Standartlashtirish tarixi va rivojlanishi to‘g‘risida Milliy standartlar va ularning turlari Standartlarning turlari


Download 28.08 Kb.
bet4/5
Sana27.01.2023
Hajmi28.08 Kb.
#1131280
1   2   3   4   5
Bog'liq
Standartlashtirishning tashkiliy asoslar

Asos bo‘luvchi standartlar aniqlangan faoliyat sohasi uchun umumiy tashkiliy-texnik holatlarni o‘rnatadi hamda umumtexnik talablar, me’yor va qoidalarini va quyidagilarni ta’minlaydi:

  1. jamiyat hayoti va sog‘lig‘i uchun mahsulotni yaratish va foydalanish jarayonlariga, atrof-muhitni muhofazalash, mahsulot xavfsizligi, jarayon va xizmatlarga umumiy talablarni;

  2. turli faoliyat sohalarida boshqarish jarayonlari aloqadorlikni (fan, texnik, ishlab chiqarish);

  3. standartlashtirish ob’ektini bir xil ma’noli va ma’lumotlarni bir-biriga mosligini tushunish;

  4. mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiyasi va ta’mirlashning o‘rnitilgan umumiy usullari.

Asos bo‘luvchi standartlar aniqlangan tizimlar (komplekslar)ni hosil qilish, Davlat (davlatlararo, xalqaro) va tarmoq standartlari uchun tarkib topgan tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari bilan davlat hisobiga qo‘shishda qoidalari sifatida yuzaga keladi. Ushbu standartlar asosiy (umumiy) qoidalar, tartibi (qoidasi), atama va tushunchalar, umumiy talablar yoki me’yorlar, usullar, ruxsat etilgan chegaralar, namunaviy texnologik usullardan iborat bo‘ladi.
Mahsulot (xizmat)ga standartlar bir turdagi mahsulot (xizmat)lar guruhiga yoki aynan bitta mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan talablarni o‘rnatadi.
Bunday standartlar quyidagilarni o‘rnatadi:
1.mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga hamma tomonlama talablarni;
2.mahsulotni o‘zaroalmashinuvchanligi va unifikatsiyasini ta’minlovchi turo‘lchamlari va parametrik qatorlarini;
3.mahsulotni tashish va ishlatishda uning tarkibi saqlanuvchanligini ta’minlash.
Mahsulotga standartlar va texnik shartlarni standart va texnik shartlarga, informatsion reglamentlarga, konstruktiv, metrologik, ergonomik, texnologik, ekspluatatsion va chidamliliklariga mosligi va mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarida yuqori ilmiy-texik darajada ta’minlanishi hamda bularning barchasini o‘zarobog‘liq holda shakllantirish lozim.
Texnik shartlar aniq bir turdagi mahsulotga ishlab chiqilib, standartlar bo‘yicha (o‘zaro faoliyat) qat’iy muvofiqligi asosida bir turdagi mahsulotlar guruhiga kiruvchi aniq mahsulot ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
Bunday standartlar mahsulotning asosiy parametrlari va (yoki) o‘lchamlari, turlari, markasi, navini aniqlovchi sifat belgilari, konstruksiyasi va o‘lchami, umumiy texnik talablari, tamg‘alashi, qadoqlanishi, tashish, saqlanishi, ekspluatatsiyasi, ta’mirlanish, umumiy texnik shartlar, texnik shartlarga aloqador bo‘ladi.

Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling