Temperament haqida umumiy tushuncha


Download 60.97 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi60.97 Kb.
#1390556
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu


7-MAVZU: TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARNING TAVSIFI

Temperament haqida umumiy tushuncha


Temperament lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (miloddan avvalgi 460–356 yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanib kelinmoqda. Temperamentlar o‘rta asrlardan mashhur bo‘lgan u xristian va xristian bo‘lmagan shaxslar orasida ham mashhur bo”lgan. Bu odamlarning o‘zlarini va boshqalarni yaxshi tushininshga bo‘lgan talabdan kelib chiqgan.
Temperamentlar tushunish va foydalanishga qulaydir. Ular hayotiy muommolarni oson hal etish va inson xulq atvori yaxshiroq tushinish imkonini berdi. Ko‘plab xristianlar temperamentlarga ularning mqaddas kitobi bo‘lmish Bibliyaga ishongandek ishonganlar. 4 ta temperament o‘zining ijobiy va salbiy xususiyatlariga ega. Ijobiy jihatlar ustunlik deb nomlansa salbiy jihatlar noziklik deb ataladi. Insonlarga 4ta temperament haqida gapiradigan bo‘lsak tezda o‘zlarining temperamentning qaysi biriga mansubligini bilishga harakat qilaqadilar.
Temperamentga ta’rif beradigan bo‘lsak, u shunday ko‘rinishda bo‘ladi: psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlashgan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. 4ta temperament nazaroyasining qadimiy to‘zilmalardan biri bo‘lib u inson tabiatini tushunishga va inson turmish hayotini yaxshilashga yunaltirilgan edi
Bu nazariya insonlarni bir necha shaxs harakteristikalariga bo‘ladi va bu shaxs temperamentlarida namoyon bo‘ladi. Ba’zi insonlar temperamentni tug‘ma xususiyat deb atashadi,lekin bu hardoim ham tug‘ri emas.
Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o‘zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi.
Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo‘lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o‘zgarmas temperament tipini tavsiflovchi to‘zilmani tashkil qiladi. 1
Temperament borasidagi qarashlar orasida temperamentning tug‘ma ekanligini asoslashga urungan ishlar mavjud b o‘lib, ular orasidan E.Krechmerning «Kontitutsion tipologiya» deb nomlangan tiplarini k o‘rib chiqish mumkin. Bu tipologiya muallif tomonidan 1921 yilda e’lon qilingan b o‘lib, unga k o‘ra inson tana tuzilishiga k o‘ra uni 4ta konstitutsional tipga ajratish mumkin: displastik, piknik, atletik, leptosomatic.

E. Krechmerning «Konstitutsional’ tiplar»i.

1. Leptosomatik tip mo‘rt tana tuzilishiga ega bo‘lib, baland bo‘yli, ko‘krak qafasi tekis, tor va o‘zun yelkalari oriqligi bilan ajralib turadigan kishilardir.


2. Piknik — haddan tashqari semiz, tanasining yog‘ qatlamlari bilinib turadigan, past yoki o‘rta b o‘yli, qo‘rni katta, gavdasi yoyiq, boshi dumaloq va bo‘yni kalta odamlardir.
3. Atletik — muskullari yaxshi rivojlangan, baland yoki o‘rtacha bo‘yli, keng yelka va beli tor, baquvvat tana tuzilishiga ega b o‘lgan odamlar.
4. Displastik — tana tuzilishi aniq shaklga ega bo‘lmagan va noto‘g‘ri tana tuzilishidagi odam. Bunday odamning tanasida deformatsiyalar (shaklning o‘zgarishi) ko‘zatiladi, masalan, haddan tashqari baland bo‘ylilik yoki nroporsional tana tuzilishi.
Ana shu tana to‘zilishlariga ko‘ra E.Krechmer 3 xildagi temperament tipini taklif etgan.: shizotim, iksotim va siklotim. Shizotim temperamentdagilar astenik tana tuzilishiga ega bo‘lib, ular «ichimdan top» qabilidagi odamlar toifasiga kiradi, kayfiyati tez-tez o‘zgaruvchan, o‘jar, qaysar bo‘lib, o‘z ustanovka va qarashlarini o‘zgartirishni yoqtirmaydi va atrof-muhitga qiyinchilik bilan moslashadi.
Undan farqli ravishda iksotim tip atletik tana tuzilishiga ega bo‘ladi. Ular og‘ir-bosiq, unchalik ta’sirchan bo‘lmagan va mimika, jestlardan kam foydalanadigan, tafakkur egiluvchanligi yuqori bo‘lmagan, maydakash odamlardir.
Piknik tipdagi tana tuzilishiga ega bo‘lgan kishilar siklotim temperamentga mansub bo‘lib, uning hissiyotlari quvonch va qayg‘u orasida tebranib (tez-tez almashinib) turadi, u atrofidagi odamlar bilan tez kirishib ketadi, voqea-hodisalarga nisbatan ham real nazar bilan qaraydi. Krechmerning bu nazariyasi Yevropada keng tarqalgan.
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas, balki usullarning o‘ziga xosligidadir. Shu ma'noda Ye.A.Klimov tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, stanokchi, to‘quvchilarning ishini ko‘zatish natijalari muhim sanalgan. Ma'lum bo‘ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko‘ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini bildiradigan tayyorlov ishlariga ko‘p e'tibor berishi bilan ajralib turadi.
Faollikning individual uslubini V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o‘rganib, uning kishida darrov paydo bo‘lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo‘lishini ko‘rsatishdi. Agar kishi o‘z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga erishishiga yordam beradigan o‘zining yo‘llari va usularini faol izlasa, individual uslub yuzagakeladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo‘lgan temperamentning har xil tiplarini birga qo‘shilib ketishi aniq bo‘ladi. Chunonchi, holerik temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki holerik temperamentli kishi bilan sherik bo‘lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanholik bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali bo‘ladi. Bunday faktlar shuni ko‘rsatadiki, temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko‘pgina faoliyat turlarini birgalikdagi harakterini hisobga olmasdan baholab bo‘lmaydi. o‘z temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o‘rnini to‘ldirish, faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim va tarbiya ta'sirini negizida yuzagakeladi.2

Download 60.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling