Standartlashtirish asoslari
Standartlashtirish ishlarini qadim zamonda, o‘rta asrda va XX asr
Download 164.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (1)
Standartlashtirish ishlarini qadim zamonda, o‘rta asrda va XX asr boshlaridagi holati. XVIII asr oxirida frantsuz olimlari rypyhi tomonidan ishlab chiqilgan o‘lchovlarning metrik tizimi XIX asrning ikkinchi yarmida xalkaro tan olindi. O‘lchovlarning xalqaro birliligini ta'minlash maqsadida 1875-yilda 17 mamlakat, shu jumladan Rossiya Metrik konventsiyaga imzo chekdi. 1960-yilda o‘lchovlar va tarozilar bo‘yicha Bosh konferentsiya Xalqaro birliklar tizimi (SI) ni uzil-kesil qabul qildi. Shunday qilib, o‘lchov birliklari xalkaro miqyosda birxillashtirildi. 1946-yil noyabr oyida Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) tuzildi. Shundan keyin standartlashtirish yordamida Yagona Jahon Iqtisodiy Maydonini yaratish boshlandi. O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanishi O‘zbekistonda o‘lchashlar sohasida standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish 1923-yilda Toshkentda Turkiston Markaziy o‘lchovlar va tarozilar idorasini tuzish bilan boshlandi, Keyinchalik bu idora O‘lchovlar va tarozilar palatasiga aylantirildi. Toshkent shaharida Sirdaryo (Toshkent shahriga, uyezdiga, Sirdaryo viloyatiga xizmat ko‘rsatadi); Samarqand shaharida Samarqand (Samarqand va Amu-daryo viloyatlariga xizmat ko‘rsatadi); Qo‘qon shahrida Farg‘ona (Farg‘ona viloyatiga xizmat ko‘rsatadi); Poltaratsk shaharida Turkmaniston (Turkmaniston viloyatiga xizmat ko‘rsatadi); Poltaratsk - Ashxobod shaharining eski nomi; Olma-Ota shaharida Yettisuy (Ettisuy viloyatiga xizmat ko‘rsatadi) qiyoslash palatalari tashkil etildi, Bu qiyoslash palatalari keyinchalik standartlashtirish va metrologiya davlat xizmatlarini - davlat tekshiruv laboratoriyalari (DTL) ni yaratish uchun asos bo‘ldi. 1926-yil iyunda O‘zbekiston Ishchi-Dehqon Inspektsiyasi Xalq Komissarligi qoshida standartlashtirish bo‘yicha idora yaratildi. Bu idoraning asosiy vazifasi standartlashtirishni boshqarish buyicha respublika idorasini tuzish taklifini tayyorlash bo‘ldi. 1930-yil mart oyida Xalq Komissarlari Soveti (XKS) O‘zbekiston SSR XKS huzurida Standartlashtirish qo‘mitasini tashkil qildi. Standartlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Qo‘mitasi standartlarni ishlab chiqish va joriy etish, mahsulot sifatini yaxshilash, o‘lchov va tekshirish asboblarining ishonchliligini, birxilliligini va mintaqa vaqtining to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilishga rahbarlik qilgan. Qo‘mita huzurida Mahsulot sifati bo‘yicha davlat ekspertiza idorasi faoliyat ko‘rsatgan. 1933 y. da bu idoraning vazifalari Mahsulot sifati bo‘yicha inspektsiyaga topshirildi. Respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlar tarmoqlarning takliflari bo‘yicha tuzilgan va Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan yillik rejalar bo‘yicha olib borilgan. Reja tarkibida quyidagi bo‘limlar bor bo‘lgan: 1) standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Butunittifoq standartlashtirish bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish; 2) standartlarni ishlab chiqarishga joriy etish; 3) standartlarni joriy etish va ularga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatish. Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita idoralari standartlarning joriy etilishini va ularga rioya qilinishini, meva tozalash, yog‘ ishlab chiqarish, paxta tozalash, konserva va non zavodlarida, pillakashlik, tikuvchilik va poyabzal fabrikalarida, don omborlari, elevatorlar, qushxonalar, g‘isht zavodlarida mahsulot sifatini muttasil tekshirib borgan. Qo‘mita shuningdek, respublika uchun xos mahsulotga respublika standartlari (O‘z REST) ni ham tasdiqlagan. Qo‘mita standartlashtirish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilgan, ishlar rejasini tasdiqlagan, standartlashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni moliyaviy ta'minlanganligini aniqlash maqsadida smeta va sanoat moliya rejalarini kelishilgan. Tekshiruv-ekspertiza kameralarini, texnik tekshiruv idoralarini, shuningdek mahsulot sifatini yaxshilash va standartlarning talablariga rioya qilinishini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini tashkillashtirish bo‘yicha Qo‘mita qarorlari respublikaning barcha xalq komissariatlari va mahkamalari uchun majburiy bo‘lgan. Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita vazifalari va huquqlari kengaya bordi. 1931 y. mart oyida O‘zbekiston O‘lchovlar va tarozilar palatasi bekor qilindi, uning vazifalari esa Qo‘mitaga topshirildi. Mahaliy qiyoslash palatalari Standartlashtirish bo‘yicha mahalliy idoralarga aylantirildi. 1964 y. da Toshkent DTL asosida Respublika standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha metodik markaz - O‘zbekiston Respublikasi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi (O‘z RDNL) tashkil etildi. Keyinchalik O‘z RDNL O‘zbekiston standartlashtirish va metrologiya markazi (O‘zSMM) deb nomlandi. Qoraqalpok poytaxtida, barcha viloyatlar markazida va Qo‘qon hamda Chirchiq shaharlarida davlat tekshiruv laboratvriyalari tashkil etildi, keyinchalik esa Standartlashtirish va metrologiya markazlari (SMM) tuzildi. 1973 y. da Ministrlar Soveti huzuridagi standartlar Qo‘mitasi Vakilining apparati CSSR Davstandart O‘zbekiston Respublikasi boshqarmasi (O‘zdavstandart)ga aylantirildi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin qisqa vaqt ichida bozor iqtisodiyoti talablarini qondiradigan va o‘tish davrini hisobga oladigan standartlashtirish davlat tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Buning uchun, birinchi navbatda, tashkiliy masalalarni hal qilish talab etildi. Vazirlar Mahkamasi 1992 – y.da №93 “O‘zbekiston Respublikasida stan¬dartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida” qapop qabul qildi. Qarorda ko‘rsatilishicha, standartlashtirish bo‘yicha ishlar “O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e'lon qilish munosabati bilan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish respublika milliy tizimini yaratish zaruratidan kelib chiqqan holda, shuningdek, Mustaqil davlatlar xamkorligi davlatlari o‘rtasida xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnik va boshqa munosabatlarni saqlash, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida” tashkil etiladi. Sobiq SSSR Davstandartining respublika hududida joylashgan idoralarini birlashtirish asosida Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi. Bu markazga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha respublika milliy idorasining vazifalari yuklatildi va O‘zdavstandart SSSR Davstandartning O‘zbekistondagi hyquqiy merosi deb belgilandi. 1993-1997 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirish va mahsulot si-fati sohasida qonunlar shakllantirildi: “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulot va hizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘rsida”, “Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning sog‘ligini sak,lash to‘g‘risida”, “Ta'lim to‘g‘risida” Qonunlar qabul qilindi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qonunlarni mukammallashtirish maqsadida 2000 y va 2003 y. da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulotni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi . “Standartlashtirish to‘g‘risida” va “Ta'lim to‘g‘risida” Qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 12 avgust 1994 y. №410 “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba'zi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” va 5 yanvarь 1998 y №5 “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqarish va kiritish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi. Qo‘shni sohalarda ham standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-laltirishni mukammallashtirish, mahsulotning sifatini ta'minlash va mahsulotning raqobatbardoshligini xalqaro standartlarni keng qo‘llanish asosida oshirish maqsadida Vazirlar Maxkamasining 3 oktyabrь 2002 y. № 342 “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiya va serti-fikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Download 164.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling