Umumiy yer bilimi
Download 485.5 Kb.
|
4.Амалий машғулотлар
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVYERSITETI GEOGRAFIYA VA EKOLOGIYA ASOSLARI KAFEDRASI UMUMIY YER BILIMI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARI O`quv qo`llanma Namangan 2010 Namangan davlat univyersitetining ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga asosan nashr etilmoqda. Tuzuvchilar: g.f.n. E.Soliev Taqrizchilar: dotsent X. Mirzaaxmedov o`qit. S. Abduraxmanov © Namangan davlat univyersiteti, 2010 yil Kirish “Umumiy yer bilimi” fanidan amaliy mashg’ulotlar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 54- sonli 21 fevral 2002 yilda tasdiqlangan “Davlat Ta`lim Standartlari” va Nizomiy nomli TDPU da ishlab chiqilgan 02.02.2004 yilda tasdiqlangan “Umumiy yer bilimi” fani dasturi asosida tuzilgan. amaliy mashg’ulotlarining asosiy vazifasi talabalarga umumiy tabiiy geografiya va “Umumiy yer bilimi” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy ko`nikmalar bilan mustahkamlash, o`tilgan mashg’ulotlarni mustaqil o`zlashtirish, rasm, karta va jadval ma`lumotlarini tahlil qilish asosida tabiiy geografik qonuniyatlar mohiyatini o`rganishdan iborat. Ushbu o`quv ko`llanmada “Umumiy yer bilimi” kursining har bir mavzusiga oid topshiriqlar byerilgan bo`lib, ular bir-biri bilan mazmunan uzviy bog’langan. Ayrim mavzular oxirida mustaqil ish sifatida qo`shimcha topshiriqlar byerilgan bo`lib, ular mashg’ulotlarda bajariladigan ishlar mazmunini to`ldira boradi va fanni to`liq o`zlashtirishga yordam beradi. Mazkur o`quv ko`llanma orqali talabalar Olam, Koinot, Quyosh sistemasi, Yerning harakatlari, Yer yuzasining tuzilishi, Yer qobiqlari: atmosfera va yer iqlimlari, gidrosfera, litosfera yuzasining rel’efi, biosfera, geografik qobiq, geografik muhit va kishilik jamiyati haqidagi bilimlarni keng egallashlari mumkin. Tabiiy geografiya bo`yicha yangi ma`lumotlar asosida tayyorlangan qo`llanmaning asosiy maqsadi talabalarni hamda tabiiy geografiya sohasi bo`yicha qiziquvchilarni mukammal bilimlar bilan qurollantirishdan iborat bo`lib, unda tabiiy geografik qonuniyatlar va tushunchalar, geografik voqea va hodisalar, tabiiy majmualar haqidagi bilimlar ixcham qilib byerilgan. Qo`llanma bilan ishlash jarayonida maktab darsliklari, ma`lumotlari, atlas, kartalar, yozuvsiz kartalardan unumli foydalanish lozim. Download 485.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling