Sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari. Reja


Chaqqonlikning fiziologik asoslari. Yashirin davr yoki harakat reaksiyalarining vaqti beshta tarkibdan iborat bo‘ladi


Download 35.88 Kb.
bet2/8
Sana11.03.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1259978
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABDURAXMONOVA MEXRINISO 11-20(1)

Chaqqonlikning fiziologik asoslari. Yashirin davr yoki harakat reaksiyalarining vaqti beshta tarkibdan iborat bo‘ladi:
1. Reseptorlarda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi;
2. Afferent yo‘llar bilan impulslarni markaziy asab tizimi orqali o‘tkazilishi; 3. Markaziy asab tizimidagi effektorli signal shakllanguniga qadar ketgan vaqt (markaziy tormozlanishi);
4. Markaziy asab tizimidan mushaklargacha boradigan yo‘l;
5. Mushaklarning qo‘zg‘alishi va mexanik faollikning namoyon bo‘lishi.
Bu bosqichlar orasida eng ko‘p vaqtni (50% dan ko‘proq) 3-faza egallaydi. Chaqqonlikning zaxirasi va uni takomillashtirilish mexanizmi quyidagilardan iboratdir: 1.Asab-mushak a’zosining qo‘zg‘aluvchanligi va funksional harakatchanligi ortadi; 2.Sinapslardan o‘tish vaqti qisqaradi (mediatorlarni chiqarilishi va diffuziyasi, postsinaptik membranasining depolyarizatsiyalanish tezligi); 3.Asab va mushak tolalari bo‘ylab qo‘zg‘alish jarayonining tarqalish tezligi ortadi; 4. Qisqarayotgan mushaklarga qo‘zg‘alishni o‘tish tezligi ortadi; 5. Mushak tolalarining kaltalanish tezligi ortadi; 6. Mushak tolalarining bo‘shashish tezligi ortadi; 7. AUF ning parchalanishi va resintezi tezlashadi; 8. Markaziy tormozlanish vaqti qisqaradi. Chaqqonlikni o‘lchash usuli bo‘lib xronorefleksometriya, harakatlanuvchi obyektga reaksiya, tepping-test va boshqalar hisoblanadi. Asab markazlarining holatini va mushaklarning qisqaruvchanlik xususiyatlarini tahlil qilish usuli bo‘lib, qisqarish va bo‘shashishlarini o‘rganish hisoblanadi. Qisqarishning o‘rtacha vaqti – 0,20 s (0,15-0,25); sprinterlarda – 0,12- 0,15 s; eng yaxshi sprinterlarda yashirin davr 80-100 ms. Murakkab reaksiyaning vaqti 2-3 marta katta. Chaqqonlik zaxirasi harakatning maksimal darajasi va qisqarishning yashirin davr ko‘rsatkichlari bo‘yicha 150-200 % ni tashkil etadi, bu paytda bu ko‘rsatkichlar 90 dan 30 % gacha pasayishi mumkin; harakatning chaqqonlik zaxirasi faqat 30-40% gacha pasayadi. Oddiy reaksiyalar ancha yengil o‘rganiladi, chunki bu ilgaridan ma’lum signalga tanish harakat bilan javob berishdir. Oddiy reaksiyalarda chaqqonlikni katta muddatga o‘tkazib yuborilishi kuzatiladi. 3.3. Chaqqonlik rivojlanishining yoshga oid xususiyatlari Yoshga qarab harakat reaksiyasining vaqti jiddiy darajada o‘zgaradi. 2-3 yoshlarda u 0,54-0,84 s, 5-7 yoshda 0,3-0,4 s tashkil etadi. Keyingi yillarda bu vaqt qisqara boradi va voyaga yetgan odamlarnikiga yaqinlashib qoladi. Bolalarda harakat chastotalari tananing turli a’zolaridagi reaksiyalar tezligi singari har xil bo‘ladi. Harakatning eng yuqori tempi barmoqlar bo’g‘inlariga xos 125 bo‘lsa, pastki tizza son bo’g’iniga xosdir. Yoshga qarab harakatning maksimal chastotasi ortadi. Eng yuqori chastota 4-9 yoshda qayd qilinadi. Keyingi yillarda harakat chastotasining o‘sishi pasayadi, 15 yoshdan keyin esa deyarlik to‘xtaydi. Mashqlarni o‘rganish natijasida chaqqonlikning eng yuqori o‘sishga 9-12 yoshli bolalarda kuzatiladi, maksimal ahamiyatga esa 14-15 yoshda erishiladi. Yaxlit harakatlarning rivojlanish tezligi boshqa jismoniy sifatlar va texnikalarning takomillashtirishi bilan bog‘liq. Chaqqonlik va tezlik odam harakat funksiyalarining turlicha tavsifidir. Shunday qilib, harakat chaqqonligi markaziy asab tizimining bosh xususiyati hisoblanadi va ular harakatlanish reaksiyalarida va yuklamasiz qo‘l-oyoqlar harakati bilan namoyon bo‘ladi. Tezlik esa – bu sport harakatining oxirgi tavsifidir. Demak, sprinterlarning tezligi yozuvchi mushaklarning portlovchi kuchi, startning o‘zidayoq juda tez tezlashish qobiliyati, yugurishning yuqori tezligini ta’min etish, charchashga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. 3.4. Tezlashuvchi – kuchlilik mashqlarning asoslari Tezlashuvchi – kuchlilik harakatlari (portlovchi) eng qisqa vaqt ichida maksimal kuchga erishish bilan xarakterlanadi. Tezlashuvchi–kuchlilik indeks (J) quyidagi formula bilan belgilanadi: J=Fmax/tmax Portlovchi kuchlarning fiziologik xususiyatlari sifatida mushaklar ishning maksimal sinxronizatsiyasi, antogonist mushaklarda kuchlanishning bo‘lmasligi, AUFning parchalanish va resintezining yuqori tezligi, motoneyronlar impulslarining yuqori chastotalari qaraladi. Tezlashuvchi – kuchlilik sifati harakat texnikasining takomillashuvi, ayrim mushaklarda va ularning birgalikdagi funksional holatida kuchlanishning ortib borish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Tezlashuvchi - kuchlilik sifatini takomillashtirish usuli bo‘lib mushaklar kaltalanishining maksimal darajadagi tezligi paytida 126 maksimal kuchlanishdan yoki maksimal kuchning 90-95% dan foydalanish hisoblanadi. Bu paytda mushaklararo uyg‘unlashtiruvchi rivojlanishi katta ahamiyatga ega, qaysiki portlovchi kuchlanishlarda mushaklarda maksimal kuchlanish emas balki, maqbul kuchlanish rivojlanadi. Oxirgi kuchlanishni rivojlantirish uchun maksimal amplitudali harakatlarni amalga oshirish talab etiladi, bu paytda tezlik musobaqalardagidan katta bo‘lishi kerak, mushaklar kuchlanishi esa maksimal tezlashuvchi kuchlilik sifatining rivojlanishi paytida ikkita asosiy vazifa yechiladi: tezlashuvchi – kuchlilik imkoniyatlar potensialining ortishi va ularning amalga oshirilish qobiliyatining rivojlanishi. Birinchi vazifani bajarish qayta takrorlash usuli yordamida maksimal tezlikda umumiy va regional xarakterdagi mashqlardan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ravishda o‘ziga xos burchaklar ostida qisqa muddatli maksimal kuchlanishdagi izomerik mashqlardan foydalanish mumkin. Ikkinchi vazifani amalga oshirish uchun maxsus regional va murakkab mashqlarni bajarish zarur bo‘ladi. Qarshilik ko‘rsatish musobaqalardagiga tezlik 100% ga teng bo‘lishi kerak. Yuklamalar nisbati 2:1:1 (50% yengil snaryadrlar; 25% musobaqalardagidek, 25%-og‘irlashtirilgan) bo‘lganda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Tezlashuvchi – kuchlilik mashqlarini o‘rganish paytidagi charchash holatini baholashga to‘xtalib o‘tamiz. Charchash birinchi navbatda maxsus mushaklarda yashirin davrning bo‘shashishi bilan – 38% va yashirin davrning qisqarishini biroz 6% gacha ortishi bilan birgalikda kechadi. Charchashning eng muhim belgilaridan bo‘lib bo‘shashish va qisqarish yashirin davrlarning ko‘rsatkichlari orasidagi farqning ortishi hisoblanadi. Sport ustalarida bo‘shashishning yashirish davri odatda qisqarish yashirin davrga nisbatan qisqa, lekin charchashning yuzaga kelishi tufayli u katta darajada uzayadi. Qayta charchashning dastlabki belgilaridan biri-erkin kuchlanishning kamayishi va mushaklar bo‘shashishining yomonlashuvidir. Bu paytda qisqarish va bo‘shashish yashirin davrlar 300-400 ms ga uzayadi. Ushbu barcha belgilarni mushaklar kuchlanishini va signallarini qaysiki, ular bo‘yicha mushaklarning erkin kuchlanishlarining qayd qiluvchi usullari yordamida kuzatish mumkin. Nazorat uchun asab-mushak a’zosi holati va markaziy boshqarish haqidagi eng qimmatli axborotlar beruvchi ishchi mushaklar guruhi tanlab olinadi. 3.1-rasm. Qisqarish va bo‘shashishni qayd qilish chizmasi. A – mexanogramma; B – signallar belgisi; a – qisqarishning yashirin davri; b – qisqarish vaqti, v – bo‘shashishning yashirin davri; g – bo‘shashish vaqti; 1 – kuchlanish boshlangani haqidagi signal belgisi; 2 – erkin kuchlanishning tamom bo‘lishi haqidagi signal belgisi. Murakkab mashqlarni bajarish bo‘yicha darslar va musobaqalardan keyin 3- 6 kun davomida harakatlarning turli vaqtinchalik tavsiflarining ortishi kuzatiladi (erkin kuchlanish va mushaklar bo‘shashining yashirin davrlari, sakrashning ayrim fazalarining vaqti), chunki bu, bizning nazariyamizda asab jarayonlarining qayta kuchlanishi bilan bog‘liqdir.

Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling