Standartlashtirish bo’yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar


Standartlashtirish ob’ekti


Download 125.85 Kb.
bet3/7
Sana23.09.2023
Hajmi125.85 Kb.
#1685854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

Standartlashtirish ob’ekti standartlashtirilishi lozim bo’lgan ob’ekt. Standartlashtirish ob’ektlariga mahsulotlar, jarayon yoki xizmatlar, shuningdek har qanday materiallar, komponentlar, uskuna-jihozlar, tizimlar, ularning o’zaro mos keluvchanligi, protseduralar, bayonnomalar, vazifalar, ularning faoliyat usullari kiradi. Standartlashtirish har qanday ob’ektning ma’lum jihatlari bilan cheklanishi mumkin. Masalan, poyabzalga nisbatan uning o’lchamlari va puxtalik mezonlari alohida standartlashtirilishi mumkin.
Bu bilan bir vaqtda, standartlashtirish ob’ektlarining ko’p xossalarga ega ekanligini va ob’ektning o’z ichida va undan tashqarida bog’lanishlarning murakkabligi bilan tavsiflanishini nazarda tutish kerak.
Standartlashtirish har qanday ob’ektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo’lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat – xalqga xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo’shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o’z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O’zbekiston Respublikasi Tabiati muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi hamda O’zbekiston Respblikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Demak, standartlashtirish ob’ekti – standartlashtiriladigan yoki unga yo’naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
Standartlashtirish jihati – tanlangan standartlashtrish ob’ektini standartlashtirish yo’nalishi bo’lib, unga ko’rsatilgan talablar turini aniqlaydi.
O’z-o’zidan standartlashtishrish jihati muayyan bir guruhdagi mahsulot yoki xizmatlar bo’lib, unda: atama va ta’riflar, sinflanishi, asosiy parametriga talablar, saqlash, tashish va vosita hamda usullariga talablar, nazorat usullari va vositalari, metodlariga talablar va boshqalar hisoblanadi.



Standartlashtirish sohasi o’zaro aloqador standartlashtirish ob’ektlari majmuasi deb ataladi. Standartlashtishrish sohasi bo’lib, kimyo sanoati, mashinasozlik, transport, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, ekologiya va boshqalar hisoblanadi. Masalan, kimyo sanoati standartlashtirish sohasi bo’lsa, kimyo sanoatining standartlashtirish ob’ektlari bo’lib texnologik jarayonlar, mahsulotlar, qurilmalarning xavfsizligi va ekologikligi va boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi dunyoning siyosiy, geografik, iqtisodiy hududi qabul qilingan standart ishtirokchilarining aloqadorligi bilan farqlanadi. Jami bo’lib to’rtta asosiy darajaga: halqaro, davlatlararo, hududiy, milliy va korxona (tashkilot) darajalariga bo’ladi.
Standartlashtirish ob’ekti, jihati va darajasi standartlashtirish sferasini tashkil etadi. Uni uch o’lchamli to’g’ri burchakli kordinata tizimlarida grafik shaklda tasvirlash mumkin (1.2-rasm).


Download 125.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling