Sportning roli


Download 290.86 Kb.
bet21/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

1-variant
- Ozodbek: Bu o’lchov asbobimi? - O’quvchilar: yo’q
- Ozodbek: Ish asbobimi? - O’quvchilar: ha
- Ozodbek: u bilan metallga ishlov beriladimi?? - O’quvchilar: yo’q
- Ozodbek: u bilan yog’ochga ishlov beriladimi? - O’quvchilar: ha
- O’qituvchi: Yog’ochni kesadimi? - O’quvchilar: yo’q
- Ozodbek: yog’ochni o’yadimi? - O’quvchilar: ha
- Ozodbek: teshami? - O’quvchilar: yo’q
- O’qituvchi: randami? - O’quvchilar: yo’q
- Ozodbek: qochov (stameska)mi? - O’quvchilar: ha


2-variant
- Dilnoza: Bu o’lchov asbobimi? - O’quvchilar: yo’q
- Dilnoza: Ish asbobimi? - O’quvchilar: yo’q
- Dilnoza: u bilan metallga ishlov beriladimi?? - O’quvchilar: yo’q
- Dilnoza: u bilan yog’ochga ishlov beriladimi? - O’quvchilar: yo’q
- O’qituvchi: uy-ro’g’or jihozimi? - O’quvchilar: ha
- Dilnoza: tok bilan ishlaydimi? - O’quvchilar: yo’q
- Dilnoza: tikish-bichishda ishlatiladimi? - O’quvchilar: ha
- O’qituvchi: qaychimi? - O’quvchilar: yo’q
- Dilnoza: ignami? - O’quvchilar: yo’q
- Dilnoza: angishvonami? - Oquvchilar: ha.
Shundan so’ng o’qituvchi o’quvchining boshidagi qog’ozni olib, unga ushbu asbobni ko’rsatadi va u haqida bilganlarini aytib berishni so’raydi. O’quvchining javoblariga qarab uni rag’batlantiradi. Agar o’quvchi savollar ketma-ketligini berishni uddalay olmasa, unga yordam ko’rsatiladi.
Masalan, uning o’rniga o’quvchlarga o’qituvchi o’zi savol beradi. “U bilan qog’oz qirqiladimi?” kabi. O’quvchilar “ha” yoki “yo’q” javobini berishlari kerak. Agar yuqoridagidek yordam o’z vaqtida to’gri ko’rsatilsa, qo’llanilayotgan texnologiya yaxshi samara beradi.
Texnologiya o’quvchilarning ham og’zaki nutqini rivojlantirishga va texnologik ta’lim fanidan bilimlarni oshirishga qaratilgan. Chunki, ba’zi o’quvchilarda og’zaki nutq yaxshi rivojlangan bo’lsa, ba’zi o’quvchilarda masalalarni yechish qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu texnologiyaga iloji boricha og’zaki nutqi past o’quvchilar tanlab olinishi kerak. O’quvchining o’rtoqlariga qarab turishi uning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirib o’zini erkin tutishga yordam beradi.
Bu texnologiyadan so’ng hamma o’quvchilar beixtiyor kitob varaqlaydilar va bunda kitobdagi mavzular, ularning tartibi, hajm, yuza, masofa haqida tushunchalarga ega bo’ladi. Nima izlanishi kerak, qanday izlanishi kerak, umuman mavzularni, formulalarni, qoidalarni guruhlarga ajrata oladi. Darslikning tuzilishi haqida fundamental bilimlarga ega bo’ladiki, bu o’quvchini kitobdan unumli foydalanishga chaqiradi. Kitobga oshno etadi, eng asosiysi, bu bilimlar o’quvchiga kerak ekanligini anglab, ongli ravishda bilim olishga intiladi.
O’quvchilar o’z-o’zidan mustaqil fikrlovchi bo’lib qolmaydi. Ularning kreativ qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlantirilib boriladi.
O’qituvchilar o’quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini
inobatga olishi va buni o’quvchiga sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali o’quvchilarni o’zgacha yondashuvli ya’ni kreativ bo’lishlariga erishishi
mumkin.
Shuningdek, bu interfaol texnologiya ancha ta’sirchan bo’lib, o’quvchilarda chuqur intellektual his-tuyg’ular, shu jumladan ko’tarinki ruh hissini, o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg’usini vujudga keltiradi, shuning uchun o’qituvchi bu texnologiyani qo’llaganda o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi ortib, pirovardida o’quvchilarning ilmiy bilish tamoyili asosida o’ziga xos dunyoqarashi tarkib topadi.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling