Ssl sertifikatlar haqida


Download 336.04 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi336.04 Kb.
#1030752
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


SSL sertifikatlar haqida

Raqamli sertifikatlarning turlari ko’p va har birining o’z vazifalari bor. Ularning ichida eng keng tarqalgani tabiiyki SSL sertifikatlardir. Undan tashqari Code Signing, Website Anti Malware Scanner, Unified Communications kabi sertifikat turlari ham mavjud.


SSL sertifikatlarning ham bir nechta turlari bor. Saytingiz uchun https ulanishlar himoyasini kuchliligi aynan shu turlardan qaysi birini tanlashingizga bog’liq. Bu sertifikat asosan foydalanuvchi buyurtma berish uchun yoki internet orqali nimadir sotib olish uchun shaxsiy ma’lumotlarini kiritadigan saytlarda ishlatiladi. Klient(browser)dan serverga yuborilayotganda o'rtadagi uchinchi shaxs ma'lumotlaringizni tutib olmasligi uchun uchun barcha ma’lumotlar shifrlanadi. HTTPS protokoli ishlashi uchun aynan SSL sertifikatlar kerak bo’ladi.



SSL sertifikat nima?
SSL – Secure Socket Layer – bu server va browser o’rtasida shifrlangan aloqani ta’minlash uchun ishlatiladigan standart internet texnologiya. SSL sertifikat https protokol ishlashi uchun zarur. Sertifikat yuborilayotgan ma’lumotlaringiz mahfiyligi ta’minlanishini kafolatlaydi.

SSL sertifikatlar qanday olinadi?
Eng oddiy va bepul usul – bu self-singed ya’ni o’zingiz yaratgan sertifikatlar. Bunday sertifikatni siz o’z veb serveringizda yaratib olishingiz mumkin. Cpanel, ISPmanager kabi hosting boshqaruv panellarida bunday imkoniyatlar bor. Ushbu usulning foydali tomoni albatta uning bepulligi. Yomon tarafi esa bunday sertifikatlardan foydalanuvchi saytlarga kirilganda browserlar saytning ishonchsiz yoki tekshirilmaganligi haqida ogohlantirish beradi. Sizga ma’lumotlari yoki pulini ishonayotgan foydalanuvchilar ushbu yozuvchi ko’rsa siz haqingizda qanday fikrga borishini tasavvur qilavering.

.


Sertifikatlash markazi nima?
Bu raqamli sertifikatlar beruvchi tashkilot hisoblanadi. Ular sertifikat berishdan avval CSR dagi ma’lumotlarni tekshiradi. Eng oddiy sertifikatlarda faqat domen nomining mosligi tekshirilsa, eng qimmatlarida sertifikat so’rayotgan tashkilot qator-qator tekshiruvlardan o’tishi lozim.
Umuman olganda, SSL sertifikatlarda sizning domeningiz, tashkilotingiz nomi, manziligniz, shahar, sertifikat berilgan va amal qilish muddati saqlanadi. Browser himoyalangan saytga kirganida SSL sertifikatni qabul qiladi va tekshirib chiqadi. Agar muddati tugagan yoki sertifikatlash markazi tomonidan berilmagan bo’lsa browser ushbu sayt himoyalangan SSL protokoldan foydalanmayotgani haqida ogohlantirish chiqaradi. U saytni tark etishingizni yoki ehtiyotkorlik bilan saytdan foydalanishni taklif etadi.
Sertifikatlash markazlari hozirgi kunda juda ko’p. Ularning ichida eng mashhurlari quyidagilar:
Comodo – 1998-yildan beri ishlaydi.
Geotrust – 2001-yilda asos solingan va 2006-yilda Verisign ga sotilgan.
Thawte – 1995-yilda asos solingan. Verisign uni 1999-yilda sotib olgan.
Trustwave – 1995-yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
Symantec – 2010-yilda Thawte, Verisign va Geotrustni sotib olgan.
Ko’rib turganingizdek eng kata bozorni Symantec egallagan.

SSL sertifikatlarning qanday turlari mavjud?
Faqat domenni tasdiqlovchi sertifikat (DV) – Bu eng oddiy sertifikat turi bo’lib, avtomatik tarzda, bir zumda tayyor bo’ladi. Agar sizga sertifikat juda zarur bo’lsa siz shunisini tanlashingiz mumkin.
Tashkilot tekshirilganligi haqidagi sertifikat (OV) – Ushbu sertifikatda tashkilot nomi ham ko’rsatilgan bo’ladi. Jismoniy shaxlar ushbu sertifikatni ololmaydi. O’rtacha 3-10 kun vaqt ichida olishingiz mumkin.
Kengaytirilgan tekshiruvli sertifikat (EV) – Bu eng qimmat va olish eng qiyin bo’lgan sertifikat. Ushbu sertifikatga ega saytlarga kirsangiz sayt manzili yoziladigan joyda tashkilot nomi ham ko’rinib turadi. Ushbu sertifikat orqali saytingizga bo’lgan ishonch foydalanuvchilar orasida ancha ortadi. Chunki, ushbu tashkilot haqiqatdan ham mavjudligi va kengaytirilgan tarzda tekshirilganligini asoslovchi sertifikat o’rnatilgan. 

www.java.com saytida shunday sertifikat mavjud
Download 336.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling