“standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari” fanidan taqdimot mavzu: standartni tekshirish, qayta ko’rib chiqish ma’ruzachi: ass. Normatova Sh. Sh Toshkent-2021y


Download 0.98 Mb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#246624
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
38-19 Маъруза-3

2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo‘lganda, standartni joriy etish bo‘yicha asosiy tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik — asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‘yxat bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi: — buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga; — standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o ‘rnatilgan bo‘lsa, davlat nazorati idoralari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Atrofmuhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga; — mahsulotning biriktirilgan turlari bo‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga; — standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‘rib chiqib, o ‘z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‘natadi.

  • 3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot
  • olingan fikrmulohazalar asosida fikr-mulohazalar to‘g‘risida ma’lumot tuzadi.
  • Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor
  • bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loy hasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o ‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud bo‘lsa, ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan,standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yica qaror qabul qilishgavakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o‘tkazadi.
  • 4-bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
  • ilova xati;
  • — standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
  • — asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
  • — standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‘lishi lozim;
  • — standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
  • — standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‘plami;
  • -kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • — elektron versiya.
  • standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasdiqlanadi va amalga kiritiladi.
  • Tarmoq standartlarini ishlab chiqish tartibi.
  • Tarmoq standartlari O‘z DSt 1.9:1995 «O‘zSDT. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibi» talablariga muvofiq TQ, STT va boshqa vakolatli korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.Tarmoq standartlari tarmoq ahamiyatidagi mahsulot, ishlar va xizmatlarga nisbatan ishlab chiqiladi. Zarur bo‘lganda tashkiliymetodik va umumtexnikaviy tarmoq standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu obyektga xalqaro, davlatlararo standartlar yoki davlat standarti va O‘zbekistonstandartlari mavjud bo‘lsa, tarmoq standartlari mahsulot, jarayonlar, xizmatlarga yanada yuqori talablarni o ‘rnatishi va tarmoqning o ‘ziga xos xususiyatlariga nisbatan qo‘llaniladigan nomenklatura, me’yorlar va talablarga cheklovlar o ‘rnatishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling