Standartlashtirish, uning maqsad va vazifalari Reja


Standartlashtirishning maqsad va vazifalari


Download 139.05 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi139.05 Kb.
#1607234
1   2   3   4   5
Bog'liq
Standartlashtirish, uning maqsad va vazifalari Reja

6.2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yо‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Kо‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga о‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bо‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida kо‘rilmoqda.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagi sxemada ko‘rsatilgan:


6.3. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalar
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy – texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy – texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Odatda standartlashtirish ob’yekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
“Standartlashtirish ob’yekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun “mahsulot”, “jarayon”, “xizmat” iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob – uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun – qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday ob’yektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondoshiladigan bo‘lsa, uning katta – kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’yekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’yektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Davlat arxitektura va qurilish qumitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.

Download 139.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling