Internetning tezligi barcha foydalanuvchilarni qiziqtiradi. Chunki, aynan tezlik sizni tarmoqdagi faoliyatingizning sifat darajasini belgilab beradi. Masalan, tasavvur qiling, siz internetda bir film ko’rmoqchisiz, ammo tezlik past. Bu holatda siz ochmoqchi bo’lgan fayl juda uzoq vaqt yuklanadi yoki, eng alam qiladigani, film qiziq joyiga kelganida “qotib qoladi“. Sizning esa, kutaverib hafsalangiz pir bo’ladi.
Xo’sh, internet tezligi tushunchasi nimani anglatar ekan?
Internet tezligi-kompyuter tomonidan qabul qilinadigan yoki, ma’lum bir vaqt ichida tarmoqqa uzatiladigan ma’lumotlarning maksimal soni tezlik yoki o’tkazuvchanlik deb ataladi.
Dunyodagi eng tez internet qayerda ekanligini bilish albatta qiziq, ma’lumotlarga ko’ra u Yaponiyada ro’yxatga olingan. Mamlakat aholisi 60 Mbit / s dan ortiq internet tezligiga ega.
Albatta, internet tezligi uchun barcha javobgarlikni provayderning bo’yniga qo’yish noto’g’ri bo’ladi. Chunki, tezlikka ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham bor. Masalan:
Tanlangan tarif rejasi;
Uzatish kanali texnologiyasi;
Tarmoqning boshqa foydalanuvchilar tomonidan yuklanishi;
Saytlarning yuklanish tezligi;
Kompyuterning dasturlari va ilovalarining ishlashi;
Operatsion tizim va kompyuterning sozlamalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |