Standartlashtirish asoslari. Reja
Standart toifalari va turlari
Download 57.38 Kb.
|
2-mavzu. Standartlashtirish asoslari. Reja
Standart toifalari va turlari.
Me’yoriy hujjatlarning toifalariva ulargaqo’yiladigan asosiy talablar qonunning 6-moddasida keltirilgan. Unda O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi me’yoriy hujjatlar qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari; tarmoq standartlari; texnik shartlar; korxona standartlari; xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari; ma’muriy-hududiy standartlar. Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlariga amal qilinadi. Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, me’yorlari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi "O’zstandart" tomonidan belgilanadi. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini "O’zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqchato’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlarigaasoslangan va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqchato’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. Me’yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishgayo’lqo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolgamo’ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo’yiladi. Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o’zgartishlar "O’zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. "O’zstandart" organlarida ro’yxatdan o’tgan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar davlat axborot jamgarmasini tashkil yetadi. Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash uchun, texnikaviy vaaxborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o’zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg’alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo’jalik faoliyati sub’ektlari rioya yetish uchun majburiydir. Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’zga talablar ham belgilab qo’yilishi mumkin. Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasidaamal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo’lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling