Способы размещения инвестиционных спора


Download 31.16 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi31.16 Kb.
#1006340
Bog'liq
МИП


Тема: Способы размещения инвестиционных спора


Режа:



  1. Investitsiyaviy nizolarni ko‘rib chiqishning xalqaro mexanizmi

  2. Investitsion nizolarni ko‘rib chiqish borasidagi milliy qonunchiligimiz

  3. Investitsion nizolarni ko‘rib chiqish borasidagi milliy qonunchiligimiz

Jadal rivojlanib borayotgan jamiyatimizda yangi yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib borish juda muhim masala hisoblanadi. Albatta bunday munosabatlar qonun normalariga asosan tartibga solinishi tabiiy holdir. Ilg’or xorijiy tajribani qo’llagan holda qonunchilikka doimiy ravishda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib boorish bugungi kun talabi hisoblanadi.


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeksi (IPK)ga ham 2021-yil 13-yanvarda O’zbekiston Respublikasining 663-sonli Qonuniga asosan o’zgartirish kiritgan bo’lib, bugungi kunda ommalashayotgan investitsiyaviy munosabatlar va ular asosida kelib chiqadigan investitsiyaviy nizolarni hal etishga qaratilgandir. Kodeksning 301-moddasi Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar deb nomlanib:


Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 


1) investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolar; 
2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar
3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq nizolar; 
4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar; 
5) investitsiya shartnomasi bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo‘yicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar. 
Investitsiyaviy nizolar va ularning turlari to’g’ridan-to’g’ri kodeksda o’z aksini topishi bu kelgusida invetitsiya olib kiruvchi subyektlarning huquqlari kafolati bo’lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya oqimining ko‘payishi o‘z navbatida investitsion nizolarning ham ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Birgina iqtisodiy sudlarda 2017-yilda investitsiya faoliyati bilan bog‘liq 576 ta, 2018-yilda 609, 2019-yilda 647 ta nizolar hal etilgan. Biroq, sohada mavjud kamchiliklar mamlakatimizda chet ellik investorlarning huquqlarini to‘la himoya qilish imkonini bermayapti.
Mamlakatimizda vujudga kelgan investitsion nizolarni hal qilishning, shuningdek, huquqlari buzilgan investorlarning huquqlarini tiklash borasidagi samarali mexanizm ta’minlanmagan, bundan tashqari ushbu jarayonlarni shaffof va ochiq amalga oshirilmoqda, deb aytib ham bo‘lmaydi.
Germaniyada yashovchi, asli afg‘onistonlik Ismoil Safo O‘zbekistonda firibgarlik qurboni bo‘lgan — undan aldov yo‘li bilan 80 ming dollarini o‘zlashtirganlar ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga bir yildan oshgan, bu orada besh marta tergovchi almashgan, jinoyat ishiga aloqador boshqa shaxslar nima uchundir tergovga jalb qilinmagan, Chilonzor tumanlararo iqtisodiy sudi «Regent Corp» MChJning Toshkent shahar hokimligi qarorini bekor qilish bo‘yicha da’vo arizasini qanoatlantirishni rad etganligi holatlari fikrimizning isbotidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilishi xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi salbiy omillardan biri hisoblanadi. Investorlar korrupsiya, mahalliychilik va to‘rachilik ildiz otgan mamlakatlarga sarmoya kiritishni xohlashmaydi, chunki bunday holatda vaziyatni avvaldan bir necha yilga prognoz qilib bo‘lmaydi, qolaversa, bu kabi davlatlarda biznes yuritishga ko‘p xarajat talab etiladi.
Investitsion faoliyatni amalga oshirishning har qanday bosqichida investitsion nizolar vujudga kelishi mumkin. Bunday nizolar adolatli va qonuniy jihatdan hal qilinishi kafolati juda muhim hisoblanadi.
Investitsiyaviy nizolarni ko‘rib chiqishning xalqaro mexanizmi
«Investorning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Moskva Konvensiyasining 11-moddasiga ko‘ra, investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan nizolar nizoda ishtirok etayotgan davlatlarning sudlari yoki arbitraj sudlari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
1965 yil 18 martda imzolangan «Davlatlar va chet ellik shaxslar o‘rtasidagi investitsion nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida»gi Konvensiyaga muvofiq, Investitsiya nizolarini hal qiluvchi Xalqaro Markaz (International Centre for Settlement of Investment Disputes - ICSID) tashkil etildi.
Ushbu investitsiyaviy nizolarga ixtisoslashgan xalqaro arbitrajning yurisdiksiyasi qabul qilingan protokollar bilan yanada kengaydi. Bunda markaz nafaqat investitsiya bilan bog‘liq nizolarni, balki tijorat bitimlari bilan bog‘liq ayrim nizolarni ham ko‘rib chiqishi mumkinligi belgilandi.
Investitsion nizolarni ko‘rib chiqish borasidagi milliy qonunchiligimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyulda qabul qilingan «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi.
Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish vakolati berildi.
Endi investorlar, o‘z xohishiga ko‘ra, nizoni hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo‘mitasining 2011-yil 1-fevraldagi qaroriga asosan Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi tashkil qilingan va 2011-yil 15-fevralda adliya organida hisob ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 63-moddasiga ko‘ra, chet el investitsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida yuzaga keladigan nizo (investitsiyaviy nizo) muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi. Agar investitsiyaviy nizoning taraflari muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan nizoni kelishilgan holda hal etishga erishishga qodir bo‘lmasa, bunday nizo mediatsiya yo‘li bilan tartibga solinishi kerak.
Muzokaralar o‘tkazish va mediatsiya yo‘li bilan tartibga solinmagan investitsiyaviy nizo O‘zbekiston Respublikasining tegishli sudi tomonidan hal qilinishi lozim.
Investitsiyaviy nizolarni yuqorida nazarda tutilgan tartibda hal qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va (yoki) investor hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada tegishli va haqiqiy arbitraj sharti nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday nizo xalqaro arbitraj vositasida hal etilishi mumkin.
Faqat O‘zbekiston Respublikasining imzolangan va amaldagi xalqaro shartnomalari va (yoki) investor hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro arbitrajga murojaat qilish paytida tuzilgan shartnoma doirasidagi yozma rozilik O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy nizoni arbitraj yo‘li bilan hal etishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Yuqori moddaning so‘nggi bandiga ko‘ra, agar nizolashayotgan investorning davlati va O‘zbekiston o‘rtasida xalqaro shartnoma imzolanmagan bo‘lsa, nizo mahalliy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari investor nizo mahalliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgandagina arbitraj sudiga murojaat etishi mumkin.
Nazarimizda, yozma rozilik haqidagi ushbu norma 2006 yilgi Nyumont-Mayning kompaniyasi va O‘zbekiston o‘rtasida vujudga kelgan nizo sababli kiritilgan va ushbu modda investitsion nizolarni xalqaro arbitrajlarda ko‘rib chiqishini cheklaydi.
Aksincha, investorlarning huquq va erkinliklari kafolatini ta’minlash maqsadida mahalliy sudlardan ko‘ra, arbitraj sudlariga e’tiborni kuchaytirish lozim. Chunki, investorlar mahalliy sudlarga ishonch bildirishmaydi. Buning sabablari quyidagicha:
1) chet ellik investor har doim mahalliy sudlarga nisbatan shubha bilan qaragan, chunki har qanday mahalliy sud o‘z davlati manfaatini himoya qiladi degan qarash mavjud;
2) mahalliy sudyalar mahalliy qonunchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lsalarda, xalqaro huquq va xorijiy davlatlar qonunchiligi haqida ma’lumotlarga ega emaslar, arbitraj sudlari esa tomonlarga ma’lum bir huquq sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan sudyani tanlash imkoniyatini beradi;
3) mahalliy sudlarda nizolarni ko‘rib chiqish juda uzoq muddat, ba’zida yillar davomida cho‘zilishi mumkin, arbitraj sudlarida esa bu jarayon tezroq yakunlanadi;
4) arbitraj sudlari mahalliy sudlardan farqli ravishda tomonlarning konfidensialligini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, mahalliy sudlarda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik yetarlicha ta’minlanmagan.
Arbitraj sudlarida ko‘rilayotgan ishlar haqida press-relizlar chop etiladi va arbitraj sudlarining rasmiy saytlariga joylanadi. Unda ko‘rilgan ish haqidagi barcha ma’lumotlar beriladi. Masalan, 2019 yil noyabr oyida Gaagada ko‘rilishi boshlangan «Lugzor» MChJ va Rossiya Federatsiya o‘rtasidagi arbitraj ishi bo‘yicha har bir sud majlisining press-relizi taqdim etib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining rasmiy veb-saytida ko‘rilgan ishlar haqida ma’lumot bo‘lsa-da, ular to‘liq emas, shuningdek, ular orasida investitsion nizolar bilan bog‘liq ishlar deyarli yo‘q.
Investorlarning mahalliy sudlarga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida mahalliy sudlar faoliyatida oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash, ko‘rilgan ishlar bo‘yicha tafsilotlarni tizimli e’lon qilib borish lozim.
Mamlakatimizda investorlarning nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida korrupsion holatlardan xavotirda ekanligi investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Investorlarda mamlakatimiz davlat boshqaruvi organlariga va sudlarga nisbatan ishonchni uyg‘otish uchun bevosita investorlar bilan faoliyat ko‘rsatuvchi organlarda va sudlarda korrupsiya holatlarining kamayganligini tasdiqlovchi ishlar amalga oshirilishi lozim. 2020 yilda vazirlik va idoralar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, so‘ngra Davlat aktivlarini boshqarish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ISO 37001:2016 standarti «Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi» sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joizki, ISO 37001:2016 sertifikatini olish orqali tashkilot investorlar, tadbirkorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tomonlarga jarayonlarni shaffof, qonuniy va jahonning ilg‘or tajribalariga mos ravishda o‘tkazishni yuqori darajada namoyish etishi mumkin.
Bu kabi amaliyotni boshqa idora va tashkilotlarga, ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari va sudlarga ham joriy etish lozim.
Xulosa qilib aytganda, investitsion nizolarni ko‘rib chiqishda arbitraj sudlarining rolini oshirish lozim, chunki investorlar mahalliy sudlardan ko‘ra arbitraj sudlariga ko‘proq ishonch bildirishadi. Investorlarning arbitraj sudlariga murojaat qilish huquqini cheklovchi normalar (yozma rozilik, mahalliy sudlarda ko‘rilish sharti kabi) o‘zgartirish kiritilishi maqsadga muvofiq.
Investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishadigan organlarda, investitsion nizolarni ko‘rishda korrupsiya holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish va bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilishi lozim.
Источники:



  1. Гетьман Павлова И.В. Международное частное право. Москва; 2005.

  2. Международное инвеститционное право.

Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling