Standartlashtirish tog’risidagi


Download 227.22 Kb.
bet3/4
Sana01.05.2023
Hajmi227.22 Kb.
#1418149
1   2   3   4
Bog'liq
5-maruza

Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart «GOST» – bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir. Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilishi ham mumkin. Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham mavjuddir.

Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibi va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH) – bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir. Yo‘riqnoma (qoidalar) – instruksiya – bu ishlarni yoki ularning ayrim bosqichlari mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir Standartlashtirish obyektining o‘ziga xos xususiyatlariga va unga belgilanadigan talablar mazmuniga bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standartlarni nazarda tutadi:
– asos bo‘luvchi standartlar;
– umumtexnikaviy standartlar;
– texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) standartlari;
– texnikaviy talablar standartlari;
– nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o‘lchashlar, ta’riflar) standartlari.
Lozim bo‘lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnikaviyiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, uning nomlarini (turlarini), oqilona tarkibi va boshqa talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart ishlab chiqilishi mumkin. Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning bajarilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek, faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi. Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga mos bo‘lishini va o‘zaro almashuvini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llashning umumtexnikaviy talablarini, shuningdek, mehnat xavfsizligi, atrof-muhitni (ekologiya) zararli ta’sirlardan (shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, odatda, har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.



Download 227.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling