Sport turizmi fаni oʻquv fаn sifаtidа vа uning tаriхiy rivоjlаnishi,oʻquv muаssаsаlаridа sport turizmining mоhiyati vа oʻrni, sport turizmi turlari Reja
Download 23.39 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turizmining rivojlanishi.
3. Turizmning tarixiy rivojlanishi
Turizm o’rta Osiyoda kadimdan mavjud bo’lgan. kadimgi ajdodlarimizning daryo, ko’l sohillarida, cho’lu biyobonlarda sayr qilishi, tog cho’kkilariga chikishi, ovchilik kilganliklari hakida bizga ko’pgina tarixiy manbalar, xalk ogzaki ijodidan ma’lum. Chunonchi Mahmud Koshg’arinining “Devonul lug’atit turk” asari, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va ko’pgina boshqa allomalarning asarlari, shuningdek “Alpomish”, “Kuntug’mish”, “Intizor”, “Rustamxon”, “Ravshan”. “Kirk kiz” dostonlari, Kirgiz xalkining “Manas” eposi va boshqa halk og’zaki ijodi manbalarida turizmining ilk debochalari o’z aksini topgan. Afrosiyob, Teshiktosh, Dalvarzin, Sirdaryo sohillari va Toshkent atrofida o’tkazilgan arxeologik kazilmalar natijasi ham yuqoridagi fikrimizni to’la tasdiklashi mumkin. Ayniksa bu o’rinda Zahriddin muhammda Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyatiga ega. Bu asarda avtorning mo’zlar o’lkasi Hindikush tog’laridan Hindistonga oshib o’tish epizodi ayniksa marokli tasvirlangan Umuman, kadimgi ajdodlarimiz ov qilish maqsadida o’zoq - o’zoqlarga safar kilganlar, tog’ va daryo yo’llarini o’rganganlar, yoshlarni ko’rkmas, botir, chidamli va chakkon kilib tarbiyalanganlar va hokazo. Ana shularning oqibatida sayohat qilish - turizm rivojlangan va hozirgi kunimizdagi turizmning yuzaga kelishida muxim omil bo’lgan Turizmining rivojlanishi. Turizm millionlab kishilarning ma’naviy boyligiga aylanib koldi. Turizm dam olish, sayohat qilish, tabiatni muhofaza qilish formasiga aylandi, madaniyatning ravnak topishi bilan u yildan-yilga takomillashib bordi. Mamlakatda yoshlarni mehnat va mudofaaga tayyorlash, tabiatni, tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish muhim vazifa kilib ko’yildi. Jismoniy tarbiya, sport va turizm mehnat va mudofaaning muxim omillaridan bo’lib koldi. Jismoniy tarbiya harakatining rivojlanishi turizmni ham jismoniy tarbiyaning asosiy vositasiga aylantirdi. Belorussiya, Boltikbo’yi Respublikalarida turizmning piyoda yurish, sportcha chamalab topish, velosiped, chang’i va boshqa turlari bo’yicha ilmiy-nazariy konferensiyalar, metodik kengashlar, turli seminarlar o’tkazilib turiladi. Shuning uchun ham u joylarda turizm bilan shug’ullanuvchilar soni tobora ortib bormokda, u yanada ommalashmokda. O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari bo’yicha ham turistik marshrutlar, sayohat yo’llari va ko’llanmalar tayyorlangan, piyoda yurish, tog’ turizmiga oid adabiyotlar mavjud. Chunonchi, V.Rasekning “Chimyon”, “O’rta Osiyo yo’llari bo’ylab!, A.Kolbinsevning “O’zbekiston yo’llari bo’ylab”, “Fargona vodiysi bo’ylab” sayohat o’zbekistonlik V.Kucheryavixning “Faisk tog’lari bo’ylab sayohat marshrutlari”, R. Abdumalikovning “Sayohat saxifalari” va boshqalar shular jumlayosidandir. Barcha elat, millat xalklari kabi o’zbek xalkninng ham madaniy tarakkiyotida turizm muhim o’rin tutmokda. Kadimgi ajdodlarimizning tarixi, buyuk allomalar, adiblar, o’rta asr namoyondalarininng o’lmas asarlarida, o’zbek, tojik, kirg’iz, kozok, turkman xalk og’zaki ijodida yuqorida aytib o’tilganidek, ilk turizm debochasiga asos solingandi. Tarixdan ma’lumki, XIX asrining ikkinchi yarmida rus sayohlari, harbiylari, mutaxassislari O’rta Osiyoga, shu jumladan hozirgi O’zbekiston territoriyasiga fan, madaniyat tarakkiyotning ba’zi bir formalarini ham olib kelishgan. Ular o’lkamiz territoriyasida turli maktablar, seminariyalar, gimnaziyalar tashkil qilingan. Usha paytdagi ko’pgina o’quv yurtlarining o’quv rejasida tabiatni o’rganish, jismoniy chinikish kabi mashg’ulotlar ham bo’lib, bu mashg’ulotlar mahaliy sharoitga moslashtirilgan. O’zbekiston Markaziy davlat arxivi materiallarining guvoh berishicha, Toshkentdagi bilim yurtlari bosh inspektori va ota-onalarning roziligi bilan o’lkani o’rganish maqsadida bir necha o’quvchi Burchmulla tog’iga sayohatga chikishgan. Bu tadbirlarni amalga oshirishda Toshkent, Gazalkent, Xo’jakent, Burchmulla va boshqa joydardagi mahalliy xal vakillari ayniksa aktiv ishtirok etgan. Toshkentdagi gimnaziya o’kituvchisi N.Malmin 1901 yilining mart oyida kichik va katta Chimyonga chikib, u yerning tabiati, hayvonot dunyosi, shuningdek dam olish joylari hakida o’zining 46 betdan iborat hisobot daftarini koldirgan. Lekin Ulug Oktyabr sosialistik revolyusiyasigacha bo’lgan barcha ekskursiya, turistik tadbirlar aksariyat hollarda shaxsiy manfaat, savdogarchilik, turli giyohlardan dori-dormon tayyorlab sotish uchun o’tkazilgan. Tabiiyki, bunda fakat boy-badavlat kishilargina bunday imkoniyatlarga ega edi. Shuni e’tirof etish kerakki, Turkistonda Sovet hokimiyatini o’rnatishda barcha boshqa ish formalari katorida turizm alohida o’rin tutadi. Chunki komissar yoki siyosiy rahbar, otdik yoki piyoda askar, joylarni biladigan yoki umuman bilmaydigan yo’lboshlovchi ham tog’, dara, daryo, vodiy, cho’llarni kezgan. Bunday paytlarda joylarni chamalash, karta yoki sxemalardan foydalanish, yangisini chizish, to’siklardan o’tish, kerakli ozik-ovkatlarni o’zi bilan olib yurish, uni sharoitlarga karab sarflay bilish va hokazolarni bilishni sharoit talab kilgan. Shu sohalarni yaxshi o’zlashtirgan, bilgan unga to’la amal kilganlargina maqsadga erishganlar. Demak, bunda turizmning strategik, pedagogik, tarbiyaviy, jismoniy chinikish mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi tashkil topgan dastlabki paytlardanok hukumat karorlari, ko’rsatmalari asosida o’quvchilarning turistik-ekskursiya ishlarini yo’lga ko’yish, aholining madaniy hordik chiqarishi uchun dam olish zonalarini tashkil qilish ishlari jadallasha boshladi. Ayniksa Toshkent, Samarkand, Farg’onada bu ish yaxshi yo’lga ko’yildi. Lekin yosh respublikamizda turizmni tashkil qilish ishlarini yetarli darajada amalga oshishi kiyin edi. Lekin shunga karamay maorif. Tibbiyot va boshqa zarur soatlar katorida jismoniy tarbiya, sport va turizmning rivojlanishiga ham imkoniyatlar yaratildi. O’zbekistonda sport turizmining piyoda, chang'ida, tog'da, suvda (sol va eshkak eshib) va suvda dayving (suv ostiga maxsus kiyimlarda sho’ng’ish), velosipedda, mototsikl, avtomobilda, havoda, otda va boshqa turlari mavjud bo’lib, bu turlarni respublika miqyosida rivojlantirish chora–tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Download 23.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling