Sport turlari buyicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish reja
Olimpiya an’analarini qayta tiklash
Download 82.5 Kb.
|
Sport turlari buyicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish
Olimpiya an’analarini qayta tiklash
Insoniyatning iroda, aql va jismoniy harakatini tarbiyalashga xizmat etuvchi qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g’oyalari uyg’onish davriga kelib paydo bo’la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan biri italiyalik davlat arbobi Matteo Polmiyeri (1406 - 1476) hisoblanadi. U o’zining «Fuqarolik hayoti haqida» nomli kitobida antik Olimpiya o’yinlarining yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» (Gorod jizni) kitobida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson hayotining ma’naviy me’yorlarini tarkib toptirishning asosi ekanligini e’tirof etgan. Qadimgi Olimpiya o’yinlaridan ibrat olishni Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, Fridrix Shiller, Mixail Lomonosov, Iyeronim Merkurialis va boshqa donishmandlar ham tavsiya etishgan. Ba’zi bir davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish amaliy jihatdan kuchga kirgan. Bunday o’yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o’tkazilganligi ko’zga tashlanadi. 1604 yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o’yinlariga o’xshash musobaqa o’tkazishga muvaffaq bo’ladi. Bu voqyea «Gotevold o’yinlari» (joyning nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold tepaliklarida o’tkazilgan musobaqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik, kurash, futbol, (sul) o’yini, bosqon uloqtirish, otda poyga, shaxmat va boshqa o’yinlar bo’lgan. Uilyam Shekspir «Vindgorlik oyimchalar» (Vindgorskiye devushki) asarida «Gotevold tepaliklaridagi Olimpiya o’yinlari» deb uni tilga oladi. Kapitan Robert Doverning o’yinlari o’ttiz yildan ortiq davr ichida o’tkazib borildi. Uning 1641 yilda vafot etishi bilan uning o’yinlari ham to’xtab qoldi. Antik Olimpiya o’yinlari timsolidagi musobaqa keyinchalik Germaniya, Shvesiya, AQSh, Kanada, Gresiya kabi davlatlarda ham o’tkazilgan. Har bir mamlakatning imkoniyat doirasi va o’zlariga xos xususiyatlari asosida o’yinlar ham turlicha tus olgan. Masalan, 1845 yilda Kanadada bu «Monreal Olimpiya o’yinlari» nomi bilan o’tkazilgan. Shu tariqa jahonda Olimpiya o’yinlari xalqaro miqyosida o’tkazishga asta-sekin zamin tayyorlangan. U XIX asrning oxirida bu ish to’la amalga oshirildi. Xulosa qilib aytganda, o’rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlarga ega bo’lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ularni takomillashtirishda harbiy jismoniy tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har tomonlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan risarlik maktablari va boshqa shu turdagi o’quv muassasalarining o’rni g’oyat katta bo’ldi. Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o’rtasida o’tkazilgan turli an’analarda, marosimlar o’tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik, kamondan o’q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o’yinlardan keng foydlanganlar. Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi natijasida kelishmovchilik va urushlar ko’payib, o’q otar qurollardan keng foydalanish boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi bilan bog’langan holda davom etdi. XV-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g’oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi. Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlarning iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Fan, madaniyat va ta’lim-tarbiyaning Yangi yo’nalishlari negizida antik Olimpiya o’yinlari qayta tiklashga urinishlar bo’ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, Kanada va boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlariga qiyoslab, yangi ko’rinishdagi o’yinlar o’tkazildi va umuman, jamiyatning o’sha davrdagi tuzilishi, diniy hukumronlik sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o’tkazib borish, ularni xalqaro miqyosda tashkil qilishga hyech bir davlat qodir emas edi. ADABIYOTLAR 1. Toʻxtaboyev N.T. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy mahoratini rivojlantirish. – T.: 2010. – 171 b 2. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv dasturi.T.2010. 3. Salomov R.S., Ruzioxunova M.M. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. - T.: 1996.-180b 4. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. – T.: 2015 Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling