Sport turizmi fаni oʻquv fаn sifаtidа vа uning tаriхiy rivоjlаnishi,oʻquv muаssаsаlаridа sport turizmining mоhiyati vа oʻrni, sport turizmi turlari Reja


Turizm predmetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


Download 23.39 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi23.39 Kb.
#1029703
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

2 Turizm predmetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bo’lajak mutaxassis kadrlarni turizmning forma va metodlari bilan qurollantirish.
2. Talabalarda, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari, maktab, bolalar muassasalari, aholi turar joylari, mahalalarda, ishlab chiqarish karxonalarida turistik ish formalarini tashkil etish malokalarini hosil qilish.
3. Dasturdagi barcha materiallar bilan qurollantirish.
4. Nazariy, amaliy mashg’ulotlar va turistik poxodlarda talabalarini jismoniy chiniqtirish, turistik talablarni bajartirish.
Jismoniy tarbiya bo’yicha kadrlarni tayyorlashda talabalarga turizm bo’yicha bilim, malaka berish bilan birgalikda mexnat jamoalarida, aholi yashaydigan joylarda, ayniksa o’quvchi yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ’ibot va tashviqot qilish, turizmni kishilar hayotida kengrok joriy qilish usullarini o’rgatish, jamoatchilik (kollektivchilik), do’stlik ruhida yashash va ishlash, mexnatsevarlik g’oyalarini singdirish kabi muhim jarayonilarga e’tibor aratiladi. Mana shu vazifalarga suyangan holda talabalarning turizm bo’yicha bilim balki va malakalarining sinashda asosan kuyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Maktab o’quvchilari bilan turistik sayohatlarni uyushtirish nazariyasi va metodlari hakida suxbat. Bunda turizmning jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni, uning tarakkiyoti hamda turistik ishlarning forma va metodlari yoritiladi va akademik lisey va kasb-hunar kollej hamda maktab o’quvchilarining turizm, uning tashkiliy formalari, o’quvchilarga ko’yiladigan talablar bayon qilinadi. Talabalardan turistik sayohatlar jarayonida olib boriladigan tadbirlar, o’lkani o’rganish materiallari, topografik bilimlar, o’quvchilarni jismoniy tayyorlash va boshqa pedagogik jarayolar hakida to’la bilimga ega bo’lish talab etiladi. Umuman, turizmga doir barcha nazariy bilimlar mustaxkamlanadi.
2. Talabalar o’quv yili davomida uyushtirilgan barcha turistik tadbirlarda bevosita katnashishi, shuningdek, sayohatlar davomida beriladigan barcha topshiriklarni (navbatchi, komandir, yo’l boshlovchi, sanitar, oshpaz, komendat, xo’jalik mudiri, muxbir va hokazo) bajarishi va bu borada ma’lum malaka hosil qilishi shart.
3. Barcha mashulotlar va turistik sayohatlarda kundalik daftar tutish va unga eng muhim va kizikarli vokealarni, topshiriklarni (sayohat taassurotlari, ijro etilgan vazifalar, gimnastika mashklari kompleksi, tabiat manzaralari, turli musobaqalar, ksimlik va hayvonat dunesi, joylarning nomi, mehnat ilgorlari hayoti va hokazao- muntazam yozib borish ko’zda tutiladi.
4. Uy vazifalarini amaliy va yozma ravishda bajarish (sxema, karta, topografik shartli belgilarni chizish va joylarning tarixini yozish, fotomontaj tayyorlash va hokazo), joylarni rasmga olish.
5. Turistik sayohatlar davomida tashkil qilingan barcha musobaqa va tadbirlarda (joylarni chamalab topish, azimut bo’yicha yurish, arkonda osilib o’tish, birinchi medisina yordami ko’rsatish, chodirni vaqtida kurish, ovkat pishirish, devoriy gazeta chiqarish, ashula yoki she’r aytish va hokazo) aktiv katnashish.
6. I-II kurs davomida barcha sayohatlarda faol katnashish va normativni bajargan holda birinchi kategoriyali turistik sayohatda (130 kilometrli masofani 6-8 kun davomida piyoda o’tish) katnashib, piyoda yurish turizmi bo’yicha uchinchi razryad normasini bajarish.
7. II-III kurs davomida sayohatlarda faol katnashish, ularning tashkilotchisi va rahbari bo’lish, turizm bo’yicha jamoatchilik instruktori talablari bilan to’la tinishish va turistik tashkilotchi yoki kichik instruktor unvoni normativini bajarish.
Ogzaki suhbatlar, leksiya, seminr mashg’ulotlari sayohat jarayonida o’tkaziladigan amaliy va metodik mashg’ulotlarning materiallari asosida olib boriladi. Amaliy mashg’ulotlarni baholashda talabaning o’kituvchi bergan topshiriklarni kanday bajarganligi, texnik elementlarni kay darajada o’zlashtirganligi, musobaqa (slyot) vaqtida ko’rsatgan natijalarni, uy ishlarining bajarilishi, kundalik tutish, uning sifati e’tiborga olinadi.
Turizm ixtisosini egallagan talabalar uchun esa alohida turizm bo’yicha maxsus dastur asosida mashg’ulot o’tkaziladi va tegishli unvon, razryadlar beriladi. Shuni kayd qilish kerakki, fakat Belorrussiya davlat Jismoniy tarbiya institutida va bir kator jismoniyt tarbiya fako’ltetlarida turizm bo’yicha maxsus oliy ma’lumot beruvchi kurslar, grupplar va fako’ltetlar tashkil kilinmokda. O’zbekiston davlat fizko’ltura instituti ham 1983 yildan boshlab shu sohada yangi bo’lim tashkil kildi. Shuningdek, turizm bo’yicha sport masterlari, razryadli turistlar, instruktorlar, trenerlar va sudyalar tayyorlash fakat ko’ngilli sport jamiyatlari, turistik klublar ho’zuridagi markaziy yoki kuyi seksiyalar, kurslarda amalga oshirilmokda. O’quvchilar turizmi bo’yicha instruktor kadrlar tayyorlash ishining bugungi ahvoli konikarli darajada emas. Shu sababli keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarida turizm bo’yicha o’quv soatlarini oshirish, kadrlar tayyorlashni yaxshi yo’lga ko’yish masalalari kun tartibiga ko’yilmokda. Bu esa kelajakda turizm bo’yicha, maxsus kafedralar, metodika kabinetlari barpo qilishda, mo’zeylar tashkil qilish, turistik kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Download 23.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling