Ssyenariys I
Download 64 Kb.
|
Navoiyxonlik 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
- «Navoiyga ehtirom»
- 1-boshlovchi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim fakultetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan «Navoiy va Boburga ehtirom» deb nomlangan tantanali tadbir S S Y E N A R I Y S I 1-boshlovchi: Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo Barchasiga guvoh еr osti Lekin do‘stlar she’r ahli aro Jahongiri kam bo‘lar rosti 2-boshlovchi: Titratadi zanjirband bir she’r Temur tig‘i еtmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher Ikkala boshlovchi birgalikda: Dunyo bo‘ldi chamanim manim O‘zbekiston vatanim manim 1-boshlovchi: Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, hurmatli mehmonlar, qadrli tengdoshlar! Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 103-106 guruh talabalarining ulug‘ bobokalonimiz Hazrati Alisher Navoiy hotirasiga bag‘ishlangan «Navoiyga ehtirom» deb nomlangan kechamizga xush kelibsiz! 2-boshlovchi: Hazrat Alisher Navoiyning yuksak badiiyat bilan muzayyan bo‘lgan, chuqur insonparvar g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ijodi asrlar osha bizni hanuz o‘ziga rom qiladi, ko‘ngillarimizni zavqu shavq hamda iftixor tuyg‘ulari bilan, ongimiznpi ezgulik fikrati bilan boyitadi, bizni adolat uchun, inson qalbining mangu erki uchun kurashmoqqa chorlaydi. 1-boshlovchi: Navoiy shunday ulkan cho‘qqiki, undan uzoqlashgan sari mahobati ko‘proq namoyon bo‘ladi. Biz bu cho‘qqiga zinhor ortimizda qolgan darajada deb emas, doimo oldinda turgan, biz doimo intilib yashaydigan yuksaklik deb qaraymiz. 2-boshlovchi: Navoiy barcha zamon shoirlari uchun mahorat maktabidir. Hech bir zamonda hech bir turkigo‘y shoir she’r san’atini shu qadar ko‘tara olmagan. Navoiyning san’atkorligiga faqat hayratlanish mumkin. Uning she’riyati mo‘jiza darajasida. 1-boshlovchi: Hozir so‘zni Toshkent Kimyo-texnologiya instituti ma’naviyat ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Dilshod Qoraboevga beramiz. Dilshod Qoraboev so‘zi 2-boshlovchi: Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlarini anglash va his qilish o‘zbek xalqining betakror tarixini, milliy qadriyatlari, boy madaniyatini anglash va his etish demakdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Hazrat Navoiy bobomiz ijodini bilishga intilish biz yoshlarni saodatga, komillikka chorlaydi. Chunki ular o‘z ijodida xamisha insonlarni bir-biriga mexr oqibatli bo‘lish, samimiy shirin so‘zli bo‘lishga undaydi. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling