Standartlashtirish usullari


Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagi


Download 28.69 Kb.
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi28.69 Kb.
#1460115
1   2   3
Bog'liq
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH BO’YICHA XALQARO TASHKILOTLAR

Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagi-lardan iborat:

  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

  • mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-biriga monandligini ta’minlash;

  • fanva texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholiva xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;

  • resurslarning barcha turlarini tejashga,ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;

  • tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;

  • mudofaa qobiliyatini va mustahkamligini ta’minlash;

  • o‘lchashlar birliligini ta’minlash;

  • ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.

Xulosa
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.


Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Download 28.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling