Sportchilar salomatligini tibbiy nazorat qilish, tibbiy guruhlarga taqsimlash,bir guruhdan-ikkinchi guruhga o`tkazish isboti va kuzatish usullari
Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish
Download 21.75 Kb.
|
16 Sportchilar salomatligini tibbiy nazorat qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi guruh-giperstenik tana tuzilishi
- Uchinchi guruh-asstenik tana tuzilishi
Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish.
Tana tuzilishiga qarab bolalar 3 guruhga bo`linadi: Birinchi guruh-normostenik tana tuzilishi – tananing hamma qismi bir biriga to`g`ri proporsional, teng, baravar rivojlangan, ko`krak va yelka kamari kengligi, qo`l va oyoqlarning uzunligi proporsional bo`ladi. Bunday bolalar sportning hamma turlari bilan shug`ullanishlari mumkin. Ikkinchi guruh-giperstenik tana tuzilishi – kalta bo`yli, keng ko`krak qafasli, keng yelkali, qo`l-oyoqlari kalta va yo`g`on. Bularni ko`proq kurash turlariga yo`naltirish maqsadga muvofiq. Sababi, bunday gavda tuzilishidagi bolalarda suyaklar yo`g`on, baquvvat, muskullar yaxshi rivojlangan, kuchli bo`ladi.Ular tez, epchil, chaqqonlik bilan harakat qilish xususiyatiga ega. Uchinchi guruh-asstenik tana tuzilishi –bo`yi uzun, qo`l va oyoqlari uzun, tana ingichka, ko`krak va yelka kamari ingichka. Bunday bolalar uchun sport o`yinlarining voleybol, basketbol, tennis turlari bilan shug`ullanish tavsiya etilishi lozim. Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Bolalar yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish 6 davrda amalga oshiriladi. Sport turlarini tavsiya etishda bolalarning yoshi bilan birga, ularning tana tuzilishi hususiyatlari (normastenik, giperstenik, astenik) ham e`tiborga olinishi lozim. Birinchi davr – 5 – 7 yosh. Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, Sport akrobatikasi, shaxmat va shashka yo`nalishlari tavsiya etiladi. Ikkinchi davr – 8 – 9 yosh. Engil atletika, stol va katta tennis, badminton yo`nalishlari. Uchinchi davr- 10-11 yosh. Sport o`yinlarining barcha turlari, shuningdek, qol to`pi, qilichbozlik, kamondan o`q otish. To`rtinchi davr – 12 – 13 yosh. Kurashning hamma turlari: karate, erkin kurash, yunon – rum kurashi, sambo, shuningdek, boks,eshkak eshish, velosport kabilar. Beshinchi davr – 14 – 15 yosh. To`rtinchi davrdagi sport turlariga qo`shimcha zamonaviy beshkurash, uchkurash, ot sporti. Oltinchi davr – 16 – 17 yosh. To`rtinchi va beshinch davrdagilarga qo`shimcha keng qamrovli turizm, sportning texnikaviy turlari: motosport, avtosport, korting turlari tavsiya etiladi. Tibbiy nazoratning vazifasi-sportchilarni har yili dispanser ko’rigidan o’tkazish, funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga tayyorgarlik oldidan o’tkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv o’tkazilib turilishi joiz. Sportchilar tanasining faol holati chuqur tibbiy tekshirishlar jarayonida o ‘rganiladi. Tananing faol holati haqida mulohaza yuritish uchun zamonaviy tibbiyotda qo‘Ilaniladigan, shu qatorda asbob-uskunali usullardan foydalaniladi. Bu paytda turli tizimlarning faoliyati tekshiriladi va umuman tananing faol holati to‘g ‘risida majmuaviy baho beriladi. Sportchilar tanasining faoliy holatini o ‘rganish, sport tibbiyotining muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu masala haqidagi ma’lumot salomatlikning darajasini baholash, sport mashqlari bilan bogliq bo`lgan tana faoliyatining o ‘ziga xos jihatlarini aniqlash hamda sportchi tanasining chiniqqanlik darajasini tashxisi uchun zarur. Chiniqqanlik - shifokor-pedagogik majmuaviy tushuncha bo`lib, sportchini yuqori darajadagi yutuqlarga erishish maqsadida, qilingan tayyorgarlikni ifodalaydi. Chiniqish sport bilan muntazam va maqsadga muvofiq boMgan m ashg‘ulotlar ta ’sirida rivoj topadi. Uning darajasi sportchining yuqori darajali taktiktexnik va psixologik tayyorgarligi bilan birlashgan tananing tarkibiy faol qayta tuzilishiga bog`liq. Chiniqqanlikni tashxis qilishda bosh vazifa murabbiy ga tegishli bolib, u sportchi haqida tibbiybiologik, pedagogik va psixologik m a’lumotlami tahlil qilib chiqadi. Chiniqqanlikning ishonchli tashxisi, murabbiyning tibbiybiologik tayyorlanganligi bilan bogMiq boMishi mumkin. Buning uchun murabbiy maxsus faoliy tashxisning asoslari haqida yaxshi bilishi kerak. Aytish joizki, bunday holat murabbiy va jism oniy tarbiya o ‘qituvchisini sport mashqlari bilan bogMangan muammolar majmua-sining turli xillarida bosh vazifani o‘tashlarini ifodalaydi. Yaqin- yaqinlarda, chiniqqanlikni tashxis qilish faqat sport shifokorlariga taalluqli edi. Sport tibbiyoti oldida turgan yangi va aniqroq vazifalar, uning chiniqqanlikni tashxisida va chiniqish mashqlari bilan shug‘ullanishdagi ahamiyatini zarracha ham kamaytirgani yo‘q. Chiniqqanlik atamasi, zamonaviy sportda ko‘proq universal, ya’ni keng m a’noga ega bo‘lishi munosabati bilan, chiniqqanlikni tashxis qilish paytida (salomatlik holatini, jism oniy rivojlanganlikni, tana tizimlarining faoliy holati va h.k.) baholash, sport shifokori yechishi kerak bo‘lgan masalalar doirasini yangitdan aniqlash zarurati tug‘ildi. Bu masalada, eng qulay atama bo‘lib, «faoliy tayyorgarlik» hisoblanadi. Sportchi tanasining faoliy tayyorgarligi (uning jismoniy ish qobiliyati bilan birga) murabbiy tomonidan aniq holda chiniqqanlikni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Sportchi tanasining tizimlarini faoliy holatini o‘rganish maqsadida, uni tinch sharoitlarda va faoliy sinamalarni o ‘tkazish jarayonida tekshiriladi. Mazkur m a’lumotlar, sport bilan shug‘ullanmagan ko‘p sonli odamlami tekshirish natijasida olingan m e’yoriy standartlar - andozalar bilan solishtiriladi. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling