Стандартлаштириш, сертификатлаштириш тўҒрисидаги қонунларнинг истеъмолчилар ҳУҚУҚларини ҳимоя қилишдаги роли
Download 57.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqStandartlashtirish, sertifikatlashtirish to`g`risidagi qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Standartlashtirish to`g`risida»gi qonunning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati
www.arxiv.uz Standartlashtirish, sertifikatlashtirish to`g`risidagi qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli Reja: «Standartlashtirish to`g`risida»gi qonunning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida»gi qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati «Standartlashtirish to`g`risida»gi qonunning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati Bu qonunning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi rolini yaxshi tushunib yetmoq uchun «Standart» nimaligini tushunib yetmoq kerak. Standart – bu standartlashtirilayotgan obyektga kompleks me`yorlar, qoidalar, talablar ko`rsatilgan, nufuzli tashkilot tomonidan tasdiqlangan ilmiy-texnikaviy hujjat hisoblanadi. Demak, standart iste`molchilarning yuqori sifatli tovarlar sotib olishini kafolatlashda xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi FK ko`rsatilishicha iste`molchining asosiy va muhim huquqlaridan biri bu ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) lar tomonidan iste`molchilarga taqdim etilayotgan tovarlar natijalarining tegishli darajada sifatli bo`lishiga huquqlidir (FK ning 5-qismi 8-moddasi). Tovar (ish, xizmat) ning tegishli darajada sifatli bo`lishiga nisbatan talabalar birinchi galda ishlab chiqaruvchiga qaratilgandir. Shu o`rinda «sifat» degan iborani talqin etib o`tish joiz. Ko`plab olimlar unga turlicha ta`rif berishgan. Jumladan, Aristotel fikricha «sifat shunday mavjud turga xos alomatki, u bir mavjudlikni, uning turiga xosligini boshqa mavjudlikdan», ya`ni «narsalarni taqqoslab baholashga oid xususiyatdir». Gegel esa, «shunday narsalar borki, o`zining sifatiga qarab borligini tasdiqlaydi», deb ta`kidlaydi. Bundan to`rt asr ilgari ingliz geografii va tarixchi olimi R.Gaklyut barcha eksporterlarga qarata: «… Sizning mahsulotlaringiz sifati ishonchliligi boshidanoq sizning mahsulotingizga nisbatan ishonch uyg`otadi, ammo o`z vaqti bilan soxta va yolg`on mahsulotlar bu ishonchni yo`qotib, sizga va sizning mahsulotlaringizga nafrat hamda obro`sizlanishni (ishonchsizlikni) yuzaga keltirishi mumkinligini unutmang» deb tavsiya etgandi. Umuman olganda tovar (ish, xizmat) sifati – tadbirkorlik faoliyati foydaliligini belgilovchi muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Demak, sifat bu birinchi galda farq, ikkinchi galda ishonch, uchinchi galda baho, to`rtinchi galda obro`ni belgilaydi. Sifat jihatidan talabga javob bermaydigan tovarlarni qabul qilish yoki qilmaslik borasida iste`molchiga keng huquqlar beriladi. Bunday qoidaning nazarda tutilishi, avvalo, iste`molchi sifatida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Tovarning sifatini quyidagi jihatlar bilan belgilash mumkin: Sifatning oliy darajasi (foydalanish uchun yaroqlilik, ehtiyojni to`la qanoatlantirish xususiyati). Uzoq muddatliligi (chidamliligi). Tashqi ko`rinishi, shaklining chiroyliligi, jozibadorligi. Almashuvchanligi. Foydalanishga qulayligi, texnik xizmat ko`rsatishning va ta`mirlashning yengilligi. Montaj (yig`ish) ning yengilligi va ekspluatatsiyada qulayligi. Xavfsizlik ko`rsatkich. Xizmat ko`rsatishning kafolatlanganligi, boshqa jihatlari. Demak, sifatli tovar topshirish majburiyatini olgan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) iste`molchiga yuqorida sanab o`tilgan talablarni o`zida aks ettirgan tovarni topshirishi kerak bo`ladi. Tovar, ish va xizmatning sifatini aniqlashning asosiy mezonlaridan biri – bu ushbu tovar, ish, xizmatning tegishli standartlarga mos kelishidir. Tovar, ish va xizmatni standartlashtirish tegishli tartibda davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli Respublikamizda 1993 yil 28 dekabrda «Standartlashtirish to`g`risida»gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifalardagi normativ hujjatlar qo`llaniladi: Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O`zbekiston Respublikasining standartlari; Tarmoq standartlari; Texnik shartlar. Korxona standartlari. Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. Qonunga muvofiq standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog`ligi va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste`molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; b) mahsulotlarning o`zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta`minlashdan; v) fan va texnika taraqqiyati darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo`jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan; g) barcha turdagi resurslar tejalishiga ko`maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilashdan; d) ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan; ye) xalq xo`jaligi obyektlarining xavfsizligini ta`minlashdan; j) iste`molchilarni ishlab chiqarayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to`g`risida to`liq va ishonchli axborot bilan ta`minlashdan; z) mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta`minlashdan; j) o`lchovlarning yagona birlikda bo`lishini ta`minlashdan iboratdir. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling