AVG() funksiyasi. AVG() funksiyasi jadvaldagi qatorlar sonini sanash
va ularning qiymatlarini yig‘ish yo‘li bilan ustunning o‘rtacha
qiymatini
aniqlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu funksiyadan barcha ustunlar yoki
alohida ustunlar yoki satrlarning o'rtacha qiymatini hisoblash uchun
foydalanish mumkin.
Birinchi
misolda Products jadvalidagi barcha mahsulotlarning
o'rtacha narxini topish uchun AVG() funksiyasidan foydalaniladi.
SELECT AVG(prod_price) AS avg_price FROM Products;
avg_price
6.823333
Yuqoridagi
SELECT konstruksiyasi Products jadvalidagi barcha
mahsulotlarning oʻrtacha
narxiga mos keladigan avg_price yagona
qiymatini qaytaradi. Bu yerda
avg_price taxallusdir.
AVG() funksiyasidan ma'lum ustunlar yoki satrlarning o'rtacha
qiymatini topish uchun ham foydalanish mumkin. Quyidagi misol DLL01
sotuvchisi tomonidan taklif qilingan mahsulotlarning o'rtacha
narxini
qaytaradi.
SELECT
AVG(prod_price)
AS
avg_price
FROM
Products
WHERE vend id = ’DLL01’;
avg_price
3.8650
Bu ifoda avvalgisidan farqi shundaki, unda
WHERE bandi mavjud.
WHERE bandi faqat
vend_id qiymati DLL01 ga teng bo'lgan mahsulotlarni
tanlaydi, shuning uchun
avg_price taxallus ustunida qaytarilgan qiymat
faqat ushbu sotuvchi mahsulotlarining o'rtacha qiymati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: