Standartlashtirish bo’yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar


Download 125.85 Kb.
bet2/7
Sana23.09.2023
Hajmi125.85 Kb.
#1685854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

standart – umumkelishuv (konsensus) asosida ishlab chiqilgan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan va ma’lum sohada maqbul darajada tartibga solishga yo’naltirilgan hujjat. Tan olingan idorada barcha uchun va ko’p marta foydalanishga mo’ljallangan faoliyatning turli yo’nalishlariga yoki ularning natijalariga tegishli qoidalar, umumiy printsiplar yoki tavsiflar o’rnatiladi.
“Standart” ta’rifidagi barcha ibora va jumlalar “Standartlashtirish” ta’rifidan kelib chiqqan, shuning bilan birga ta’rifdagi ba’zi so’zlar alohida ta’riflanadi. Faqat “tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan” va “konsensus” so’zlari tushuntirishni talab etadi.
Standartlarni tasdiqlash darajalariga qarab standartlashtirish darajalari aniqlanadi, O’z SDT ning asosiy nizomlarida o’rnatilgan “tan olingan idoralar” ma’nosi kelib chiqadi.
Konsensus umumkelishuv ma’nosini anglatadi. Umumkelishuvda manfaatdor tomonlarning ko’pchiligida muhim masalalar bo’yicha jiddiy e’tirozlar bo’lmaydi va barcha tomonlarning fikrini hisobga olishga va mos kelmaydigan nuqtai nazarlarni bir-biriga yaqinlashtirishga intiluvchi protsedura natijasida umumiy kelishuvga erishiladi. Konsensus to’liq yakdillikni bildirishi shart emas, chunki standartlashtirishning murakkab ob’ektlari bo’yicha to’liq yakdillikka amalda erishib bo’lmaydi.
Standartlashtirishhaqiqiy mavjud yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan masalalarda barcha tomondan ko’p marta foydalanish uchun ma’lum sohada nizomlar o’rnatish vositasida maqbul darajada tartibga solishga yo’naltirilgan faoliyat.
Bu ta’rif mazmuni standartlashtirishning mohiyatini etarlicha aniq va chuqur tushunishga imkon beradi. Standartlashtirish faoliyati oddiy tartibga solish emas, balki ma’lum sohada tartiblashtirishga yo’naltirilgan. Tartibga solishning darajasi va me’yori ham aniqlangan – ya’ni standartlashtirish eng maqbul darajada tartibga solish ko’zda tutiladi. Tartibga solish qanday yo’l bilan erishiladi? Nizomlar (qoidalar, me’yorlar, talablar va b.) ni o’rnatish vositasida erishiladi. Bu nizomlar kimga - barchaga va ko’p marta foydalanish uchun mo’ljallangan. Bunda qanday masalalar hal etiladi? Haqiqiy mavjud bo’lgan masalalar, ya’ni shu kunning ehtiyojlari va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni va doimiy o’zgarib turuvchi va tobora o’sib borayotgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda kelajak ehtiyojlari hal etiladi.
Standartlashtirish ob’ekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun “mahsulot, jarayon, xizmat” iboralari qabul qilingan bo’lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim (1.1-rasm).

Download 125.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling