Sql tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan cheklov turlari. Sql bog‘lanishlar orqali ma’lumotlar oborini loyihalash


Download 141.99 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi141.99 Kb.
#1305712
Bog'liq
3-tajribaga


SQL tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan cheklov turlari.
SQL bog‘lanishlar orqali ma’lumotlar oborini loyihalash.
SQL cheklovlar jadvaldagi ma’lumotga biror qoida joriy etish uchun ishlatiladi. Cheklovlar jadvalga qo’shish mumkin bo’lgan ma'lumotlar turini cheklash uchun ishlatiladi. Bu jadvaldagi ma'lumotlarni aniqligi va ishonchliligini ta'minlaydi. Cheklov va ma'lumotlar amali o'rtasida biror qoidabuzarlik mavjud bo'lsa, amal bekor qilinadi.
Cheklovlar ustun yoki jadval darajasida bo'lishi mumkin. Ustun darajasidagi cheklovlar ustunga taalluqli bo’ladi va jadval darajasidagi cheklovlar butun jadvalga nisbatan qo'llaniladi.
SQL Cheklovlari
NOT NULL – Ustunga NULL qiymat kiritishni taqiqlaydi
UNIQUE – Ustundagi qiymatlar takrorlanmasligini talab qiladi.
PRIMARY KEY – NOT NULL va UNIQUE cheklovlarning kombinatsiyasi.
Jadvaldagi har bir qatorni identifikatsiya qiladi.
FOREIGN KEY – Jadvallar orasidagi bog’lanishni yo’qolishini oldini oladi.
CHECK – Ustundagi qiymat ma’lum shartni bajarishini ta’minlaydi
DEFAULT – Agar ustunga qiymat berilmasa, standart qiymat yuklash
uchun ishlatiladi.
CREATE INDEX – Ma’lumotni juda tez yaratish va qaytarish uchun
foydalaniladi.
SQL tilida eng ko’p qo’llaniladigan cheklov turlari quyidagilar:
Standart holatda ustunlar NULL qiymat qabul qilishi mumkin. NOT NULL kalit so’zi ustunga NULL qiymat kiritishni cheklaydi. Ya’ni ustun har doim biror qiymatga ega bo’lishini ta’minlaydi.
UNIQUE cheklovi ustundagi qiymatlar takrorlanmasligini talab qiladi, ya’ni ustundagi barcha qiymatlar turlicha bo’ladi.
PRIMARY KEY cheklovi orqali jadvaldagi har bir qator identifikatsiya qilinadi va tabiiyki ushbu ustundagi qiymatlar har xil bo’ladi. Shuningdek, NULL bo’lmagan qiymatlar qabul qiladi.
Jadvalda faqat bittagina PRIMARY KEY bo’ladi va ushbu jadvalda, o’sha PRIMARY KEY bir yoki undan ortiq ustunlarni o’z ichiga olishi mumkin.
NOT NULL
UNIQUE
PRIMARY KEY
FOREIGN KEY jadvallar orasidagi bog’lanishlarni yo’qolishini oldini oladi. FOREIGN KEY bu biror jadvaldagi bir yoki bir nechta maydonlar to’plami bo’lib, boshqa bir jadvaldagi PRIMARY KEY ga bog’langan bo’ladi.
CHECK kalit so’zi yordamida ustunga joylash mumkin bo’lgan qiymatga cheklov qo’yish mumkin. Agar siz ustunga CHECK cheklovini bersangiz, u faqat berilgan shartni qanoatlantiradigan qiymatlarni qabul qiladi.
DEFAULT kalit so’zi ustunga standart qiymatni berish uchun ishlatiladi. Agar biror ustunga qiymat berilmasa, standart qiymat shu ustunga yuklanadi.
CREATE INDEX ifodasi jadvallarda indeks yaratish uchun ishlatiladi.
FOREIGN KEY
CHECK
DEFAULT
CREATE INDEX
Agar SQL tilida SELECT kalit so'zi yordamida bir emas bir nechta jadvallarga murojaat qilishni ya'ni bir nechta jadvallardan ma'lumot olishni xohlasangiz sizga SQL tilidagi JOIN kalit so'zi yordam beradi. Ikki yoki undan ko'proq jadvallarning bog'lanishi ularda umumiy ustunga asoslanadi.
SQLda bog‘lanishlar
INNER JOIN bir-biriga bog'langan ustunlarda mos kelgan ikkala jadvalda ham mavjud qatorlarni qaytaradi.
INNER JOIN
LEFT JOIN chap ya'ni birinchi jadvaldagi barcha qatorlarni, va agar mavjud bo'lsa unga mos ikkinchi jadvaldagi qatorlarni chop etadi. Agar o'ng jadvalda mos qator yo'q bo'lsa, o'sha bog'langan ustun qiymati 0 yoki null bo'ladi.
LEFT JOIN
RIGHT JOIN o'ng ya'ni ikkinchi jadvaldagi barcha qatorlarni, va agar mavjud bo'lsa unga mos birinchi jadvaldagi qatorlarni chop etadi. Agar chap jadvalda mos qator yo'q bo'lsa, o'sha bog'langan ustun qiymati 0 yoki null bo'ladi.
RIGHT JOIN
SQL tilidagi navbatdagi bog'lanish turi to'liq bog'lanish hisoblanadi va FULL JOIN kalit so'zi yordamida ishlatiladi. Ushbu kalit so'z yordamida yozilgan SQL so'rovi ikkala jadvaldagi barcha mos yoki mos bo'lmagan qatorlarini tanlab beradi.
FULL (OUTER) JOIN
SQL tilidagi o'z-o'ziga bog'lanish deb nomlangan bog'lanish turi mavjud bo'lib, biror-bir jadvaldagi ma'lumotlarni bog'lanish shaklida chop etish uchun ishlatiladi va SELF JOIN kalit so'zi yordamida amalga oshiriladi
SELF JOIN
UNION operatori ikki yoki undan ortiq SELECT ifodalarni natijalarni jamlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bunda bir nechta shartlar mavjud:
UNION operatoridagi har bir SELECT ifodalarda ustunlar soni bir xil bo'lishi kerak.
Ustunlarning ma'lumot turlari bir xil bo'lishi kerak.
Ustunlar tartibi bir xil bo'lishi kerak.
UNION operatori
Download 141.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling