Internetda trafik nima degani?
Internet foydalananuvchilaridan “Trafigim kam qoldi” “Trafik sotib olishim kerak” kabi gaplarni ko’p eshitgansiz albatta.
Trafik atamasi axborot almashinuvining tezligi va hajmini aniqlaydigan matematik ko’rsatkichni anglatadi. Trafik miqdori Mbayt, Mbayt, Gbaytlarda o’lchanadi.
Trafiklar ikki guruhga bo’linadi:
Kiruvchi (olingan ma’lumotlar)
Chiquvchi (yuborilgan ma’lumotlar).
Bundan tashqari cheksiz internet degan tushuncha mavjud, u hech qanday cheklovlarsiz olinadigan ma’lumotlarning miqdori, yoki, tarmoqda o’tkaziladigan vaqt huquqini anglatadi.
Ko’pincha cheksiz internet foydalanuvchilari internetning sekin ishlashidan shikoyat qilishadi, bu internet provayderlarning trafikni tejash uchun sun’iy ravishda tezlikni kamaytirganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |