Temperament haqida umumiy tushuncha
Download 60.97 Kb.
|
7-mavzu
Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, uni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini bo‘zish qiyin. Hatto qattiq kulganida ham vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini bo‘zmaydi. Imo-ishoralari, yuz harakatlari ifodasiz, qayrati va ishchanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Yuksak faolligi reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi, taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqurroq his- tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi. Bu temperament vakillari faoliyatda asosli o‘ylab, qatiyat bilan ishlash namunalarini ko‘rsatadi. U odatda boshlagan ishini oxiriga yetkazadi, hissiyotlari tashqi ko‘rinishida kuchsiz bo‘lib ravsham emas. Buning sababi nerv proseslarining muvozanatligi kuchsiz qo‘zg‘alishidir. Flegmatik temperamentli kishilarning xotirjamligi uning hayotdagi voqea va hodisaga bo‘lgan munosabatida ham nomoyon bo‘ladi. Bunday kishilarni jahlini chiqarish yoki ranjitish qiyin. Bazan bu temperamentli kishida mehnatga, tevarak- atrofdagi hayotga, kishilarga va hatto o‘ziga nisbatan beparvo munosabatda bo‘lish hollari avj olishi mumkin. Flegmatik temperamentli o‘quvchining o‘quv faoliyatida ayniqsa tez eslab qolish, tez tushuninsh, faxmlab olish va tez bajarish talab qilinadigan hollarda uning sustkashligi to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday hollarda fligmatik temperamentli bola ojizlik qilishi mumkin biroq u hamma narsani asosli va mustahkam eslab qoladi. Flegmatik temperamentli kishilarda o‘zini tuta bilish, sovuqqonlik, xotirjamlik hislarini hosil qilish juda oson. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling