Umumiy yer bilimi
Og’irlik kuchi tezligining geografik kenglik bilan boqliqligi
Download 485.5 Kb.
|
4.Амалий машғулотлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Singapur, Dehli, Toshkent, Moskva, Murmansk
- MAVZU: YERNING QUYOSH ATROFIDAGI HARAKATI VA UNING OQIBATLARI. Maqsad
- Kito, Guanchjou, Toshkent, Svyerdlovsk, Salexard
Og’irlik kuchi tezligining geografik kenglik bilan boqliqligi
Nima uchun og’irlik kuchlari ekvatorga borgan sari kamayib boradi? Qutbda, 450 kenglikda va ekvatorda turgan kishi bir xil og’irlikka ega bo`ladimi? Buning sababi nimada. Topshiriq 4. 9-jadvalning to`ldirilmagan 3-ustunini to`ldiring. Turli kengliklarda (shimoliy yarim sharda) eng uzun va eng qisqa kunlar davomiyligi grafigini tuzing. Abetsissa o`qida, kengliklarni, ordinata o`qida esa kunlar davomiyligini kuzating. Grafikdan foydalanib, Singapur, Dehli, Toshkent, Moskva, Murmansk va o`zingiz yashayotgan shaharlarda eng uzun kun bilan eng qisqa kun davomiyligini toping. Kun bilan tunning teng bo`lmasligi sababini ko`rsating. 9-jadval
Nima sababdan 22 dekabr’ yoki 22 iyunda turli kengliklarda kun va tunning davomiyligi bir xilda bo`lmaydi. Aksincha 21 mart va 23 sentyabrda bir xilda bo`ladi. Buning sababini daftaringizga yozing. Har bir 100 dan o`tkazilgan parallellar aylanasining radiusini toping. U shar radiusi R va cosf bilan aniqlanadi. Masalan: 300 kenglikda R30 = 6378 . cosf = 6378 . cos 300 = 6378 . 0,8660 = 5660 km ga teng. MAVZU: YERNING QUYOSH ATROFIDAGI HARAKATI VA UNING OQIBATLARI. Maqsad: Rasm, chizma va topshiriqlar asosida Yerning Quyosh atrofidagi harakati va uning geografik oqibatlari haqidagi bilimni mustahkamlash. Topshiriq 1. Telluriy bilan tanishing: telluriy (lat. tellus – Yer) – Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati va o`z o`qi atrofidagi sutkalik aylanishini ko`rsatuvchi asbob. Telluriy Yerni ifodolovchi kichikroq sharcha bo`lib, u Quyoshni ifodolovchi kattaroq sharcha atrofida, ya`ni yorug’lik manbai (masalan, reflektorli lampochka) atrofida aylanadi. Telluriyda ba`zan Yer atrofida aylanuvchi Oyni ifodolovchi kichik sharcha ham bo`lib, bu sharchalar yordamida Yer, Quyosh va Oyning harakatlari ko`rsatiladi. Telluriyning tag qismida gorizont tomonlarini va asosan Yerni Quyosh atrofidagi yo`lnini gradus hisobida ko`rsatuvchi taglik bor. Unda kuzgi va bahorgi kun-tun tengligi hamda yozgi va qishki Quyosh turishi kunlari belgilangan. Yer o`qining orbita tekisligiga og’maligi ham aniq ko`rsatilgan. Telluriyda Yerning Quyoshga nisbatan kuzgi (23 sentyabr’), qishki (22 dekabr’), bahorgi (21 mart), yozgi (22 iyun’) holatlarini kuzating. Bahorgi va kuzgi kun-tun tengli hamda qishki va yozgi Quyosh turishi vaqtlarida qanday o`zgarishlar yuz beradi? Buning sababini tushuntirib byering. Yer o`qining orbita tekisligidagi holatini yozing. Ekvator qutb doirasi va tropik chiziqlari nima? Ular bilan qanday astronomik va geografik hodisalar bog’liq? Topshiriq 2. Kun-tun tengligi davrida tush vaqtida Quyoshning gorizontdan balandligi (f) turli kengliklardan h = 900 – f ga teng. 21 mart va 23 sentyabrda Kito, Guanchjou, Toshkent, Svyerdlovsk, Salexard va o`zingiz yashaydigan shaharda Quyoshning tush vaqtidagi ufqdan balandligi necha gradusga teng? SHimoliy yarimsharda 22 iyun’ va 22 dekabrda Quyoshning tush vaqtida gorizontdan nisbatan balandligi h = 900– f = 23027/ ga teng. Ostona, Sankt Peturburgda va Toshkentda Quyosh turishi vaqtlarida uning gorizontdan balandligi qancha bo`ladi? Havoning issiq yoki sovuqligini Quyoshning turish balandligi bilan tushuntirsa bo`ladimi? Topshiriq 3. Quyosh chiqishi vaqtida gorizontda u chiqqan nuqta azimuti (uglomyer yordamida o`lchanadi) 700, 930301, 1350, 830301 ga teng bo`lsa, u holda Quyosh chiqishi va botishi vaqtini hamda kun davomiyligini toping. Har bir ishga chizma chizing. Quyosh botishi vaqtida gorizont chizig’idagi botish nuqtasining azimuti 1900, 2050, 2750 ga teng bo`lganda Quyoshning chiqish va botish vaqtlarini, kunlar davomiyligini toping. CHizmasini chizing. Topshiriq 4. Yer orbitasining uzunligi 940000000 km bo`lib, Yer uni 365 kun 6 soat 9 min. 9 sekundda bir marta aylanib chiqadi. Yerning orbita bo`ylab 1 sek, 1 minut, 1 soat va 1 sutkada necha km masofani o`tishini aniqlang. Yerning orbitadagi harakati tezligi bilan solishtiring. Topshiriq 5. Yerning Quyoshga nisbatan afeliy va pyerigeliydagi turish holati rasm-chizmasini chizing. Afeliy va pyerigeliy so`zini tushuntiring. Yerning orbita bo`ylab harakat tezligi 1sek, 1minut, 1 soat va 1 sutkada necha km masofani o`tishini aniklang. Topshiriq 6. Yerning Quyoshga nisbatan afeliy va pyerigeliydagi turish holati rasm chizmasini chizing. Yerning orbita bo`ylab harakat tezligi hamma qismlarida bir xil bo`ladimi? Afeliy (5 iyul) va pyerigeliy (3 yanvar) nuqtalarida bo`lgandachi? SHimoliy yarim sharda bahor va yoz birgalikda –186 kunu 10 soat, kuz va qish-178 kunu 20 soat, ya`ni bahor va yoz, kuz va qishga nisbatan bir hafta ortiq davom etadi. Buning sababi nimada? Yer bilan Quyosh o`rtasidagi eng yaqin va eng uzoq masofalar ayirmasi 5 mln. km ga teng. SHunga ko`ra yanvar oyida atmosferaning yuqori qatalamining 1sm2 yuzaga bir minutda o`rtacha miqdordan 3 foiz kam, ya`ni 1,82 kaloriya enyergiya etib keladi. Iyul’ oyida enyergiyaning kam etib kelishi hamda Yerning Quyoshdan yanvardagiga nisbatan olisda bo`lishiga qaramasdan shimoliy yarim sharda iyul’ oyi nima sababdan issiq bo`ladi? Topshiriq 7. Yer o`qining orbita tekisligiga og’maligi yer yuzasida yoritilish mintaqalarining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Dunyoning yozuvsiz kartasiga Yerning yoritilish mintaqalarini tushiring. Har bir yoritilish mintaqalariga ta`rif byering. Bunda a) Quyoshning tush vaqtidagi balandligi; b) tun bilan kunning davomiyligi va bir-biriga nisbati; v) yoritilish darajasi; g) yil fasllarining ifodalanishi; d) o`zingiz yashaydigan yoritilish mintaqasi tasvirlansin. Download 485.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling