Umumiy yer bilimi
Download 485.5 Kb.
|
4.Амалий машғулотлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik kenglik
1– bo`lim.
GEOGRAFIK KOORDINATALAR, KOINOT VA YER HAQIDAGI UMUMIY MA`LUMOTLAR. MAVZU: GEOGRAFIK KARTALAR BILAN ISHLASH. Maqsad: geografik kartalar bo`yicha ob`ektlarning geografik kengligi va uzoqligini, ya`ni koordinatalarini aniqlash. Yerning o`z o`qi atrofida aylanishidan ikkita geografik qutb vujudga keladi. Bu nuqtalarda Yerning faraz qilingan o`qi uning yuzi bilan tutashadi. Ekvator – globus va kartalarda qutblarga nisbatan bir xil masofaga o`tkazilgan aylana chiziq . ekvator yer sharini SHimoliy va Janubiy yarim sharlarga bo`lib turadi. Uning uzunligi 40075 km, ekvatordagi 10 yoyning uzunligi esa 111,3 km. Parallel – ekvatorga nisbatan parallel o`tkazilgan aylana chiziqdir. Parallellarning uzunligi ekvatordan qutblarga tomon qisqarib boradi. Masalan, 300 li parallelning 10 yoy uzunligi 96,3 km, 600 parallelniki 55,6 km, 900 – 0 km. Parallellar g’arb va sharq tomonlarni ko`rsatadi. Myeridian – globus va kartalarda geografik qutblarni birlashtirib turuvchi aylana chiziqdir. Barcha myeridianlarning uzunligi bir xil. Ular shamol va junub tomonlarni ko`rsatib turadi. Myeridianlardan biri nolinchi yoki Bosh myeridian deb qabul qilingan. Xalqaro kelishuvga binoan 1884 yildan boshlab London shahri yaqinidagi Grinvich obsyervatoriyasi orqali o`tgan myeridian 0 (nolinchi) myeridian deb belgilangan. Globus va kartalarni biz daraja to`rlarisiz tasavvur qila olmaymiz. Bu to`rlar yordamida kartadan xohlagan nuqtani topa olishimiz va ularning geografik koordinatalarini aniqlashimiz mumkin. Bu nuqtalarni topish uchun biz geografik kenglik va geografik uzunlik nimaligini o`rganib chiqishimiz kyerak. Geografik kenglik – Yer yuzidagi biron-bir nuqtaning ekvatordan boshlanadigan va darajalarda ifodalangan masofasidir. ekvatorga nisbatan ikki xil – shimoliy va janubiy kengliklar mavjud. Kengliklar 00 dan 900 gacha belgilanadi va hisob olinadi. Masalan, Toshkent shahri 410 361 shimoliy kenglikda joylashgan. Download 485.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling