Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar


Sifat boyicha Yevropa tashkiloti


Download 28.93 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi28.93 Kb.
#1055761
1   2   3
Bog'liq
metrologiya va standartlashtirish

10.4. Sifat boyicha Yevropa tashkiloti
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham tasdiqlandi.
YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir.
1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqildi.
U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi.
Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar boyicha yo‘nalish rejalari mavjuddir.
YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir.
YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan.
YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va sekretariatdir.
YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi.
Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qumitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari boyicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funktsional – baholashni tahlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik ta’minlanishida sifat, sifat tugaraklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavjuddir:
avtomobil;
● energetika;
● qurilish;
● oziq – ovqat;
● farmatsevtika;
● sifat masalalari bo‘yicha maslahatlar ko‘rsatish.
Texnikaviy qumitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to‘la huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOKning a’zo mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan foydalanadi.
10.5. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi
ISO va XEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK) Rukovodstvo 2. 86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir.ILAK (International Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya)da chaqirilgan. ILAKning yaratilishidan ko‘zda tutilgan maqsad – sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish.
1980 yilda chaqirilgan ILAKning konferentsiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha amaldagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi.
Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo‘ldi:

  1. Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o‘zaro tan olish bitimi;




  1. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan). Shu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning natijalariga ko‘ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi. Laboratoriyalarni akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo‘lib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati to‘g‘ildi. Shu masalalarda har doim ILAK o‘z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga qaror qildi.1983 yili ILAK tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo‘yicha qo‘llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va XEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO/MEK 49 qo‘llanmasi nomi bilan ma’lumdir.

    ILAK tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o‘tkazmokda. Bunga misol tariqasida YeeS mamlaktalari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlash va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa EN – 45000 standartini ko‘rsatish mumkin.

    10.6. Yevropadagi iqtisodiy uyushma

    Yevropadagi iqtisodiy uyushma (Yevropeyskoe ekonomicheskoe soobshestvo – YeES) shu hududdagi mamlakatlar hayotining yagona iqtisodiy siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish shaklini tanlab oldi. YeeSning tashkil topilganligi haqidagi bitim 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi. Dastavval bu uyushmada olti davlat (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Fransiya va GFR) vakillari bo‘lib, ularning asosiy maqsadi Yevropa umumiy bozorini tashkil qilish edi. Buning natijasida shu uyushmaga kiruvchi davlatlar orasida bojxonalar yo‘q qilinib, bir – birlariga o‘tayotgan mahsulotlarning miqdorlari chegarali ravishda belgilanib, shu mamlakatlardagi kapitallar ham, ishchi kuchlari ham erkin holda o‘tishligi to‘g‘risida kelishib olindi.

    1972 yili bu uyushmaga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981 yilda Gretsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya davlatlari qo‘shildi. 1995 yil arafasida esa YeeS tarkibi 3 davlat (Avstraliya, Finlyandiya va Shvetsiya) vakillari bilan to‘ldi. Uyushma tarkibiga kiruvchi davlatlar soni endilikda 15 taga yetdi. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy uyushmasining doimiy idorasi – Yevropa kengashi (Yes) hisoblanadi. Yesning Vazirlar Kengashi markaziy va qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi, har bir milliy hukumatdan bu kengash tarkibiga 1 tadan vakil yuborilgan.

    Yevropa mamlakatlari uyushmasiga ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi (YOUS) ham kiradi.

    Yevropa mamlakatlarining uyushmasi o‘zlarining EN 29000 raqamli standartlariga ega, bular esa ISO tomonidan tayyorlangan ISO 9000 raqamli standarlariga mos keladi.

    Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qumitasi (SEN) va elektrotexnika sohasidagi standartlashtirish Yevropa qumitalari (SENELEK) tomonidan yaratilgan standartlar e’tiborga sazovordir, ular yaratgan 7 ta asos bo‘luvchi 45000 raqamli standartlarni ko‘rsatish kifoyadir (EN 45001 – EN 45003 – EN 45011 – EN 45014 kabilardir), bu standartlar sinov laboratoriyalarining sertifikatlashtirish va laboratoriyalarni akkreditlash faoliyatlariga bag‘ishlangan.

    10.7. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti

    Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti (ASMO) arab iqtisodiy birligining Kengashi qaroriga binoan 1965 yil 12 dekabrda tashkil qilindi.



    ASMOning huquqiy holati 1967 yil 24 iyulda tan olindi. Tashkilot Bosh qumitasining birinchi majlisi 1968 yil 21 martda bo‘ldi, bu sana uning faoliyatini boshlanishi bilan tavsiflanadi. Bu tashkilotning yaratilishidan maqsad – standartlashtirish, metrologiya va turli sohalarda sifatni boshqarish bo‘yicha ishlar olib borish; standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish doiralarida ishlayotgan xodimlarning malakasini oshirish hamda bu sohalarda hujjatlar va axborot masalalari bilan shug‘ullanishdir.

ASMOning Oliy idorasi Bosh qumita bo‘lib, u tashkilot a’zolarining vakillaridan tashkil topgan. U har yili o‘z majlisini o‘tkazadi.
ASMO rasmiy ravishda – arab, ingliz, frantsuz tillarida ish olib boradi. Uning joylashgan o‘rni Ummon (Iordaniya)dir. U turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlamoqda, bularga YunesKO, ISO, XEK, MOZM, YeoK lar kiradi. ASMOning hujjatlari «Standartlashtirish» jurnalida uch tilda nashr etilmoqda; ASMO – Informative Bookeet; Promotion of Industrial Standartization; Quality Control Glossary. Bundan tashqari standartlashtirish va metrologiyaga oid risolalar; rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyot darajasini oshirishda mahsulot sifatini boshqarish va boshqa ishlar kiradi.
Download 28.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling