Standartlashtirish asoslari. Reja
O’zbekiston Respublikasida davlat standartlashtirish tizimi va ob’ektlari
Download 57.38 Kb.
|
2-mavzu. Standartlashtirish asoslari. Reja
O’zbekiston Respublikasida davlat standartlashtirish tizimi va ob’ektlari.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishishlarini o’tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi. Respublikada standartlashtirishishlarini tashkil yetish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni: Xalq xo’jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi (Davarxitektqurilish" qo’mitasi); tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi (Davlattabiatnimuhofazaqilishqo’mitasi); tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo’yicha respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi amalga oshiradilar. Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr yetadilar. "Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng mahnoda ifodalash uchun "maxsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo’lib, buni xar qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim. Standartlashtirish xar qanday ob’ektning muayyan jixatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo’lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini aloxida standartlashtirish mumkin. Standartlashtirish xar xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o’zida qamrab olgan me’yoriy xujjat xisoblanadi. "Me’yoriy" xujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini xam o’z ichiga qamrab oladi. Standartlashtirish maqsadlari ko’p qirrali bo’lib, ular asosan quyidagilardan iborat: bir xillashtirish (xar xillikni boshqarish), qo’llanishlilik, moslashuvchanlik, o’zaroalmashuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muxitni asrash, maxsulotni ximoyalash, o’zarotushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadni amalga oshirish vaqtida boshqa maqsadlar xam amalga oshishi mumkin. Standartlashtirishda maxsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi. Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko’rsatmasdan maxsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo’llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi. O’zaroalmashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o’rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidan iborat. Xarxillikni boshqarish (unifikatlashtirish yoki birxillashtirish) deb, muayyan extiyojini qondirish uchun zarur bo’lgan eng maqbul o’lchamlarni yoki maxsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi. Standartlashtirishishlarini o’tkazish. "O’zstandart" agentligi Qonunga muvofiq standartlashtirishishlarini o’tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqa ruvorganlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi. "O’zstandart agentligi", "Davarxitektqurilish" qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va respublika Sog’liqni saqlash vazirligi o’zvakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar. Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamgarmalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor istehmolchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling