Sportchilarning normal va patologik davrlarida yurak qon tomir tizimining xarakteristikasi. Reja


Download 36.95 Kb.
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1270038
  1   2   3   4
Bog'liq
3.Sportchilarning normal va patologik davrlarida yurak qon tomir tizimining xarakteristikasi




Sportchilarning normal va patologik davrlarida yurak qon tomir tizimining xarakteristikasi.


Reja:

  1. Sportchilar yuragining struktur (tuzilish) xususiyatlari.

  2. Sportchilar yuragining funktsional hususiyatlari.

  3. Yurak aritmiyalari

  4. Yurak poroklari.



Yurak qon tomir tizimining funktsional holati
Sport tibbiyotida yurak-qon tomir tizimini tekshirishga katta ahamiyat beriladi, chunki yurak-qon tomir tizimi odam organizmining hayotiy zaruriy asosiy tizimidir.
Yurak-qon tizimi atrofidagi muhitda ishlab turgan mushaklar va ichki a’zolarga kislorodni tashishda asosiy o’rin egallaydi. Muntazamlik sport mashg’ulotlar jarayonida yurak-qon tomir tizimlarda va boshqa ichki a’zolarda moslanish o’zgarishlar rivojlanadi.
Jismoniy mashqlarga uzoq ko’nikishi (moslanish) natijasida har bir ichki tizimlarda o’ziga xos funktsional o’zgarishlar paydo bo’ldi va bu o’zgarishlar ayrim ichki a’zolarda morfologik tuzilishidagi o’zgarishlar bilan kechadi.
Bunday o’zgarishlar ichki a’zolarni yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydi. Sport ish qobiliyatining darajasi ko’pincha yurak-qon tomir tizimining samarali ishiga bog’liqdir. Sportchilar shiddatli va uzoq davoimli jismoniy yuklanishlarni bajarishga muyassar bo’ladilar. Boshqacha aytganda, jismoniy mashg’ulotlar davomida markazdan uzoqlashgan a’zolar ko’p miqdorli qon bilan ta’minlanadilar.
Sportchilarning ichki azolar tizimida jismoniy yukla-nishga javoban uzoq davomli ko’nikishi natijasida o’ziga xos funktsional va morfologik o’zgarishlar rivojlanadi. Bu o’zgarishlar sportchilarni ichki a’zolarni ish qobiliyatini oshiradi. Bunday o’zgarishlar sportchilarning shiddatli va uzoq muddatli vaqtli jismoniy yuklanishlarni bajarishga imkon beradi. Ba’zi ichki tizimlar, masalan ovqat hazm qilish tizimi, ajratuv tizimlari muskullar harakatida ishtirok etmaydilar, aksincha, jismoniy yuklanishlarda ovqat hazm qilish va boshqa tizimlarning faoliyatlarini susayishi kuzatiladi. Qorin bo’shlig’ida joylashgan ichki a’zolarning qon bilan taminlanishi jismoniy yuklanishlar davomida paytida tinch holatiga nisbatan to’rt baravar kamayadi. Inson hayoti moddalar almashinish jarayonlari orqali ta’minlanadi. Ularni zaruriy shart bilan ishlab turgan a’zolarga va to’qimalarga to’xtovsiz kislorodni etkazishdir. Yurak qon tomir va nafas olish sistemalarining tuzilishida va funktsional holatidagi paydo bo’lgan sportchilar uchun eng muhimdir. Bu ikki sistemalar jismoniy yuklanishlar davrida neyrogumoral tomonidan jiddiy boshqariladi. Bu tufayli organizmda yagona kislorodni tashuvchi (transport qiluvchi tizimi), boshqacha aytganda yurak-nafas olish sistemasi faoliyat ko’rsatadi.
Yurak-nafas olish sistemasi tashqi nafas apparatini, qonni yurak-tomir sistemasi va to’qima nafas olish sistemasini o’z ichiga oladi. Qon aylanish tashqi muhitdan ishlab turgan mushaklarda va azolarga kislorodni tashishda aloxida o’rin egallaydi, shu tufayli bu sistemasining asosiy limitlovchi (chegaralovchi) xalqasi bo’lib hisoblanadi. Muskullar (mushaklar) harakati davrida yurakning ish qobilyatini haddan tashqari oshirish mumkin emasligi tufayli insonni induvidual (shaxsiy) “kislorod shifti” bir minutda Z-6 l kislorod bilan chegara-laniladi. Shu muhim fakt sport ish qobiliyatini ta’minlashda yurak faoliyatini ahamiyatini isbotlaydi.
Jismoniy yuklanishda o’pkadan 1 min 140-160 litr havo o’tkaziladi. Har 1 l havoda, normal atmosfera bosimi sharoitida, 0,21 l kislorod tashkil qiladi. 140-16O x O,21 ko’paytirilishida o’pka 1 minutda organizmga 29 l kislorodni ekazishligini aniqlaymiz, demak bu ko’rsatkich odamning “kislorod shifti”dan 4 baravar oshiqroqdir. Endi qon aylanish sistemasiga e’tibor beraylik, qonning kislorod tashuvchi moddasi gemoglobindir, 100 gr gemoglobin 0,134 kislorodni tashishi (transport) mumkin.
Kislorodni haddan tashqari talab qiluvchi sport turlarida (jismoniy chidamlilikni rivojlantiruvchi) sportchilar mashg’u-lotlari asosan yurak faoliyatini oshirishiga qaratilgan bo’ladi.
Sport faoliyatini ta’minlashda yurakni limitlovchi (chegaralovchi) roli tufayli yurakning zo’riqishi boshqa a’zolarga nisbatan ko’proq uchraydi. Sog’lom kishilarning 1 l qonda 150 gr gemoglobin bor. Demak 1 l qonda normal sharoitda 0,134x150q0,2 l kislorodni tashkil etadi.
Odam yuragi 1 min 25-ZO litr qon xaydaydi. Quyidagi raqamlarni hisobga olib shunday xulosa chiqarish mumkin: 25-ZO litr qondagi kislorod 5-6 l dan oshmaydi Shu ko’rsatkichlar kislorodni maksimal o’zlashtirishga (KMU) ko’rsatkichiga to’g’ri keladi.
Keltirilgan raqamlarga binoan qon aylanish sistemasi ishlab turgan muddatlarga kislorodni etkazishini chegaralaydi.
Yurakni shu chegaralovchi xususiyati sport faoliyatini ta’minlashda asosiylardan biridir va boshqa ichki azolarga nisbatan o’ta zo’riqishga ko’proq chalinadi. Sport ustozlari sportchilar yurakning tuzilishi va funktsional xususiyatlarini ko’rsata bilishlari, yurak miokardini shikastlanishi va funktsional holatini buzilishini oldini olishda muntazam ravishda tibbiy nazoratni o’tkazilishi haqida bilishlari lozim. Yurak-tomir sistemasining chegaralovchi xususiyati yurakni ishlab chiqarish faoliyati bilangina bog’liq emas. Bunda chetda joylashgan mexanizmlar, masalan kapillyardagi qon oqishi ham muhimdir. Mayda kapillyarlardagi qon aylanishning tezligi eritrotsitdan O2 ga ma’sul hujayralarining mitoxondriyalariga o’tishi ham ko’zga ko’rinarli ta’sir qilishi mumkin. Sportchilarga yurak-tomir sistemasining xususiyatlari o’tgan asrda olimlar diqqatiga sazovar bo’lgan. Yaxshi jismoniy chiniqqan kishilarda yurakning kattaligi, kuchli tomir urishi va boshqalar aniqlangan 1889 yilda yangi tibbiy atama”sport yuragi” (Xeishen) tavsiya etilgan. Bu atama sog’lom, yuqori funktsional imkoniyatga ega bo’lgan yurakni bildiradi. Sport yuragi (sportchilar) kompleksli tuzilish va funktsional xususiyatlarga etadir. Bu holatlar muskul ishini bajarishda yurakni yuqori darajali moslanish va ish qobiliyatini ta’minlaydi.

Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling