Ssyenariys I
Download 64 Kb.
|
Navoiyxonlik 2020
2-boshlovchi:
Navbat zamondosh shoirlarning Navoiy haqidagi she’rlariga 7-talaba: Yuksak tog‘ oralab o‘kirgan sherning Na’rasiga tengdir aksi sadosi Besh yuz yil yangradi tog‘day Vatanda, Buyuk Alisherning asriy nidosi. Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan, Bo‘ynida zanjiru, qalbi ozod sher. Ineoniy muhabbat mehri-la vafo, Erku baxt timsoli ulug‘ Alisher 8-talaba: Ma’rifat mulkida bitmas xazina! Insoniy kamolot katta yo‘lida Bir poya yuksakroq oltindan zina. O‘tmishdan besh yuz yil tarixchi uchun Sinchiklab qarasa — kuni kechadek. Yashovchan kishiga endigi ming yil Ertaga qo‘liga kirgan o‘ljadek. 9-talaba: Umring yorug‘, Vataning ujmox, Mendan so‘ra, men yonib o‘tdim. Anglamadi zamona, evoh, Besh asrkim, shu kunni kutdim. Beshigim u qadimiy qal’a, Balki og‘am u Bahrom sardor, Balki onam nozanin Laylo, Balki singlim Shirin nolakor. Balki yurtim u zangin dara, Balki do‘stim Farhod pahlavon. Ammo, asring baland yuz karra, Har poyada bir ulug‘ doston. 10 talaba: Jahonki muqaddas neni ko‘ribdi,— Bariga onasan, ey qodir hayot. Besh yuz yil naridan boqib turibdi, Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. Shu buyuk o‘g‘lingni ardoklab dildan,— Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom. Uning nomi bilan birga bitilgan Dunyo daftarida o‘zbek degan nom. 11-talaba: Besh asr – besh lahza mangulik uchun, Daho so‘zi vaqtga qilmas e’tibor. O‘limdan olar u hayotning o‘chin, Balo-yu qazolar unga qilmas kor. Gar o‘zbek umrimni qanday yashadim, Deb kechgan yo‘liga nazar tashlasa, Quyoshlar makoni Asqartog‘dayin Ufqni to‘sgancha yuksalar “Xamsa”. 12-talaba: “Xamsa” – bu, Navoiy panjasi erur, Xalqini zulmatdan to‘sib turguvchi, “Xamsa” – bu, Navoiy ko‘zidagi nur, Cho‘g‘lari dillarga tushib turguvchi. U – Navoiy ko‘ksi, xalqini xundor, Qora qismatlardan to‘sguvchi qalqon, “Xamsa” so‘zlarida telba olov bor, O‘qisang, ko‘ksingda jo‘shadi vulqon. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling