Spublikasi оliy va o`rta ma
Download 0.59 Mb.
|
Suzish SHerzodga
SUVNING QARSHILIGI
Odam gavdasi harakatlanishi natijasida uning siljishiga to'sqinlik qiladigan kuch hosil bo'ladi. Suvning qarshilik kuchi deb nomlangan bu kuch gavda harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda ta'sir qiladi. Qarshilik kuchi suvning zichligi, gavda o'lchami va shakliga bog'liq bo'lib, suzish tezligi oshgan sari osha boradi. Suzishda qarshilik kuchining miqdori doimiy emas: bu kuch harakat fazasi, suzish usullari va suzuvchn gavdasining holatiga bog'liq holda o'zgaradi. Olingan ma'lumotlardan shu narsa ko'rinib turibdiki, agar tezlik 1 mG'sek bo'lganda qarshilik kuchi 3, 3 kg dan 5, 4-7, 7 kg gacha yetadi. Suzuvchi oyoq-qo'llarini uzatib, gorizontal holatda yotganida bu kuch kamayadi va oyoq-qo'llar harakatga kelib, gorizontal holat o'zgarganda ko'payadi. Gavda o'zgaruvchan tezlik bilan harakatlanganda qo'shimcha kuch paydo bo'ladi. Bu kuch gavda massasi va «suvning qo'shilgan massasi» deb ataluvchi, gavda harakati natijasida harakatlanadigan suv massasidir. U tezlikka bog'liq holda oshadi yoki kamayadi. Tezlikning o'zgarishini sportcha suzishning delfin va brass usullarida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Bu usullar bilan suzganda qo'l va oyoqlarning eshish harakati vaqtida katta-2, 5 mG'sek va undan yuqori tezlikka erishiladi, tayyorgarlik harakatlari vaqtida esa bu tezlik (0, 5 mG'sek va undan ham past) pasayadi. Suzuvchi gavdasining suvda harakat qilishiga, to'sqinlik qiluvchi suvning qarshilik kuchi ishqalanish, girdob va to'lqin qarshiliklaridan tashkil topadi. Suzish paytida odamga ishqalanish kuchi ta'sir qiladi. Bu kuch suyuqlik bilan tutashgan tananing tashqi holatiga, harakat tezligiga, shuningdek suvning xususiyatlari, gavdaning o'lchami va formasiga qarab farqlanadi. Suvning yopishqoqligi natijasida suvning tanaga tutashgan «chegara» qatlami deb nomlangan joyi gavda sathida sirpanmasdan, unga «yopishganday» bo'lib, gavda harakati tezligida muayyan harakatlanadi. Urtasida yopishqoqlik kuchi bo'lgan qo'shni qatlamlar bir-biriga nisbatan sirpanishadi, lekin gavda sathidan uzoqlashish darajasiga qarab, ularning tezligi sekin-asta so'na boradi. Gavda bilan ergashib ketgan suv massasiga suzuvchi quvvatining bir qismi samarasiz sarflanadi. Gavdaning Har xil notekisliklari ishqalanish kuchini oshiradi. Qalin materialdan tikilgan plavka, kalta ishton va cho'milish kostyumlari ham suzish tezligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun yuqori malakali suzuvchilar yupqa atlasdan yoki kaprondan tikilgan sport kostyumlarini kiyib suzadilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling