Stabilizator qo’shib tayyorlanadigan in’yeksion eritmalar tayyorlash


Download 66.42 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi66.42 Kb.
#1475769
  1   2

Mavzu: “Stabilizator qo’shib tayyorlanadigan in’yeksion eritmalar tayyorlash.”
Reja:
1. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in‘eksion eritmalar tayyorlash.
2. Kuchsiz asos va kuchli kislota tashkil topgan tuzlardan in‘eksion eritmalar tayyorlash
I. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in‘eksion eritmalar tayyorlash.
Rp.: Sol. Coffeini natrii benzoatis 10 % — 100,0
Sterilisetur !
D. S. teri ostiga 1 ml dan kuniga 2 marta.
0,4 ml 0,1n NaOH, eritmasi solib,
120°S-121°S sterillanadi.
Gidroliz natijasida reaksiya muxitida ishqoriy sharoit yuzaga keladi. Bunga misol qilib natriy nitrit, natriy tiosulfat va kofein benzoat natriy eritmalari keltirilishi mumkin. Reaksiyani to‘xtatishni, ya‘ni gidrolizni to‘xtatishni birdan-bir usuli reaksiya muvozonatini orqaga qaytarish, ya‘ni ishqoriy sharoit hosil kilish maqsadida 0,1 n natriy ishqori yoki natriy gidrokarbonat eritmasi qo‘llash mumkin.
NaNO2 1 litri uchun — 2 ml 0,1 n NaOH
Kofein benzoat natriy 1 litri uchun— 4 ml 0,1 n NaOH
Na2·S2O3 1 litr uchun —20 g NaHCO3
Barbiturat kislotani natriyli tuzlari (geksenal, tiopental natriy) 0,05%-0,25% — NaOH yoki 5-6% — Na2CO3 solib turg‘unlashtiriladi.
II. Kuchsiz asos va kuchli kislota qoldiqlaridan tashqil topgan tuzlar.
Gidrolizni to‘xtatish yoki yo‘kotish maqsadida eritma tarkibidagi Hq ionlarining sonini oshirish kerak. Ya‘ni kislota solinadi. Suvda yomon eriydigan kuchsiz asos eritmalarida eritma pH muxitini siljishi ham eritma tarkibida cho‘kma hosil kilishi mumkin (strixnin, papaverin, nikotin, omnopon). pH muxitni sezilarli darajada siljishi esa eritmada ancha kuchli asoslarni ham ajratib chiqaradi66.
Masalan: novokain asosi, agar shisha sifati past bo‘lsa, sterillash vaqtida shishada moysimon qoldiq ko‘rinishida ajraladi. Bunday tuzlar odatda 0,1 n. xlorid kislota bilan turg‘unlashtiriladi va 1 litrga 4 ml solinadi. rN 3,0-4,0 (natriy strixnin morfin gidroxloridga, dikain, dibazolga) sovkain eritmasiga — 6 ml 0,1 N. HCl solinadi.
Novokain va dikain gidroxlorid eritmalarini tayyorlashda xlorid kislotadan turg‘unlashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Ammo shuni aytish kerakki, bu anestetiklarni og‘riq qoldirish xususiyati faqat asos holida bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Uni farmakologik xossasi yuzaga kelishi uchun muxit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo‘lishi kerak. SHuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, bunday sharoitda novokainni saqlab bo‘lmaydi, chunki novokain ishqoriy gidrolizga uchraydi, bu esa uni parchalanishiga olib keladi. Novokainni bu xususiyatlarini hisobga olgan holda uni ishlatiladi. Agar kam hajm 1-2-5 ml hajmda ishlatilganda, uni HCl bilan turg‘unlashtirib tayyorlanadi pH (4,2-4,5) 2. 0,65% difosfatni osh tuzi bilan olingan aralashmasi eritmasida pH=7,2
Rp: Sol. Novocaini 0,5 % — 200,0
Sterilisetur!
D. S.
Pasporti: Novokain 1,0
In‘eksion suv 200ml
Xlorid kislota 0,8 ml
4 ml — 1000ml
x — 200ml
Vum = 200 ml
Dorixonalarda kulaylik uchun 0,01 xlorid kislota eritmalari tayyorlab qo‘yiladi. Ularni 100 ml dan qilib, ya‘ni 0,4 ml —8,3% li xlorid kislotani 100 gacha suyultirib 120°S — 8 min sterilizatsiyalab tayyorlanadi. Bunday turg‘unlashtiruvchilarni saqlash muddati 45 kungacha

Download 66.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling