Spublikasi оliy va o`rta ma


TEXNIKANI O'RGATISHDA IZCHILLIK


Download 0.59 Mb.
bet34/47
Sana07.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1081710
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
Suzish SHerzodga

TEXNIKANI O'RGATISHDA IZCHILLIK
Ta'limning boshlang'ich bosqichida shug'ullanuvchilarning yoshi va jinsi, ularning suzish tayyorgarligi hisobga olingan holda o'quv gruppalari va podruppalari tarkib topadi: umuman suzishni bilmaydiganlar, suzishni bo'sh biladiganlar va o'z holicha suzadiganlar.
O'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish va rejalashtirishda sportcha suzishga o'rgatish uchun bir turdagi usul tanlab olinadi. Bunda shug'ullanuvchilarning yoshi, ularning ko'nikmasi, u yoki bu usulga moyilligini hisobga olgan holda o'rgatishni tashkil qilish kerak.
Sinov normasi topshirishga tayyorlanayotgan gruppalarda normativ topshirishni tezlashtirish maqsadida shug'ullanuvchilarga ma'lum bir usulni o'rgatgan ma'qul. Buning uchun tanlangan usulda shug'ullanuvchi gruppalar yoki kichik gruppalar: a) krol usulida ko'krakda va chalqancha, b) brass usulida ko'krakda; v) yonboshlab suzish bilan shug'ullanadilar.
Suzishni o'rganishni xohlovchilar va sinov normativlari topshirishga tayyorlanayotgan kattalar uchun yonboshlab suzish yoki brass, bolalarga esa krol usulida ko'krakda va chalqancha suzish, ayrim hollarda bu usullarni tez o'rgana olmaydiganlarga ko'krakda va chalqancha brass usulida suzishni o'rgatish kerak. Kasbi suv bilan bog'liq gaug'ullanuvchilarga dastlab suzish hayo-tiy zarurat sifatida o'rgatiladi. Ularga asosan brass va yonboshlab suzish usullarini o'rgatish tavsiya qilinadi. Suzuvchi sportchilarni tayyorlashga mo'ljallangan bolalar, o'smirlar va yoshlar gruppalarida o'rgatishning boshlang'ich bosqichida krol usulida ko'krakda va chalkancha yotib suzish o'rgatiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga va boshlang'ich sinf o'quvchilariga (5-8 yosh) avval krol usulida chalqancha, ko'krakda va boshqa sportcha suzish usullari o'rgatiladi. Shug'ullanuvchilarning u yoki bu sportcha suzish usuliga moyilligi aniqlangach, suzish tayyorgarligini oshirish maqsadida gruppalarda sportcha suzishning hamma usullari takomillashtiriladi. Sportcha suzish usullari texnikasini o'rgatishda izchillik turlicha bo'lishi mumkin. Lekin o'quv-sport ishlari tajribasidan quyidagi izchillikka rioya qilgan ma'qul: krol usulida ko'krakda va chalqancha, delfin, brass hamda, istisno tariqasida, brass usulida chalqancha va yonboshlab suzgan ma'qul. Bunday izchillik yoshlar, o'smirlar, bolalar gruppalari uchun ham maqbul hisoblanadi. Sportcha suzish usullari texnikasini ko'rsatilgan tartibda o'rgatish suzish texnikasini egallashni tezlashtiradi va bu shug'ullanuvchilarga keyinchalik o'zlari tanlagan suzish usulini takomillashtirishda ko'mak beradi. Bu holda asosiy e'tiborni kerakli suzish usuliga qaratish, qolgan usullarni tanlangan usul texiikasini takomillashtirishda yordamchi vosita sifatida qo'llash maqsadga muvofiq. Bundan bir necha yil oldin Latviya jismoniy tarbiya instituti «Sportcha suzish usuliga bir vaqtda kompleks o'rgatish» metodini taklif qilgan edi. Ana shu metodga asosan shug'ullanuvchilar 5 bosqichda suzishga o'rgatiladi:
Birinchi bosqichda tayyorgarlik mashqlari-suvga botish, yotish, ko'krakda yonboshlab va chalqancha sirg'anish, sirg'anish paytida qo'l va oyoq harakatlari ado etiladi. Ikkinchi bosqichda suzish usullarining asosiy ele-mentlari-qo'l harakati, krolda nafas olish, brassda oyoq harakati, delfinda gavda va oyoq harakati kabi mashqlar bajariladi.
Uchinchi bosqichda ikkinchi darajali suzish usullarini o'rgatuvchi mashqlar-krol usulida chalqanchada oyoq harakati, brassda qo'l harakati va nafas, krol usulida ko'krakda oyoq harakati, krol usulida chalqanchada qo'l harakati va nafas, delfinda qo'l harakati va nafas o'rgatiladi.
To'rtinchi bosqichda-suzish usullarida harakatlar moslashuvi, chalqancha va ko'krakda krol, brass, batterflyay ado etiladi.
Beshinchi bosqichda hamma usullar texnikasi takomillashtiriladi. Shu davrdan boshlab tanlangan usul bo'yicha ixtisoslashuvga kirishiladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling