olmaganda;
b) ikkala jamoa o‘yinchilarining qo‘llari bir vaqtda
to‘pga tegib ketib, to‘p chiziq tashqarisiga chiqib
ketganda;
d) hakam to‘p qaysi o‘yinchiga tegib chiqqanini
bilolmay qolganida;
e) to‘p halqa va shchit orasida qisilib qolganda,
bahs to‘pi deb hisoblanadi.
Bahs
to‘pining
o‘yinga
kiritilishi
qarshi
jamoalarning ikkita o‘yinchilari orasiga doirada to‘pni
tepaga otishdan boshlanadi. Bunda hakam to‘pni
juda yuqoriga otadi. Shu payt o‘yinchilar birdaniga
sakrab to‘pni qo‘llari bilan urib yuborishga harakat
qiladilar. Agar to‘p o‘yinchilarning qo‘li tegmay qaytib
tushsa, unda to‘p qayta tashlanadi. O‘yin paytida
nimalarni qilish mumkin-u, nimalarni qilish mumkin
emas? Agar o‘yinchi to‘pni ataylab oyog‘i bilan tepib
yoki qo‘li bilan urib yuborsa, to‘p boshqa jamoaga
beriladi.
Bordi-yu, o‘yinchining oyog‘i bexosdan tegib ketsa,
unda
jarima
ham
berilmaydi,
o‘yin
ham
to‘xtatilmaydi. To‘pni yerga faqat bir (o‘ng yoki chap)
qo‘l bilan urib yurib harakat qilishga ruxsat etiladi.
Òo‘p bilan qancha qadam qo‘yilsa ham xato
bo‘lmaydi (to‘p yerga urib yurilsa, albatta). Òo‘pni
yerga urib yurish, yugurish to‘xtatildi deb aytish, bu
o‘yinchining to‘p bilan to‘xtaganidir. Shundan so‘ng u
to‘pni savatga tashlash yoki sherigiga uzatishi
mumkin. O‘yinchi ikkinchi marta to‘pni yerga urib
yurishi
mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |