Standartlashtirish usullari


Download 28.69 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi28.69 Kb.
#1460115
1   2   3
Bog'liq
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH BO’YICHA XALQARO TASHKILOTLAR

Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
O‘zaroalmashuvchanlik - bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
Harxillikni boshqarish (unifikatsiyalash yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari

  • Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.

  • 1926 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq Komissariatining Ishchi – dehqon Inspeksiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi.

  • 1933 yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish komitetining O‘zbekiston bo‘yicha tosh va tarozilar ishlari bo‘yicha markaziy boshqarmaga aylantiriladi.

  • 1939 yilda ushbu boshqarma O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o‘lchov asboblari davlat nazorati Respublika laboratoriyasi (O‘z RLGN) tuziladi va keyinchalik esa bu laboratoriya Standartlashtirish va metrologiya O‘zbekiston markaziga aylantiriladi.(O‘z SSM)

  • 1973 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o‘lchov va o‘lchov asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O‘zbekiston respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi. (O‘zgosstandart).

  • 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №93 qaroriga asosan Vazirlar maxkamasi qoshida O‘zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O‘zgosstandart)

  • 2002 yilda esa O‘zgosstandart O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga (“O‘zstandart” agentligi) aylantirildi.


Download 28.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling