Internet nima ekanligini bilib oldik. Endi esa unga ulanish usullarini quyida ko’rib chiqamiz.
Shuni ta’kidlash kerakki, tarmoqqa ulanish usullari soni doimiy ravishda o’sib bormoqda, shuning uchun maqolada bugungi kunda keng tarqalganlari haqida ma’lumot beraman. Siz esa, o’zingiz uchun qulayini tanlaysiz:
FTTB (FTTH)- Eng mashhur texnologiya, uning prinsipi xizmat ko’rsatuvchi provayder bilan bog’laydigan kommutator o’rnatishdadir. Xonadonga, yohud uyga, kompyuter yoki routerga ulanadigan sim kiritiladi. Bunday internetning maksimal tezligi 1 soniyada 1 Gbitni tashkil etadi.
xPON. Optik tolali kanal orqali ulanish eng ilg’or va zamonaviy usul hisoblanadi. Internetga ulanish qobiliyati Gigabit kanalining Triple Play xizmatlari bilan tashkil etiladi. Ulanish optik kabel orqali amalga oshiriladi.
Sun’iy yo’ldosh aloqasi. Ushbu ulanish turi bir tomonlama bo’ladi, u faqat ma’lumot olish uchun ishlaydi, uzatish uchun esa odatiy aloqa kerak bo’ladi.
GPRS va 3G (va undan yuqori). Mobil Internetga talab kundan kunga oshib bormoqda. Uning yordamida odam istagan joyida internetga ulanishi mumkin. Uning tezligi va sifati mobil aloqa xizmati operatoriga bog’liq bo’ladi.
WiFi va WiMax. Simsiz tarmoqlar bo’lib, ko’p hollarda odamlar to’planadigan joylarda ishlatiladi. Xozirgi kunda katta savdo markazlari, kafe va restoranlarda bu turda ulanish keng qo’llanilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |