzu: Texnikani o’rgatishdagi metodika xususiyatlari


Download 134.06 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi134.06 Kb.
#1505304
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akbarov Sh

2.Mavzu: Texnikani o’rgatishdagi metodika xususiyatlari
Reja .
1.Futbol texnikasining tasnifi.
2.Xarakatlanish texnikasi.
3.Maydon o’yinchisining texnikasi.
4. Guruh texnikasi
Futbol texnikasining tasnifi texnik usullami uxnumiy (yokio’xshash) o’ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo’lishdan iborat. 0 ’yin faoliyati ifodalanishiga qarab futbol texnikasi ikkita yirik bo’limga ajratiladi: maydon o’yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo’lim esa harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limchalariga taqsimlanadi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan muayyan texnik usullardan: harakatlanish texnikasi usullari va usullaridan iborat. Ulardan maydon o’yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim usul va usullar o’zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo’lib, detallardagina farq bo’ladi. Har xil usul, usul va turlami ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi. Futbol texnikasining tasnifi ko’rsatilgan. 0’rganilayotgan mate-rialni tizimlashtirish usul, usul turlarini tuzukroq tushunishga, ulami to’g’ri tahlil qilishga, olingan bilimlami takomillashtirish vazifalarini muvafaqqiyatli hal qilishga yordam beradi. Futbol texnikasining ifodalanishi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo’lim bo’lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi.Qo’yilgan maqsadga erishmoq uchun o’yinda xilma-xil tarzda uyg’un-lashtirib qo’llaniladigan maxsus usullar to’plami fijtbol texnikasini tashkil etadi. Texnik usullar - bu futbol o’yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish ko’p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalami qanchalik to’liq bilishiga, raqib jamoa o’yinchilari qarshilik ko’rsa-tayotgan, ko’pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o’yin faoliyatidagi turli holatlarda ulami qanchalik mohirlik bilan, samarali qo’llay bilishga bog’liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko’rishi va mutanosib kamol topishi jarayonining ajralmas qismidir. 0 ’yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texnikasida muayyan o’zgarishlar bo’ldi. Bu evolyutsiyaning asosiy yo’nalishlari quyida-gilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to’pni boldir bilan to’xtatish singari nomaqbul usul va usullami qo’llash ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berish, to’pni son va ko’krakda to’xtatish, to’pni qo’l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) kabilardan foydalanish koeffisienti oshdi, aldash harakatlari (fmtlar) ko’paydi. Hozirgi futboldagi texnik usullar o’yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Tezlik va ishonchlilik, soddalik va samaradorlik – futbol texnikasini qo’llashga qo’yiladigan hozirgi kundagi talab ana shulardan iborat.
2. Harakatlanish texnikasi quyidagi usullar guruhini o’z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining tasnifi ko’rsa-tilgan. Oryin vaqtida harakatlanish texnikasi usullaridan xilma-xil tarzda qo’shib foydalaniladi. Masalan, futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilma-xil: sekin yurishdan boshlab, startdagi tezlanishni maksimal tezlikka qadar ko’tarish mumkin, yugurish maromi va yo’nalishi qo’qqisdan o’zgarib turadi. Yugu-rishning xilma-xil usullarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga qo’shib olib borish futbolchining
harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Harakatlanish texnikasining usullari maydon o’yinchilari va darvozabonning to’pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq. Harakatlanish texnikasi usullarini keragicha hamda kompleks tarzda qo’llash ko’p taktik vazifalarni (to’p olish uchun ochilish va raqibni chalg’itish, pozisiya tanlash, o’yinchini to’sib olish va h.k.) samarali hal qilish imkonini beradi. Yugurish. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari, yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi. Futbolda yugurishning quyidagi usullari qollaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish. Oddiy yugurishdan asosan to’g’riga borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika yugurishidan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmida farq bor, xolos. Yugurishda qadam uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Fubolchilarda chastota sal ortiqroq: sekundiga 5,1-5,5 qadam boMadi. Bu esa havoda uchish fazasi qisqaroq boMgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi. Tisarilib yugurishdan asosan to’pni olib qo’yishda va to’pni olishda qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik (qo’shaloq qadamli) boMadi. Qisqa-qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo’qligi o’nga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklanganligidadir. 0 ’yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga orttirilib, bu ko’proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog’Iiq. Tisarilib yugurayotganda, o’yinchi ba’zan muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og’irlik markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchi holatining turg’un bo’lishi shartlaridan biridir. Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spesifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi. Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan ifodalanadi (3-rasm). Qadam tashlash siklining birida (qo’shaloq qadam) siltanuvchi oyoq tayanch oyoqning oldigachalishtirib o’tkaziladi. Yugurish paytida havoda uchish fazasi juda qisqa. Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan zarur holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida qo’llaniladi. Keyinroq o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro etiladi. Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi.
3. Birinchi qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi. Sakrashlar. To’xtash va burilish usullarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fmtlar texnikasining qismiga kiradi. 0 ’yindan oldin, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. 0’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinasion qobiliyati bilan belgbilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristikalari optimal bo’lgan harakatlar qilishi kerak bo’ladi. Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardanbiri harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir. Maydon o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil usullari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To’pni boshqarish texnikasiga quyidagi usullar guruhi kiradi: zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish. Bundan tashqari, qo’lda bajariladigan spesifik usul - yon chiziqning narigi yog’idan to’pni tashlab berish ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi.0 ’yin vaqtida qaysi usulning qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilaming o’yindagi funksiyalariga bog’liq. Usullami ijro etish sifati esa maydon o’yin-chilarining hammasida yuksak darajada bolishi kerak.
4. Butun futbol o’yini boshdan-oyoq kombinatsiyalar asosiga qurilgan boMib, o’yinning mazmuni ham aslida shu kombinatsiyalardan iborat. 0 ’yin vaqtida qayta takrorlanmaydigan holatlar ko’p uchraydi. har bir shunday holatning o’z asosi bor. Bunday asoslami har qanday o’yinchi, eng avvalo, himoyachilar bilishi va tushunishi lozim. Shunda taktik 123 planda hujumchilarga qarshi harakat qilish va zarur usullami qoMlash osonboMadi. Mudofaadagi guruh o’yinining asosiy mazmuni himoya o’yinchilarining hujum qilayotgan raqiblariga qarshi uyushgan harakatlari hisoblanadi. Mudofaa-dagilar o’zining raqib bilan yakkamayakka kurashayotgan har bir sherigiga yordam beradi yoki yordam berishga tayyor turadi. Shunday qilib, sherigiga bevosita va kerakli yordam berishdan tashqari, straxovka qilish ham uyushtiriladi. Mohirlik bilan joy tanlash esa aniq hamkorlik qilishga yordam beradi. Himoyadagi guruh taktikasi darvozaga xavf solayotgan har qanday raqibga qarshi guruh bo’lib harakat qilishni nazarda tutadi va sheriklariga yordam berishga qaratilgan boMadi. Straxovka, shuningdek, "devor" va "kesishuv" kombinatsiyalariga qarshi harakatlar himoyada ikki o’yinchining hamkorlik qilish usullariga kiradi. Maxsus uyushtirilgan qarshi harakatlar, chunonchi, "devor" yasash, sun’iy "o’yindan tashqari" holat hosil qilish va darvozabon ishtirokidagi harakatlar uch va undan ortiq o’yinchining hamkorlik qilish usullari sanaladi. Straxovka. 0 ’yin vaqtida o’z sherigiga yordam berish usullaridan biri straxovka hisoblanadi. himoya straxovkaning to’g’ri va vaqtida boMishi, uning mustahkamligi va ishonchliligining garovidir. Straxovka qilish uchun tanlangan pozisiya zarur hollarda sherik yo’l qo’ygan xatoni tuzatadigan boMishi kerak. Bunday pozisiya hamma vaqt orqada, o’yinchining o’z darvozasiga yaqinroq joyda boladi. straxovka qilayotgan 3-o’yinchi to’g’ri joy tanlaganligi ko’rsatilgan. To’p raqiblaming 10-yarim himoyachisida, 11-qanot hujumchisi 2- himoyachidan qochib, bo’sh joyga chiqadi. 10-o’yinchi to’pni o’sha tomonga uzatadi. Biroq 2-himoyachini straxovka qilish uchun pozisiyani to’g’ri tanlagan 3-himoyachi qanot hujumchisidan oldin tpga yetib boradi. "Devor", "kesishuv", "to’pni tegmay o’tkazish" va "bir tegishdayoq uzatish" kombinatsiyalariga qarshi kurashish mudofaadagilar uchun anchagina murakkab boMishiga qaramay, himoyachi bir o’zi va mudofaadagi sheriklari bilan kelishib o’ynab, bu kombinatsiyalarga qarshi muvafFaqiyatli harakat qila oladi. "Devor" kombinatsiyasiga qarshi harakat. "Devor" kombinatsiyasiga qarshi kurashda bu kombinatsiya qayerda boMayotganini hisobga olish kerak. Ba’zan hujumchilardan birini juda 124 yaqin qoriqlashdan voz kechib, zonada o’ynagan yoki "devor" kombinatsiyasini amalga oshirishga bo’sh joy qoldirmaslik maqsadida mudofaa kuchlarini jarima maydoni yaqiniga to’plagan ma’qul boMadi. Birinchi uzatilgan to’pni olayotgan raqibga nisbatan pozisiyani tanlash bu kombinatsiyaga qarshi harakatdagi asosiy payt hisoblanadi. To’pni tepib chiharib yuborishni, raqibning javob uzatishini qiyinlashtirishni yoki uni dastlabki rejasidan qaytishga majbur qilishni mo’ljallab raqib yaqinidan joy tanlash kerak Straxovka Bunda orqadagi o’yinchining ahamiyati juda muhim bladi. Voqealarning keyin qanday bo’lishi ko’p jihatdan uning kombinatsiyasi qanday davom etishini ko’ra bilishiga, shuningdek, vaqtida yordamga kela bilishiga bog’liq. "Kesishuv" kombinatsiyasiga qarshi harakat. Bu kombinatsiya darvozaga tahdid solish nuqtai nazaridan "devor" kombinatsiyasidek xavfli emas. Odatda, bu kombinatsiya darvozadan ancha uzoqda qo’llanilib, asosan, tashabbusni saqlab turishga qaratilgan bo’ladi. "Kesishuv" paytida himoyachilar o’zi qo’riqlayotgan o’yinchilarning harakatiga, ayniqsa, to’p bilan qolgan oyinchining harakatiga qattiq e’tibor berib, darvoza yo’lini to’sib olganlari ma’qul. "Topni tegmay uzatish" kombinatsiyasiga qarshi harakat. Bu kombinatsiya jarima maydoni doirasida eng samarali chiqadi. U kutilmagan harakatlarga asoslangan bo’lganligi uchun ham himoyachilar nihoyatda ehtiyot boMishlari kerak. Odatda, o’zi qo’riqlayotgan o’yinchi 125 bilan ozgina fursat qarovsiz qoldi-rilgan hujumchi o’rtasida to’g’ri pozisiya tanlagan himoyachi bu kombinatsiyaga qarshi harakat qila olishi mumkin. Himoyachi to’p uzatilgan hujumchidan epchillik qilish va unga darvozani moMjallab zarba urishga imkon bermaslikka harakat qilishi kerak. Ayni vaqtda hujumchi tepmoqchidek chogManib turib, to’pni sherigiga o’tkazib yuborishi mumkin. Shuning uchun himoyachi darvozani moMjallab tepishga halaqit berishgagina emas, balki tegmay o’tkazib yuborilgan to’pni olib qolishning ilojini qilishga ham tayyor turishi darkor. Birinchi boMib kurashga kirayotgan himoyachining sheriklari uning harakatlari muvaffaqiyatsiz boMgan taqdirda uni straxovka qilishga va hujumchi tegmay o’tkazib yuborgan topni olib qolishga tayyor bolishlari kerak. Sun’iy "oyindan tashqari" holatni vujudga keltirish. Bunday holatni vujudga keltirish mudofaadagi samarali uslub hisoblanadi. Odatda, quyidagi hollarda sun’iy "o’yindan tashqari" holat vujudga keltiriladi: a) raqib jamoasi tashabbusni qoMga olib, zo’r berib hujum qilganda va olg’a intilaverganda; b) raqib hujumchilari keskin ochilishga intilib, mudofaa ichkarisida bo’sh joyga chiqmoqchi boMganda; c) tashabbus sizning jamoada bolib, raqiblaming mudofaaga o’tib olishdan boshqa iloji qolmay, oldinda bir-ikki o’yinchinigina qoldirib, to’plami uzoqdan aynan shularga uzatib bermoqchi boMganda. "0 ’yindan tashqari holat"ni vujudga keltirish san’ati awalo himoya qatoridagi o’yinchilar harakatining bir-biriga mosligiga bogliq. Odatda, o’z darvozasiga hammadan ko’ra yaqin turgan himoyachining "o’yindan tashqari holat"ni uyushtirish imkoniyatlari eng ko’p boMadi. U boshqa himoyachilaming harakatlari va qanday turganligini, shuningdek, to’pni boshqarayotgan raqiblaming harakatlari va niyatlarini zo’r e’tibor bilan kuzatib borishi kerak. To’p darvozaga qanchalik yaqin boMsa, himoyachilaming o’z harakatlarini moslab olishlari va "o’yindan tashqari" holatni uyushtirishlari shunchalik murakkablasha boradi. Tajribalar bunday holatni vujudga keltirish hammadan ko’ra maydonning markaziy chizigM bilan jarima maydoni chizig’i oraligida muvaffaqiyatli chiqishini ko’rsatmoqda. "oyindan tashqari" holatni to’g’ri uyushtirish ko’rsatilgan. 10-o’yinchi to’pni uzoqdan 11- yoki 9-o’yinchiga uzatib beradi. Ikkala holda ham 3-himoyachi shundaygina zarba berilishi 126 oldidan ilgariga o’tib, hujumchilami o’z orqasida "o’yindan tashqari" holatda qoldirib, hujumni tez to’xtatib qolishi mumkin. "Devor" yasash va uni uyushtirish mudofaada o’ynashning juda yaxshi taktik vositasi hisoblanadi. Darvozasiga erkin to’p tepish yoki jarima to’pi tepish belgbilangan jamoa "devor" yasashdan foydaianadi. Raqib tomon mudofaadagilar darvozasi yaqinida jarima to’pi yoki erkin to’p tepayotgan bo’lsa, to’p yolini to’sish maqsadida mudofaadagilaming bir guruhi qator saf tortib turadi. To’g’ri yasalgan "devor" ko’p jihatdan darvoza xavfsizligini ta’minlab beradi. Odatda, 4- 5 o’yinchi (ko’pincha ikki himoyachi va bir hujumchi) "devor" yasashga turadi. Zarba beriladigan joy darvozadan qancha uzoqda bolsa, shuncha kam o’yinchi "devor" yasashga turadi. Mudofaadagilaming "devor" yasashdan maqsadi o’z darvozasining yaqin burchagini to’ppa-to’g’ri zarba berilishidan saqlashdir (uzoqdagi burchakni darvozabon qo’riqlaydi). "Devor"ning turlari taktik rejalarga, o’yinchilaming saf tortishi va soniga bog’liq. "Devor" yasaganda, raqibning burama zarba berishi mumkinligini ham hisobga olish kerak.



Download 134.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling