Standartlashtirish usullarini o’rganish
Standartlarni tadbiq etish tartibi
Download 79.82 Kb.
|
Sharifov A metr
Standartlarni tadbiq etish tartibi
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni amalga oshiruvchi idoralari etib “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonunda (28.12.93y.) quyidagilar belgilab qo’yilgan. xalq xo’jaligi tarmoqlarida – O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda – O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi (“O’zdavarxitektqurilish” qo’mitasi); tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida – O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi); tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda Respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo’yicha Respublikaga yetkazib berilayotgan, mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi. Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari (idoralar) o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarga, shuningdek ushbu qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar va nashr etadilar. Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg’armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. Standartlashtirishni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ xujjatlar qo’llaniladi: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari; tarmoq standartlari; texnik shartlar; korxona standartlari; xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari; ma’muriy – hududiy standartlar. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi “O’zstandart” tomonidan belgilanadi. Me’yoriy (normativ) hujjatlarni joriy qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi davlat standarti O`z DSt 1.14: 1999 da keltirilgan. Ushbu standartda uning qo’llanish doirasi, ta’riflar, asosiy qoidalar keltirilgan. Me’yoriy hujjatlarni joriy qilish bo’yicha asosiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish va me’yoriy hujjatlarni joriy qilish hamda me’yoriy hujjatlarni joriy etilishini hisobga olish, u bo’yicha hisobot berish va axboroti tartiblari belgilab berilgan. Ushbu standartni qo’llanish doirasida, mazkur standart davlat ro’yxatidan o’tadigan me’yoriy hujjatlarni (MH) joriy qilish, ularga o’zgartish qo’shimchalar kiritish bo’yicha asosiy qoidalarni belgilaydi va O’zbekiston Davlat boshqaruvi idoralari, korxonalar birlashmalari, tashkilotlar va xo’jalik sub’ektlari tomonidan qo’llanishi majburiyligi qayd etilgan. Standartlarni va boshqa me’yoriy hujjatlarni joriy etishda qo’llaniladigan atamalar va ularga muvofiq ta’riflar keltirilgan: 1. Me’yoriy hujjatni joriy qilish – me’yoriy hujjatga amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy –texnik tadbirlarni amalga oshirish. 2. Me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi – me’yoriy hujjatlarda, uning qo’llanish doirasiga muvofiq, belgilangan talablarni bajarilishi. 3. Me’yoriy hujjatni amalga joriy etish sanasi – me’yoriy hujjat huquqiy kuchga kirgan va unga amal qilish majburiy bo’lgan sana. Standartda ko’rsatib o’tilgan asosiy qoidalarda quyidagi masalalar yoritilgan: 1. Me’yoriy hujjatni joriy qilish, uning joriy etish sanasigacha bo’lgan muddatda tugallanishi kerak. Agarda uning qo’llanish doirasiga muvofiq unda belgilangan talablarga amal qilinsa, u holda me’yoriy hujjat davlat boshqaruvi idoralari, korxonalar birlashmalari, tashkilotlar va xo’jalik sub’ektlarida joriy qilingan deb hisoblanishi mumkin. Me’yoriy hujjatning qo’llanish doirasidagi mahsulot yoki ob’ektlar, uning joriy etish sanasidan keyin belgilangan talablarga muvofiq bo’lmasa, u holda, me’yoriy hujjatga amal qilinmagan deb hisoblanadi. 2. Yuqori tashkilot me’yoriy hujjatni o’z vaqtida joriy qilinishi uchun javobgardir, o’z qaramog’idagi korxonalarda ularning joriy qilinishi va amal qilinishini tekshirib va ta’minlab turadi. Korxonalarda me’yoriy xujjatni joriy qilish va unga amal qilishda ularning rahbarlari va boshqa amaldor shaxslar javobgardirlar. 3. “O’zstandart”, davlat boshqaruv organlari va korxonalar birlashma-lari me’yoriy hujjatni joriy usuliyatli rahbarlikni amalga oshiradilar va hujjatni joriy etilishini nazorat qiladilar. Me’yoriy xujjatni joriy qilish asosiy tadbirlari rejasining loyihasini MH ni ishlab chiquvchi korxona, hamda joriy qilishda ishtirok etuvchi korxonalar ishlab chiqadilar. Zarurat tug’ilganda manfaatdor korxonalar, ishlab chiquvchining boshqaruv idoralari va boshqa tarmoq ham jalb qilinishi mumkin. Asosiy tadbirlar rejasi loyihasi va me’yoriy xujjat loyihasi birga taqrizga jo’natiladi. Olingan taqrizlar asosida tadbirlar rejasi aniqlashtiriladi. Me’yoriy hujjatni ishlab chiquvchi, uni joriy qilish bo’yicha aniqlashtirilgan asosiy tadbirlar rejasini loyihasini unda ko’rsatilgan boshqaruv idoralariga, joriy etuvchi va ta’minlovchilarga xulosa qilish uchun yuboradilar. Zarurat bo’lsa Davlat tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi, Davarxitektqurilishqo’m, O’zstandart va O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligidan olinishi kerak. Loyihani ishlab chiquvchi tasdiqlangan me’yoriy hujjat nusxasi bilan asosiy tadbirlar rejasi so’nggi taxririni bajaruvchilarga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi. Me’yoriy xujjatni nusxasi olingandan so’ng manfaatdor tashkilotlar (bajaruvchilar) bir oy muddat ichida asosiy tadbirlar rejasini tuzadilar va bo’ysinuvidagi korxonalarga zaruriy ishlarni amalga oshirishni majburlovchi ko’rsatma beradilar. Korxonalar ko’rsatma, tasdiqlangan asosiy tadbirlar rejasi yoki MHni tasdiqlanganligi to’g’risidagi axborot asosida buyruq chiqaradilar, bo’linmalar (xizmatlar, bo’limlar, tsexlar va boshq.) bo’yicha aniq topshiriqlarni o’z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Me’yoriy hujjatni joriy qilish, boshqaruv idoralarining joriy etishga oid tashkiliy-texnik asosiy tadbirlari (tadbirlar) rejalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tadbirlarning asosiy rejasi, MH ni o’z vaqtida joriy qilishni ta’minlovchi ishlarni bajarilishini ko’zda tutishi kerak va ular asosida, uni joriy qilish uchun zarur bo’lgan tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Me’yoriy xujjatlarni qo’llanish doirasiga qarab, bu rejalarda quyidagilar ko’zda tutiladi: -joriy etilayotgan MH ni mazmuni bilan bog’liq bo’lgan asosda ilgarigi hujjatlarni qayta ko’rib chiqish, o’zgartish kiritish, bekor qilish va yangi hujjatlarni ishlab chiqish; -texnologik jarayonlarni, ishchi rejimlarini takomillashtirish, roboto-texnik tizimlari va avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish; -mahsulotning tajribaviy namunalarini ishlab chiqarish, sinovlarni o’tkazish va yangi mukammallashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo’yish; -korxonaning barcha xodimlarini o’qitish, malakasini va tayyorgarligini oshirish; - me’yoriy hujjatni joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tadbirlar. Har bir tadbir bo’yicha bajariladigan ish hajmi, moliyaviy ta’minlanishi, bajaruvchilari va ularni bajarish muddatlari ko’rsatiladi. Me’yoriy hujjatlarning joriy etilishini tugallanishi korxona rahbari yoki o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan joriy qilish dalolatnomasi O`z DSt 1.14: standartida keltirilgan A ilova bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulot me’yoriy hujjatini joriy qilish komissiyasi tarkibiga kelishilgan holda buyurtmachi (asosiy iste’molchi) vakili kiritiladi. Korxonalar me’yoriy hujjatni joriy qilinishini hisobga oladi va bu to’g’ridagi tezkor axborotni yuqori tashkilotlarga yoki ular ko’rsatmasi bo’yicha ogohlantirish bo’yicha texnik qo’mitalar, tayanch tashkilotlarga taqdim etadi. Download 79.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling