Sportning roli


BOSHLANG‘ICH TA’LIM DARSLAR


Download 290.86 Kb.
bet2/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

BOSHLANG‘ICH TA’LIM DARSLARIDA INTERFAOL USULLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILISHI
Xolturayeva Barno Rustam qizi
Termiz davlat pedagogika instituti magistranti


Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich ta’lim darslarida interfaol usullar vositasida o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirishning tarixiy-pedagogik tadqiqotlarda o‘rganilishi haqida yoritilgan. Aynan ekologik ongni shakllantirishning tarixiy-pedagogik tadqiqotlarda o‘rganilishi asosiy metod usulida berilishi diqqatga sazovordir.
Tayanch so‘zlar: ekologik ong, tarixiy-pedagogik tadqiqotlar, interfaol usullar, jonli va jonsiz jismlar, ekologiya.
Tabiat –insonning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi birinchi manba. Shu sababdan tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar qadimdan to hozirgi kunga qadar barchani qiziqtirib kelgan muhim masalalardan asosiysi hisoblanadi.
Tabiat deganimizda butun borliq, turfa olam, sayyoramizdagi jonli va jonsiz jismlar tushuniladi. Yerning jonli qismiga inson, o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar, jonsiz qismiga havo, suv va tog‘ jinsi qatlamlari mansub. Ular bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq.
Tabiat inson uchun beshik, onaning quchog‘idek. Uning qalbi keng, qalbi hamisha inson uchun ochiq. U saxovatini, marhamatini odamlardan yashirmaydi. Yer barcha boylik va zavqlarning manbaidir. Binobarin, u insoniyat tomonidan ekologik jihatdan asraydi, ona zamin sifatida e’tirof etiladi va ulug‘lanadi. Bugungi kunda tahdid solayotgan eng katta muammo –atrof-muhitni mehr va mehr bilan himoya qilish, hurmat insoniyatga ekologik ofatning oldini olishda yordam beradi.
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ilmi hamda amaliyoti o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega[1; 231-b.] Bu tarixga murojaat qilmasdan ekologik ta’lim- tarbiya mazmun-mohiyatini tushunish qiyin kechadi. Shu sababli biz tadqiqot ishimizda ekologiya va atrof-muhit muhofazasining rivojlanish tarixini qisqacha tahlil qilishni lozim topdik.
Qadimgi Xorazmda mil VI-V asrda yozilgan “Avesto”da atrof-muhitning barcha unsurlari o‘zaro bog‘liqligi va doimo o‘zgarib turishi, quyosh (olov), yer, suv va havoning tabiat va inson hayotida o‘z o‘rni borligi, ular muqaddas ne’mat ekanligi ta’kidlangan. o‘simlik va hayvonlar o‘z bilimlarini asrashi, dehqonchilik va chorvachilik, tozalik va salomatlik, bog‘dorchilik, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, umuman olganda, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning mazmuni (qoidalari) turli yo‘llar bilan berilgan. Bizgacha yetib kelgan ilk ekologik bilim va tajribaning boy merosidan foydalanish nafaqat O‘zbekistonda, balki insoniyat taraqqiyoti yo‘lida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik tahdidlarning oldini olish yoki bartaraf etishga xizmat qiladi.
Qadimgi Hindistonda mil. avv. VI-V asrlarda yozilgan “Mahabharata”, “Ramayana” kabi dostonlarda hayvonlarning yashash muhiti, turmush tarzi va insoniy munosabatlari o‘z aksini topgan. Qadimgi Yunonistonda tirik organizmlarning atrof-muhit bilan aloqasini o‘rganishga jiddiy e’tibor berilgan.
Jumladan, Gekat (miloddan avvalgi 550-490 yillar) o‘zining “Yerning tavsifi” asarida tabiat va olam haqida tushuncha bergan. Empedokl (miloddan avvalgi 490 yil -430 yil) U tabiatning asosiy elementlari sifatida olov, havo, suv va yerni ajratib ko‘rsatdi, o‘simlik va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgandi. Aflotun (miloddan avvalgi 429-347) o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va odamlar, ularning yashash sharoiti va xususiyatlari haqida ma’lumot bergan. Aristotel (miloddan avvalgi 384-322) o‘zining “Hayvonlar tarixi” asarida hayvonlarni yashash sharoitlariga ko‘ra tasniflagan.
O‘rta asrlarda Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy- ekologik merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati juda katta bo‘lgan. O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkirlar, xususan, Forobiy (873–950 yy.) “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnif” asarida o‘rta asrlarda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq fan, shu jumladan, tabiat haqidagi fanlar, ularning ta’rifi va ahamiyatini ko‘rsatib bergan. U “Inson a’zolari haqida” risolasida odamning ruhiy va jismoniy holati tashqi muhit omillari ta’siriga bevosita va bilvosita bog‘liqligini isbotlagan.
Beruniy (973-1048 yy.) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” kabi asarlar yozgan. Alloma Yer yuzasi, ya’ni hududlar juda uzoq davom qilgan tabiiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli ekanligini qayd ekologik tarbiyalashib, joyning geografik kengligi va uzoqligini aniqlash usulini yaratdi. Beruniy hududlarning geologik tarixi, tog‘lar va tekisliklar, ma’danlar va foydali qazilmalar, tog‘ jinslari va ularning yemirilishi (nurashi), Orol dengizi va uning paydo bo‘lishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘lik va tirik tabiat, odam va atrof-muhit, ularning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi haqidagi muhim qonuniyatlarni aniqladi.
Ibn Sino (980-1037 yy.) “Kitob ush-shifo” (“Shifo kitobi”), “Kitob al-qonun fit-tibb” (“Tib qonunlari”), “Tadbir ul-manzil” (“Turar joyning tuzilishi”) kabi tabiatshunoslik va tibbiyotga oid asarlar yaratdi. Ibn Sino asarlari XII asrdan boshlab Yevropada lotin va boshqa xalqlar tillariga tarjima ekologik tarbiyalashildi va juda mashhur bo‘ldi. Hatto buyuk botanik olim K. Linney (1707-1778 yy.) bir o‘simlikni ibn Sino sharafiga “Avitsenna” deb atagan.
Rus tuproqshunosi G. Visoskiy “Ekotop” tushunchasini (1915 y.) hamda rus-polyak botanigi I. Pachoskiy “fitotsenoz” tushunchasini (1915 y.) fanga kiritgan. Avstriyalik geobotanik X. Gams “Biotsenologiya”–organizmlar uyushmalari haqidagi fan ekanligini (1918 y.) asoslagan. Rus tabiatshunosi V. Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni (1926 yy) yaratgan.
Ekologiya fani mazmunan kengayib, tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi fanlarni o‘z ichiga qamrab olgan majmua-viy fanga aylangan. Bu fan atrof-muhitga aloqador bo‘lgan geologik, geografik, kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy tushunchalarni ham o‘zida mujassam qila boshlagan. Natijada, ekologiya fani hayot va biosferaning tashqi va ichki omillar ta’sirida izchil o‘zgaruvchan barqarorligi va uning ta’minlanish tuzilmasini o‘rganuvchi fanga aylandi.
Bu davrda amerikalik olimlar ekologiya fani rivojiga katta hissa qo‘shdilar. Xususan, ekolog olim Yu. Odum ekologiya bo‘yicha yaxshi darslik (1953 y.), ya’ni “Ekologiya asoslari”ni yaratdi, nazariyachi olim D. Medouz odam populyatsiyasining o‘sishi va tabiiy resurslarning taqchilligi muammosini (1968 y.) tadqiq ekologik tarbiyalashib, global ekologiya g‘oyasini ilgari surdi. Jahonga mashhur ekolog B. Kommoner ekologiyaning 4 ta asosiy qonunini hikmatli so‘zlar ko‘rinishida (1971 y.) ta’rifladi:
- “Hamma narsa bir-birlariga bog‘liq” (ekologik tizimlarning yaxlit-ligi, bir butunligi);
-“Hamma narsa qayoqqadir siljiydi” (biosferada anor-ganik va organik moddalarning yopiq aylanma harakati);
-“Tabiat zo‘r bilguvchi” (odamning tabiat bilan yaqin, tabiiy tizimlar bilan juda ehtiyotkor munosabatda bo‘lishi lozimligi);
-“Hech narsa bekorga berilmaydi” (har bir yangi yutuq oldingi natijaning muqarrar ravishda yo‘qolishi bilan birga kechishi).
Ta’kidlash joizki, o‘tmishda biologiya fanining alohida tarmog‘i sifatida paydo bo‘lgan ekologiya bugungi kunda katta ijtimoiy ahamiyat kasb ekologik tarbiyalashmoqda. Demak, ekologiyaning rivojlanish tarixida bir-biriga o‘xshash ikki jarayon birgalikda davom qilgan:
Bir tomondan, tirik organizmlarning atrofdagi muhit omillari bilan o‘zaro aloqadorligi har jihatdan chuqur o‘rganilib, biologiya fani-ning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida biologik ekologiya jadal rivojlana boshlagan; ikkinchi tomondan, odamning maishiy-xo‘jalik faoliyati (antropogen ta’sirlar) tufayli tirik organizmlarning hayotiy makoni, yashash sharoitlari jiddiy o‘zgarib, u yoki bu turdagi organizmlar-ning yo‘qolib ketishi, kamayishi yoki birdaniga ko‘payishi kuzatila boshlangan.
Aynan ikkinchi jihat tabiatni muhofaza qilishning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan. Uning predmeti-tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro maqbul munosabatlar o‘rnatish, tabiat va madaniyatni o‘zaro birlashtirish jarayon-lari hisoblanadi. Bunda tabiat inson ta’sirini o‘zida sezmagan jonsiz (abiotik) va jonli (biotik) tarkibiy qismlar majmui sifatida, madaniyat esa inson faoliyati, uning tashkil ekologik tarbiya orqali kishilarning tabiat bilan o‘zaro munosabati usullari sifatida qarab chiqiladi[2;51-b.].
Yuqorida qayd ekologik tarbiyalashilgan ikki ilmiy bilimlar tarmog‘i va ularning jadal rivojlanishi inson faoliyatining tabiatga ta’siri global), mintaqa-viy va lokal mahalliy ko‘lamga ega ekanligini anglashga imkon bergan. Biroq shunga qaramay, jamiyatning ijtimoiy-ekologik ongi o‘ta sust rivojlangan – yetarlicha shakllanmagan. Buning sababi shundaki, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi fanlarida erishilgan ilmiy yutuqlar har bir kishining, ommaning shaxsiy mulkiga aylanmagan, natijada odamlar o‘zlarini o‘zgaruvchan muhitga mos tarzda idrok ekologik tarbiya, ularda atrof-muhit holatiga muvofiq ekologik dunyoqarash vujudga kelmagan. Aynan shu vazifalar faqat ekologik ma’rifat doirasida ijobiy hal ekologik tarbiyalashilishi mumkinligi ayon bo‘lgan hamda pedagogika nazariyasi va amaliyotida mazkur yo‘nalish ildam rivojlana boshlagan.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling