Sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari. Reja
Sportga tanlashda ayrim sistemalarning (tizimlarnig) xususiyatlari
Download 35.88 Kb.
|
ABDURAXMONOVA MEXRINISO 11-20(1)
2. Sportga tanlashda ayrim sistemalarning (tizimlarnig) xususiyatlari. Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolari. Zamonaviy sportda bir necha yillar davomida yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda qobiliyatli bolalar va o`quvchilarni tanlash va saralash masalalariga katta ahamiyat beriladi. Sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish 10-12 yoshdan yoki 5-6 yoshdan boshlashi kerakligi isbotlangan.
Zamonaviy sportni rivojlantirish darajasi yuksakdirki, musobaqalardagi xalqaro darajali natijalarni kam sportchilar ko`rsatishlari mumkin. Ayrim sportchilar misli ko`rilmagan natijaga erishadilar, demak sport ist’edodlik g’oyalariga katta ahamiyat berilishi lozim. Har bir o`spiringa sport faoliyatining turini tavsiya etish sportga tanlash vazifasini o`taydi. Sport turining talablari asosida eng yaroqli o`spirinlarni tanlash – sportga saralash vazifasini o`taydi. Sportga tanlash va saralash pedagogik, psixologik va tibbiy biologik usullari kompleksli ravishda qo`llanilishi asosida o`tkaziladi. Sport mahoratini oshirish jarayoni – uzoq davomli, bir necha bosqichlarga bo`linadi: dastlabki sport tayyorgarlik (7-10 yosh), sport turi bilan shug’ullanishni boshlang’ich darajasi (10-12yosh), sport turi yo`naltirilishi (13-15 yosh) sport mahoratini egallash (15-17 yosh) sport malakasini oshirish (18 va undan katta yosh). Zamonaviy ma`lumotlarga ko`ra morfologik, fiziologik va psixologik ko`rsatkichlar nasldan-naslga o`tishi aniqlangan. Sportga saralashda quyidagi ko`rsatkichlar tavsiya etildi. Morfologik ko`rsatkichlar: 1 – bo`y, 2 – tana massasi (tana og’irligi), 3 – qo`llarning nisbiy uzunligi – qo`llar uzunligining indeksi, 4 – Oyoqlarning nisbiy uzunligi – oyoqlar indeksi, 5 – Tana og’irligining aktiv massasi (TAM). Fiziologik ko`rsatkichlar 1) O`TS, 2) pul’s, 3) Kuper testi, 4) Novakki testi, 5) RWS170 testi, 6) MKO`, O2 etishmovchiligiga turg’unlik. Harakat ko`rsatkichlari: 1) Qo`lning nisbiy kuchi (Kaft kuchi kg x 100); 2) egiluvchanlik; Z) tezkorlik; 4) muvozanatning turg’unligi; 5) Tana og’irligi kg. Turmush tarzida harakat aktivligi etarli baland bo`lganda 33 koeffitsienti ishlatiladi. Jismoniy mashqlarning sportchi organizmiga va tayyor-garlik darajasiga ta`sirini har xil funktsional sinamalar yordamida aniqlash mumkin. Arterial qon bosimning o`zgarishlari organizmni jismo-niy mashqga chidamliligini aniqlashga imkoniyat beradi. AQB ning o`zgarishlarini baholashda maksimal, minimal va pul’s bosimlarini solishtirilishi katta ahamiyatga ega. Organizmni yaxshi moslashishida maksimal va minimal AQB larning o`zgarishlari proportsional bo`lishi kerak, pul’s tez bo`lsa, maksimal qon bosim ham baland bo`ladi. Organizmning chiniqish qobiliyati yomonlashganida maksimal qon bosimni o`zgarishi kamayadi, pul’sni tezlanishi esa saqlanadi. Funktsional holat yomonlashishining eng oxirgi chegarasi – bu gipotonik reaktsiyadir. Bunday reaktsiya o`ta chidamlilikni oshirish uchun o`tkazilgan mashqlardan so`ng o`ta charchash holatida bo`lishi mumkin. Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolari. Download 35.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling